82. Чакана савдо қоидалари бузилиши ҳолатлари ва улар учун жавобгарликни тушунтиринг. XIX. Savdo qoidalari buzilishi turlari 189. Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:
narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;
Oldingi tahrirga qarang. tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish;
xaridorga tovarning sifati, butligi, o‘lchami, og‘irligini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
xaridorga uzoq muddat foydalaniladigan sifati, yomon tovarni ta’mirlash yoki almashtirish davrida yaxshi sifatli ana shunday tovarni berishdan bosh tortish;
Oldingi tahrirga qarang. plastik kartochkalardan foydalanilgan to‘lovni qabul qilishdan bosh tortish;
nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish;
tovarlarning majburiy ro‘yxatiga rioya qilmaslik;
Oldingi tahrirga qarang. quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang. mazkur Qoidalarning 13-bandida ko‘rsatilgan sotuvchi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish tartibiga;
to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga;
nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni qo‘llash tartibiga;
audiovizual asarlarni sotish;
yonilg‘i-moylash materiallarini sotish tartibiga;
alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish;
quyidagilarni:
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning kontrafakt nusxalarini;
sifatsiz, but bo‘lmagan tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz, but bo‘lmagan tovarni almashtirib berishdan yoki pullarni qaytarib berishdan bosh tortish;
tovarlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;
Oldingi tahrirga qarang. identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan tovarlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);
ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarda, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan maishiy elektr priborlarini sotish;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish;
kimyoviy moddalar qoldiqlari yuqori miqdorda mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotish.
Oldingi tahrirga qarang. tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda to‘langanligini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 12 oy o‘tgandan keyin ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha tayyor import iste’mol tovarlarini sotuvga qo‘yish va chakana sotish.
polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno).
190. Ushbu Qoidalar talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari:
tovarning yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovarlarning saqlash sharoitlari buzilganda;
savdoning zarur shart-sharoitlari va xaridorlar tomonidan tovarlarni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;
korxonaning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), uning ish rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berish rad etilganda;
savdo obyekti ish rejimiga rioya qilinmaganda;
tovarlarda narxnomalar bo‘lmaganda yoki atayin noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalar qo‘yilganda;
bitta tovarni sotish uchun boshqa tovarni majburan sotib olinishi yoki ularning sotilishi munosabati bilan majburiy ravishda xizmatlar ko‘rsatilishi shart qilib qo‘yilganda;
xaridorning zarur darajada sifatli bo‘lmagan nooziq-ovqat tovarlarini almashtirish bo‘yicha ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablariga rioya qilinmaganda;
ruxsat berilmagan anjom qo‘llanilganda;
texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob bermaydigan tovarlar sotilganda qo‘llaniladi.
polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno).
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalash to‘g‘risida”gi qonunlar moddalari va ushbu Qoidalar talablari buzilganligi javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.