Oldingi tahrirga qarang. Tovarlarni elektron tijorat shaklida sotishda ish joylaridan tashqarida tarozilardan va boshqa o‘lchov priborlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
10. 3 va undan ko‘p ish o‘rinli oziq-ovqat do‘konlarining savdo zallarida nazorat tarozilari o‘rnatilishi kerak. Maydoni 1500 kv.m va undan ortiq bo‘lgan savdo zallarida nazorat tarozilari ikki joyda o‘rnatiladi.
11. Savdo avtomatlari, dozatorlar, avtosaturatorlar hamda tovarlarni tortish, dozalash va sotish uchun boshqa priborlarni o‘rnatish va montaj qilish, shuningdek ishga tayyorlash yetkazib berish komplektiga kiradigan ushbu buyumlarga zavodda tayyorlangan hujjatlar talablariga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Bunda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga alohida e’tibor berish zarur.
12. Mazkur Qoidalardan tegishli ko‘chirmalar sotuvchi tomonidan ko‘rgazmali va qulay shaklda xaridorlar e’tiboriga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang. Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish joylarida ularni 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuv joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
13. Xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda) quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak:
sotuvchi — yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — o‘z korxonasining nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), shuningdek, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi);
sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, shuningdek, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR).
Agar sotuvchi amalga oshiradigan faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lsa, u litsenziyaning tartib raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi, shuningdek, uni bergan organ haqidagi ma’lumotni taqdim etishi kerak.
14. Sotuvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar to‘g‘risidagi quyidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni xaridorning e’tiboriga o‘z vaqtida ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart:
tovarning nomi;
tovarning shtrixli kodi (mavjud bo‘lganda);
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;
agar u aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa — kafolatli muddati;
agar ular aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa — xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati, shuningdek ko‘rsatilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin xaridor amalga oshirishi kerak bo‘lgan zarur xatti-harakatlar haqidagi hamda, agar tovarlar ko‘rsatilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin xaridorning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavf tug‘dirsa yoki foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolsa, bunday harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tovarning narxi va uni sotib olish shartlari;
Oldingi tahrirga qarang. ularning majburiy talablariga tovar muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan texnik reglamentlar va standartlarning belgilanishi;
tovarning asosiy iste’mol xossalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar ular o‘ramda ko‘rsatilmagan bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang. majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati
Agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar iste’mol qilingan bo‘lsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan bo‘lsa, xaridorga bu to‘g‘rida ma’lumot berilishi kerak.
Sotuvchi xaridorning talabiga ko‘ra:
tovarni tayyorlovchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili), xaridorlardan e’tirozlarni qabul qilib olishga va tovarni tuzatuvchi va unga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tayyorlovchi (sotuvchi) tomonidan vakil qilingan tashkilot (tashkilotlar)ning joylashgan joyi to‘g‘risidagi axborotni;
Oldingi tahrirga qarang. sertifikatning asl nusxasi egasi yoki sertifikatni bergan tovarlarni sertifikatlash bo‘yicha organ tomonidan tasdiqlangan sertifikatning nusxasini “(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarni sotishda);
tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etishi shart.