40-модда. Юридик шахсларнинг турлари [СПиТ



Download 171,37 Kb.
bet41/50
Sana13.07.2022
Hajmi171,37 Kb.
#790445
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
Biznes huquqi

Oldingi tahrirga qarang.
141. Sotuvchi O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan madaniy boyliklarni sotish vaqtida bu boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi to‘g‘risida xaridorni yozma ravishda ogohlantirishi shart.
15. Yovvoyi hayvonlarni, ularning nimtalangan go‘shtini, hayot faoliyati mahsulotlarini, ulardan tayyorlangan mahsulotlarni, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni sotish, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan tayyorlangan tovarlarni (mo‘yna, charm, tikuv, attorlik, dekorativ, yodgorlik buyumlari, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor-texnik xomashyo) sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ovlash (tayyorlash) qonuniyligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi fauna va florasi uchun xos bo‘lmagan obyektlar va ulardan tayyorlangan tovarlar bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan berilgan olib kirish uchun ruxsatnomalar mavjudligi ham talab etiladi.
16. Sotuvchi, tovarlar va ularni tayyorlovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xaridorlar e’tiboriga davlat tilida yetkaziladi, shuningdek boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.
17. Iste’molchiga, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularning narxlari va xizmatlar ko‘rsatish shartlari, shuningdek tovarlarni sotishda xizmat ko‘rsatishning qo‘llaniladigan shakllari to‘g‘risida (oldindan buyurtma berish, tovarlarni uyda sotish, kreditga sotish, gazlamalarni bichish, sovg‘a va komplektli to‘plamlarni komplektlash bo‘yicha va boshqa shakllardagi) ko‘rgazmali va ishonchli axborot taqdim etilishi kerak.
18. Tovarni sotishda xaridorga mustaqil ravishda yoki sotuvchi xodimning yordamida zarur tovarlar bilan tanishish, tosh-tarozining to‘g‘riligini, unga berilgan tovarning o‘lchamini tekshirish imkoni berilishi kerak.
Xaridor tavsiya etilayotgan tovarni ko‘zdan kechirishga, agar tovarning xususiyati buni istisno etmasa va mazkur Qoidalar talablariga zid bo‘lmasa, o‘zining hozirligida uning xossalarini tekshirishni yoki uning harakatlari namoyish qilinishini talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Sotuvchi agar tekshirish texnik reglamentlar va standartlarining majburiy talablarida yoki shartnoma shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarning sifatini va xavfsizligini (ko‘rib chiqish, sinov, analiz, ekspertiza) tekshirishga majburdir.
19. Sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarlarning narxi, shuningdek shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, qonunlarda yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlarda o‘zgacha hol nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
20. Sotuvchi-xodim tovarning nomi, uning sorti, markasi, modeli, tipi, tovarning og‘irligi, o‘lchami yoki birligiga narxi ko‘rsatilgan holda sotiladigan tovarlarning yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalari bo‘lishini ta’minlashga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Turg‘un savdo shoxobchalarida va ko‘chma savdo obyektlarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak;
22. Sotuvchi tomonidan xaridorga kassa yoki tovar cheki yoxud tovarning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat berilgan paytdan boshlab, agar sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida qonunda yoki shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, chakana oldi-sotdi shartnomasi zarur shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.
Chakana savdoni nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan amalga oshirayotgan sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor xaridorga sotib olingan tovar bilan birgalikda sotuvchining familiyasi va imzosi, yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqami, tovar sotilgan sana va uning qiymati ko‘rsatilgan holda kvitansiya yoki shunga o‘xshash hujjatni berishi shart.
23. Sotuvchi-xodim xaridorga xarid bilan birgalikda kassa chekini, tovarlarning ayrim turlarini (antikvariat buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tabiiy mo‘ynadan tikilgan buyumlar va boshqalarni) sotishda haqi to‘langanligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovar chekini berishi shart, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
24. Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan ko‘rsatilishi mumkin.
Xaridor tovarni sotishda tavsiya etiladigan xizmatlarni rad etishga, shuningdek uning roziligisiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan summani qaytarib berishni sotuvchidan talab qilishga haqlidir.
Sotuvchi ayrim tovarlar boshqa tovarlar sotib olinishi yoki ular sotilishi munosabati bilan xizmatlar ko‘rsatilishi sharti bilan sotilishini shart qilib qo‘yishga haqli emas, tovarlar texnik talablarga ko‘ra tegishli mutaxassislarning ishtirokisiz yig‘ilishi va (yoki) o‘rnatilishi (ulanishi) mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
25. Sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega bo‘lgan tovarni idishda va (yoki) o‘ralgan holda, muayyan to‘plamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli bo‘lgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak.
Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi.
26. Sotiladigan tovarning sifatiga, idish va (yoki) o‘rab-joylashtirilishiga, uning komplektliligi, anjomlari va hujjatlariga, tovarlarning komplektiga, shuningdek tovarni yetkazib berish shartlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.
27. Xaridor nooziq-ovqat tovar unga berilgan paytdan boshlab 10 kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan e’lon qilinmagan bo‘lsa, sotib olingan tovarni aynan shunday o‘lcham, shakl, gabarit, fason, rangdagi yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga xarid qilingan joyda va sotuvchi tomonidan e’lon qilingan boshqa joylarda narxida tafovut bo‘lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitob qilgan holda almashtirishga haqlidir.
Almashtirish uchun sotuvchida zarur tovar bo‘lmagan taqdirda xaridor sotib olingan tovarni sotuvchiga qaytarishga va uning uchun to‘langan summani qaytarib olishga haqlidir.
28. 27-bandda ko‘rsatilgan xaridorning tovarni almashtirish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi talabi, agar tovar iste’mol qilinmagan bo‘lsa, uning tovar ko‘rinishi, iste’mol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan bo‘lsa, shuningdek ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti mavjud bo‘lsa qondirilishi kerak, zarur sifatga ega bo‘lgan, qaytarilmaydigan yoki nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan, ana shunday o‘lcham, shakl, gabarit, fason, rang yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga (mazkur Qoidalarga 1-ilova) almashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar bundan mustasno.
29. O‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi):
aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;
xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;
tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;
tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini talab etishga haqlidir.
Bunda xaridor zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilganligi oqibatida o‘ziga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Texnik jihatdan murakkab yoki qimmatbaho tovarning sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy ravishda buzilgan taqdirda (bartaraf etilmaydigan nuqsonlar, mutanosib xarajatlarsiz yoki vaqt sarfisiz bartaraf etib bo‘lmaydigan nuqsonlar aniqlanishi, nuqsonlar qayta-qayta aniqlansa yoxud bartaraf etilgandan keyin qayta namoyon bo‘lsa hamda shunga o‘xshash boshqa nuqsonlar) xaridor uning almashtirilishini talab qilishga haqlidir.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarning nuqsonlari sotuvchi tomonidan bartaraf etilishi to‘g‘risida xaridor tomonidan talab qo‘yilgan yoki bunday tovar almashtirilishi talab qilingan taqdirda, xaridor bir vaqtning o‘zida tuzatish davrida yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni almashtirish davrida zarur sifatga ega bo‘lgan aynan shunday tovar berilishini talab qilishga haqlidir. Ularga nisbatan xaridorning tuzatish yoki almashtirish davrida unga ana shunday tovar tekin berilishi to‘g‘risidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ro‘yxatida (mazkur Qoidalarga 2-ilova) ko‘rsatilgan tovarlar bundan mustasno.
Xossalari bartaraf etib bo‘linmaydigan tovarning nuqsonlari aniqlangan taqdirda (pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqa tovarlar), xaridor o‘zining tanlashi bo‘yicha bunday tovarni zarur sifatga ega bo‘lgan tovar bilan almashtirishni yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan talablarni taqdim etish o‘rniga, xaridor sotib olingan tovarni rad etishga va tovar uchun to‘langan pul summasi qaytarilishini talab qilishga haqlidir.
Zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni almashtirish yoki qaytarishda, xaridor o‘zi sotib olgan zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni sotuvchining hisobidan qaytarishi kerak.
Tovar uchun to‘langan pul summasini xaridorga qaytarishda sotuvchi tovardan to‘liq yoki qisman foydalanilganligi, uning tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovarning qiymati pasaygan summani xaridordan ushlab qolishga haqli emas.
30. Sotuvchi-xodim yoki shartnoma asosida sotuvchining funksiyasini bajaruvchi shaxs, tovarning sifatini tekshirish zarur bo‘lgan taqdirda, zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni xaridordan qabul qilib olishga majburdir. Xaridor tovarning sifatini tekshirishda qatnashishga haqlidir.
Tovarning nuqsonlari paydo bo‘lishi sabablari to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda sotuvchi o‘z hisobidan tovarning mustaqil ekspertizasini o‘tkazishi shart. Xaridor bunday ekspertiza xulosasi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqlidir.
31. Sotuvchi tomonidan xaridorning talablari qondirilishi muddatlari, shuningdek ushbu muddatlar buzilganligi uchun javobgarlik “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
32. Agar nuqsonlar kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida aniqlangan bo‘lsa, xaridor mazkur Qoidalarning 29-bandida ko‘rsatilgan tovarning kamchiliklariga nisbatan talab qo‘yishga haqlidir.
Tovarning kafolat muddati tovar xaridorga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovarning sotilgan kunini aniqlash mumkin bo‘lmasa, ushbu muddat tovar tayyorlangan kundan boshlab hisoblanadi.
Tovarning yaroqlilik muddati u foydalanishga yaroqli bo‘lgan muddat mobaynida yoki tovar foydalanishga yaroqli bo‘lgan sanadan boshlab tovar tayyorlangan kundan hisoblab chiqiladigan davr bilan belgilanadi.
Agar tovar yig‘ilishi va (yoki) maxsus o‘rnatilishi (ulanishi) kerak bo‘lsa, kafolat muddati u yig‘ilgan va (yoki) o‘rnatilgan (ulangan) kundan boshlab hisoblanadi. Agar yig‘ish va (yoki) o‘rnatish (ulash) kunini aniqlash imkoni bo‘lmasa, ushbu muddat oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Kafolat muddati olti oydan kam etib belgilangan va tovarning nuqsonlari xaridor tomonidan kafolat muddati tamom bo‘lgach, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy doirasida aniqlangan taqdirda, agar xaridor tovarning nuqsonlari tovar xaridorga berilgunga qadar yoki shu paytgacha paydo bo‘lgan sabablar tufayli paydo bo‘lganligini isbotlasa, sotuvchi javob beradi.
33. Agar tovarga kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa, tovarning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan talablar xaridor tomonidan nuqsonlar maqbul muddatda, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy mobaynida yoxud shartnomada belgilangan uzoqroq muddat davomida aniqlanishi sharti bilan berilishi mumkin.
Mavsumiy tovarlar uchun tovarning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan e’tirozlar bildirish muddati tovar xarid qilingan sanadan keyin tegishli mavsum boshlangan paytdan boshlab hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoitlaridan kelib chiqib mavsumlar quyidagichadir:
qishki mavsum — 25-noyabr — 10-mart;
bahorgi mavsum — 11-mart — 14-may;
yozgi mavsum — 15-may — 15-sentabr;
kuzgi mavsum — 16-sentabr — 24-noyabr.
34. Davlat korxonasi chakana savdo obyektining ish rejimi (ish boshlanishi, tamom bo‘lishi, tushlik tanaffus, dam olish kunlari) davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlariga ko‘ra, mulkchilikning boshqa shakllaridagi tashkilotlarda esa mulkdor tomonidan belgilanadi. 10 ish o‘rinli va undan ko‘p ish o‘rinli savdo korxonalari, shuningdek majburiy ro‘yxatda nazarda tutilgan tovarlarni sotish bo‘yicha joylashtirishga kiritilgan korxonalar korxonaning yopilishi to‘g‘risida xaridorlarni oldindan xabardor qilishlari kerak.

Download 171,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish