Oldingi tahrirga qarang. 35. Yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, yakka tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi va boshqa hujjatlar savdo obyektida turishi hamda nazorat organlarining birinchi talabi bilan ko‘rsatilishi kerak.
36. Barcha savdo obyektlari ularning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Tekshirish savdo obyekti ochilganda davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan bir marta o‘tkaziladi.
81. Тармоқли маркетинг йўли билан чакана савдо қилиш хусусиятларини тушунтиринг. XVII1. Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish xususiyatlari 1871. Tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni sotuvchi agentlar orqali sotish ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma (oldi-sotdi, vositachilik, topshiriq va boshqalar) asosida naqd bo‘lmagan hisob-kitob bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda tarmoqli tashkilot ulgurji savdo qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.
Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish sotuvchi agentlar tomonidan turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.
1872. Sotuvchi agentlar turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqarida uyga buyurtmalar qabul qilish, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada savdo qilish orqali potensial xaridorlar bilan ishlaydilar. Sotuvchi agentlar tovarlarni xarid qilishga qiziqmaydigan iste’molchilarga tovarlarni zo‘rlab tiqishtirmasliklari, shuningdek ularning birinchi talabi bilan tovarlarni taklif qilishni to‘xtatishlari kerak.
1873. Sotuvchi agentlar tomonidan buyurtmalar bevosita muloqot qilish asosida xaridorlarning tovarning u yoki bu turini xarid qilishi uchun qabul qilinadi.
Buyurtma ikki nusxadagi blankalarda rasmiylashtiriladi, blankada:
buyurtmaning tartib raqami;
sotuvchi agentning familiyasi, ismi, otasining ismi;
sotuvchi agent va tarmoqli tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;
sotiladigan tovarning nomi, narxi, miqdori va umumiy qiymati, shuningdek qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilsa, ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar qiymati;
sotib olinadigan tovarga haq to‘lash usuli;
buyurtma qabul qilingan va u bajariladigan sana;
xaridorning familiyasi (ismi, otasining ismi) va imzosi ko‘rsatiladi.
Buyurtma blankasining birinchi nusxasi xaridorga beriladi, ikkinchi nusxasi sotuvchi agentda saqlanadi.
1874. Sotuvchi agent tovarlarni taklif qilishda ularni ishlab chiqaruvchilar, kelib chiqish mamlakatlari, sifat tavsiflari, biror-bir cheklashlar bor-yo‘qligi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni potensial xaridorga to‘liq ma’lum qilishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang. 1875. Xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali bioaktiv qo‘shimchalar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarmoqli marketing yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali sotish taqiqlanadi.
Quyidagilar orqali:
tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanmagan jismoniy shaxslar orqali;
xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali tarmoqli marketing vositasida import tovarlarni olib kelish va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1876. Sotuvchi agentlarning iste’molchilardan to‘lovlarni qabul qilishi faqat fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan va to‘lov terminallaridan foydalangan holda turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.
Tarmoqli tashkilotlar va (yoki) ularning sotuvchi agentlari tomonidan tovarlarni sotishdan olingan barcha naqd pul tushumlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilinishi (topshirilishi) kerak.
1877. Tarmoqli tashkilot o‘z faoliyatida:
sotib olingan tovarlar sotuvchi agent tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat naqd bo‘lmagan hisob-kitob bo‘yicha sotilishiga;
sotuvchi agentlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tarmoqli marketingni amalga oshirish uchun sotuvchi agentlarni jalb etishga;
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda soliq va moliya hisoboti taqdim etishga;
sotuvchi agentlarga tarmoqli tashkilotning tovarlari ular tomonidan sotilishi huquqidan dalolat beruvchi guvohnoma, sotiladigan tovarlarning zarur sertifikatlari va yukxatlari nusxalarini berishga;
sotilmagan tovarlarni oldin ular uchun qabul qilingan pul mablag‘larini qaytargan holda sotuvchi agentlardan so‘zsiz qaytarib olishga majburdir.
18 yoshga to‘lmagan shaxslarni hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini sotuvchi agentlar sifatida jalb etish taqiqlanadi.
1878. Tarmoqli marketingni amalga oshirishda:
shartnoma tuzish uchun sotuvchi agent sotib olishi kerak bo‘lgan tovarlarning minimal miqdorini belgilashga;
to‘lovni a’zolik badali shaklida undirishga;
shartnoma tuzilgandan keyin sotuvchi agent tomonidan boshqa sotuvchi agentlarni jalb etish to‘g‘risida talab belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
1879. Sotuvchi agentga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida yakka tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq solinadi.