4-sinf ona tili darslarida gap bo’laklari ustida ishlash reja: kirish I ВОВ. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida gap bo’laklarini o’rgatish



Download 78,94 Kb.
bet7/17
Sana20.03.2022
Hajmi78,94 Kb.
#504493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA GAP BO’LAKLARI USTIDA ISHLASH

Topishmoq-she’rlar o’quvchilarning tilga sezgirligini ham oshiradi. Dars jarayonida zarur bo’lgan bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlaydigan motivni yuzaga keltiradi.
O’quvchilar she’r yuzasidan quyidagicha javob beradilar.
-Bugun harakat bildirgan so’zlarni o’rganamiz.
-“Quvoning” harakat bildirgan so’z.
-Turadi, yuradi, kuladi, aytadi, qaytadi so’zlari harakatning ma’nosini bildiradi.
O’qituvchi: -O’ylang, harakatni kimlar yoki nimalar bajaradi?
O’quvchilar:
-Bolalar.
-Odamlar.
-Ba’zilarini jonivorlar ham bajaradi. Masalan, turadi, yuradi, qaytadi harakatlarini jonivorlar bajaradi.
Musobaqa:
1-guruhga topshiriq: Odamlarga xos harakatni bildirgan so’zlarni ayting.
2-guruhga topshiriq: Jonivorlarga xos harakatni bildirgan so’zlarni ayting.
Har bir guruh o’z javobini doskaga yozib beradi. Bu so’zlarning imlosini qay darajada bilishlarini va husnixat bilan yozishlarini ham aniqlash imkonini ham beradi.
2. Darslik bilan ishlash.
Doskaga darslikdagi 273-mashq matni yozib qo’yiladi:
Shifokor be’morni (nima qildi?) davoladi.
Qor tinmay (nima qilayapti?) yog’ayapti.
Qushlar donni (nima qiladi?) izlaydi.
Matn ustida ishlash.
1-topshiriq. Gaplarni o’qing. Nechta gap o’qidingiz? Gaplar qanday harf bilan boshlangan? Ularning oxirida qaysi tinish belgisi qo’yilga? Nima uchun?
2-topshiriq. Gapdan qavs ichidagi so’roqlarga javob bo’ladigan so’zlarni toping. Ular qanday ma’no bildiryapti? Bu so’zlarning tagiga necha chiziq chizasiz? Nima uchun?
3-topshiriq. Izlaydi so’ziga ma’nodosh so’zni toping (qidiradi, axtaradi). Topgan so’zingiz qanday ma’noni bildiryapti?
4-topshiriq. Yog’yapti so’ziga qaysi so’z qarama-qarshi ma’no bildiradi (yog’yapti-tinyapti)?
5--topshiriq. Da’vo, davo, davoladi so’zlarining ma’nosida farq bormi? Da’vo-o’z haq-huquqini himoya qilish haqida sud orqali yoki boshqa yo’llar bilan qo’yilgan talab.
Davo-bemorni shifo topishi uchun qo’llaniladigan dori-darmon.
Davoladi-dori-darmonlar bilan kasalini bartaraf qilish.
6-topshiriq. Shifokorlar haqida, ularning mehnati, bilimi, bemorlarga muomalasi haqida qanday fikrlarni ayta olasiz?
7-topshiriq. Qor va qushlar nimaga kiradi? (Tabiiy hodisaga, umuman tabiatga oid). Hozirgi tabiatimiz, unga munosabatimizdan siz qoniqasizmi?
8-topshiriq. “Tabiat-mening uyim” deganda hayolingizga nimalar keladi?
9-topshiriq.Davoladi, yog’yapti, izlaydi so’zlari harakatni bildirgani uchun bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin?
Bu muammoli savolga o’quvchilar shu sinfda “So’z turkumlari” tushunchasini hosil qilgan darsida eshitgan fe’l atamasini aytib javob beradilar. O’qituvchi topshiriqlarni oldindan tuzib olib, so’ng dars o’tishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilar javobini umumlashtiradi. So’zlar shaxs va narsaning belgisini hamda harakatini bildiradi. Shxsni va narsaning nomini bildirsa, _____ (.....); belgini bildirsa, /\/\/\/\/ (......); harakatni bildirsa, ===== (....); (nuqtalar o’rni javobni o’quvchilar aytishini bildiradi: 1) ot; 2) sifat; 3) fe’l deb nomlanadi).
O’qituvchi: Men fe’l o’yladim U nimani bildiradi? Men shaxsni o’yladim. U qaysi so’z turkumiga kiradi?
Umumlashtirishda ham o’quvchilarning faolligiga asoslanish lozim.
274-mashq. Mustaqil ish vazifa qilib beriladi.
1--topshiriq. Matnni o’qing. Fe’llarning nimaning harakatini bildirayotganini aniqlang. (O’quvchilar 1-gapda yaratadi fe’li shaxsning, 2-gapda ko’tardi fe’li narsaning harakatini, 3-gapda tushdi fe’li shaxsning harakatini; 4-gapda yengillashtirdi-narsaning harakatini bildiryapti deb aytadilar).
O’ylang: ot turkumi bilan fe’l turkumining o’zaro bog’liq tomoni bormi? (Fe’l otning harakatini bildiryapti. Shuning uchun ular orasida bog’liqlik bor).
2-topshiriq. Matnni kuzating. O’ylang. Matndagi qaysi so’zlarning yozilishida xato qilishingiz mumkin? So’zning qaysi o’rnida xato qilishingiz mumkin? (Sababini aytishga harakat qiling). Ajoyib-oxirgi b undoshini p deb, i unlisini tushirib qoldirib yozishim mumkin. Sababi b p tarzida talaffuz qilinyapti, i qisqa aytilyapti.; yaratadi so’zida d undoshini t harfi bilan adashtirib yozib, xato qilish mumkin. Chunki d t tarzida aytilyapti..
Koinotda- o va i orasida y yozib qo’yish mumkin. Chunki aytilishda y tovushi ishlatilyapti.
“Uchun” so’zida ham shunday. 2-bo’g’indagi u tovushu i tarzida talaffuz qilinyapti, uni i qilib xato yozib qo’yish mumkin va hokazo.
O’qituvchi keyingi darsda shu so’zlardan lug’at-diktant olishini e’lon qiladi.
3-topshiriq. Matnni qayta o’qing. Unda biror so’z ko’chma ma’noda qo’llanganmi? (ko’tardi-odam biror narsani ko’tardi. Texnika insonni koinotga olib chiqdi. Ko’tardi-kochma ma’noda, ya’ni osonlashtirdi ma’nosida qo’llanilgan. Olib chiqdi esa ulug’laydi ma’nosidan kelgan).
3. Saylanma diktant.
1--topshiriq. Men matnni o’qiyman. Siz undagi fe’l turkumiga oid so’zlarnigina tanlab ajratib olib yozasiz.
Uning uy ishlarida kampirga ko’maklashadi. Bolalarni yuvintiradi. Eski-tuski kiyimlarni yamaydi. Kechqurun sho’rva, atala-umoch, moshxo’rda kabi ovqatlarni pishiradi. (Oybekdan).
2-topshiriq. Ko’maklashadi so’ziga ma’nodosh fe’llar topib yozing (qarashadi, yordamlashadi).
3-topshiriq. Topgan ma’nodosh so’zlaringizning har biri ishtirokida bittadan gap tuzib yozing.
4. Uyga vazifa 275-mashqni shartiga ko’ra bajaring.
5. Darsda o’tilganlarni umumlashtirib yakunlash: bugungi dars savollari sizga ma’qulmi? Nima uchun?
Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
6. O’quvchilar bilimini baholash.
Boshlang’ich talimning yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti bo’yicha o’qish darslarida o’quvchilarning to’g’ri va ayni vaqtda tushinib o’qishi, matn mazmunini idrok qilish, asar mazmuni yuzasidan reja tuzish, qayta hikoyalash, adabiy qahramonlarning hatti-harakatlarini, fe’l-atvorini baholash, ijodiy fikrlash, o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda izchil bayon qilish, ifodali o’qish ko’nikma-malakalarini shakllantirish orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy, estetik ta’lim-tarbiya berish ko’zda tutiladi. Uni to’laqonli tarzda amalga oshirish ta’limning an’anaviy usullari bilan birga, darsning maqsadi, asarning janriy xususiyatlari hamda o’quvchilarning tushunchasi, bilim saviyasi va mavjud imkoniyatlarga ko’ra mustaqil ta’lim bilan bog’liq noan’anavuy usullardan ham foydalanishni taqozo etadi.



Download 78,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish