4-sinf ona tili darslarida gap bo’laklari ustida ishlash reja: kirish I ВОВ. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida gap bo’laklarini o’rgatish



Download 78,94 Kb.
bet6/17
Sana20.03.2022
Hajmi78,94 Kb.
#504493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA GAP BO’LAKLARI USTIDA ISHLASH

Ega va kesim
Darsning mavzusi: “Gapning bosh bo’laklari”
Darsning maqsadi: Ega va kesim haqida ma’lumotlar berish. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini o’stirish, ona tiliga bo’lgan mehrini oshirish.
Darsning jihozi: darslik, testlar, tarqatma materiallar, kartochkalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Davomat.
O’qituvchi: Bolalar, bugun biz sizlar bilan gapning bosh bo’laklari hisobangan “Ega va kesim” mavzusini o’tamiz. Avval mana bu jumlaga e’tibor qarating:
“Muqaddas maktabga boradi”. Savol beramiz: “Kim maktabga boradi?” Javob-“Muqaddas”. Demak, gapning egasi-Muqaddas. Yoki bo’lmasa: “Daraxtdan olmalar to’kildi” jumlasiga e’tibor beraylik.
Savol beramiz: “Nimalar to’kildi?” Javob-olmalar. Demak, gapning egasi-olmalar. Ana endi umumiy xulosalaymiz:
Ega gapda kim? yoki nima? So’roqlariga javob bo’lar ekan.
Endi birinchi gapimizni qayta ko’rib chiqamiz va savolni boshqacharoq beramiz: “Muqaddas nima qiladi?”-“maktabga boradi”. U eganing harakatini bildirayapti.
2-gapni o’qiymiz va savol beramiz: “Olmalar nima qildi?”-To’kildi. “To’kildi” so’zi eganing, ya’ni olmalarning harakatini ifodalab kelayapti va u gapda kesim vazifasini bajarayapti.
Demak, ega bilan kesim gapning eng asosiy bosh bo’lagi hisoblanib, u kim? nima? nima qildi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki chiziq chiziladi.
Qani, bolalar, mana bu savolimga javob bering-chi:-Siz ko’chalarda, uyda, hovlida, maktablarda, umuman, kun bo’yi nimalarni ko’rasiz?
O’quvchi:-Biz ko’chada odamlarni, koptok o’ynayotgan bolalarni, qushlarni, mashinalarni, daraxtlarni ko’ramiz.
O’qituvchi: -Ana shu siz ko’rgan odamlar, turli xil narsalar, qushlar, dov-daraxtlar mana bu rasmlarda o’z aksini topgan.
O’qituvchi rasmli plakatga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi:
Bu nima?-olma, nok, o’yinchoq, quyosh,...
Bu kim?-bola, o’quvchi, va h.k..
Rasmlarga qarab izohli javoblar tugagach, o’sha so’zlar ishtirokida gaplar tuziladi.
O’qituvchi:-Bolalar, endi gap tuzing. Tuzgan gapingizdagi ega tagiga bir, kesimning tagiga ikki chiziq chizing.
1-o’quvchi:-Dars boshlandi.
2-o’quvchi:-Men kitob sotib oldim
3-o’quvchi:-Qish keldi.
4-o’quvchi:-Qor yog’di.
5-o’quvchi:-Quyosh olamni isitadi.
Shu gaplarning barchasida ega va kesim o’quvchilar tomonidan aniqlanib, tagiga chiziladi.
109-mashq.
(Nima?) Silovsin ovga uyasidan kechasi (nima qiladi?) chiqadi.
(Nima?) Silovsin o’rmonda uchragan zotni (nima qiladi?) sog’ qo’ymaydi.
(Nima?) U hech narsadan (nima qilmaydi?) qo’rqmaydi.
(Kim?) Ovchi silovsinni tiriklayin qo’lga (nima qildi?) tushirdi.
O’quvchilar o’rtasida kichik test o’tkaziladi.
1-test. To’g’ri tuzilgan gapni toping va bosh bo’laklari tagiga chizing.
a) Azim do’kondan qarmoq oldi.
b) Oldi, qarmoq Azim do’kondan.
c) Qarmoq Azim do’kondan oldi.
2-test. O’ylab ko’ring: to’g’ri tuzilgan gapni toping. Ega va kesimning tagiga chizing.
a) Uni bog’ladi yog’ochga Qodir.
b) Bog’ladi Qodir yog’ochga uni.
c) Qodir uni yog’ochga bog’ladi.
3-test. To’g’ri tuzilgan gapni toping. Bosh bo’laklarning tagiga chizing.
a) Bolalar baliq beshta tutdilar.
b) Bolalar beshta baliq tutdilar.
c) Bolalar tutdilar baliq beshta.
Shundan so’ng o’quvchilar “O’yla, izla, top” o’yinini o’ynaydilar. U taxminan katakchalar ko’rinishida bo’lib, “Sirli harflar” deb nomlanadi. Tushirib qoldirilgan harflar o’rniga qo’yilsa, mevalar nomi kelib chiqadi.
Nima?-an..ir, ol...a, ...nor, lim...n, o...cha.
Endi o’qituvchi maqollar so’zlarining o’rnini almashtirib, ularning qanday to’g’ri o’qilishi kerakligini so’raydi. Masalan: keltirar, mehnat, baxt.
O’quvchi: -Mehnat baxt keltirar.
Yana shunday tartibda 1-2 maqollar aytiladi.
Darsni yakunlash.

  1. o’quvchilar olgan ballari e’lon qilinadi va rag’batlantiriladi.

  2. Uy ishi. 110-mashqni bajarib kelish topshiriladi.

  3. Darsda faol qatnashganlar baholanadi.

Quyida yana 3-sinfda “Fe’l” mavzusini o’tish bo’yicha bir soatlik dars ishlanmasini ko’rib o’tamiz.
“Fe’l”
Darsning maqsadi: narsalarning harakatini bildirgan so’zlar haqidagi bilimlarni boyitish, fe’l haqidagi tushunchalarini kengaytirish, so’roqlar yordamida gap va matndan fe’lni topishga, ulardan nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish; kasbga yo’naltirish, tabiatga muhabbat uyg’otish, uni asrashga rag’batni paydo qilish; fe’llarning ko’chma ma’nolarini anglash va ulardan nutqda foydalanishlariga erishish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: aqliy hujum, muammoli, tizimli o’qitish.
1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarning darsga qiziqishini uyg’otish uchun mavzuga doir topishmoq-she’rlardan o’qib beriladi.
O’quvchilar topishmoqning nima ekanligini topib, bugungi o’rganiladigan mavzuni aniqlaydilar:
Ma’nosidan anglashilar harakat,
Harakatdan kelar sog’liq, barakat.
Sening”, “noning”, “quvoning”
Uch so’zdan harakatni toping.
Turadi, yuradi, kuladi, aytadi, qaytadi
Bu so’zlarning ma’nosini kim aytadi?

Download 78,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish