4-sinf ona tili darslarida gap bo’laklari ustida ishlash reja: kirish I ВОВ. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida gap bo’laklarini o’rgatish



Download 78,94 Kb.
bet5/17
Sana20.03.2022
Hajmi78,94 Kb.
#504493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA GAP BO’LAKLARI USTIDA ISHLASH

Gul-qizil gul, daftar- akamning daftari, bormoq- maktabga bormoq kabi. Demak, kengaytirilgan so’z- so’z birikmasi hisoblanadi.
O’qituvchi aytilgan so’z hokim, qo’shilgan yoki kengaytirilgan so’z- tobe ekanligini o’quvchilarga uqtiradi: Chiroyli guldasta. Chiroyli (qanday?) guldasta (nima?).
So’z birikmasini gap ichida aniqlash yuzasidan ham tushuncha beriladi. Masalan: A’lochi o’quvchilar Vatanini sevadilar. Bunda ega va kesim so’z birikmasi hosil qilmasligi, ular gap asosi ekanligi uqtiriladi. (Qanday?) A’lochi o’quvchilar (nimani?) Vatanini sevadilar. O’quvchilar sevadilar gapning asosidir.
Shuningdek, so’z birikmasini topish gapni tahlil qilish yoki o’qituvchi tomonidan berilgan chizma asosida gap tuzish orqali ham amalga oshiriladi:
Biz bog’dan shirin va mazali mevalarni terdik.

  1. Biz terdik (gap asosi), shirin (qanday?), bog’dan (qayerdan?) terdik kabi.

2. _______ ______ ......... ========
3. _______ - - - - - - ........... .......... =======
Bu vazifalar, albatta, 2-3-sinfda o’tilgan so’z birikmasi mavzusiga doir amaliy mashqlarning davomi sifatida murakkablashgan holda beriladi.
Gap bo’laklari 4-sinfda ham ana shu tarzda-avval mazmuniy shaklda o’rgatilib, keyin esa sintaktik xususiyatlari o’rganiladi.
Ma’lumki, 2-3-sinfda ega va kesim gapning bosh bo’laklari ekanligi haqida ma’lumotlar berilgan, ularning savollari, qo’llanishi haqida mashqlar ham bajarilgan. 4-sinfga kelib ushbu sintaktik tushunchalarni ta’riflashda shakliy belgidan foydalaniladi. Bunda o’quvchilar ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning o’zaro bog’lovchilar yoki bog’lovchilarsiz bir-biriga bog’langan qo’shma gaplardan tuzilganligini va ulardan og’zaki hamda yozma nutqda foydalanishni, sodda gap bilan qo’shma gapni bir-biriga qiyoslab, ularning farqlarini, tuzilishini o’rganadilar:
1. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.
2. Biz ozod va obod Vatanimiz kelajagiga ishonamiz, shuning uchun uning ravnaqi uchun kurashamiz.
O’quvchilarga qo’shma gaplar ohang hamda teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida hosil bo’lishi amaliy tarzda tushuntiriladi.
Sintaktik mashqlarni bajarish jarayonida gapning ma’no va tarkibiy turlari (sodda va qo’shma gaplar), gap bo’laklari, so’z va so’z birikmalari xususidagi ma’lumotlar kengaytiriladi. Ular bunday mashqlar orqali gapning ma’nosiga, mazmun-mohiyatiga, ohangiga qarab misollarni turlarga ajratadilar (darak, so’roq, buyruq, his-hayajon gaplar), berilgan gaplarni sintaktik hamda grammatik tahlil qiladilar. Shu yo’l orqali o’quvchilar gapni to’g’ri tuzishga va mustaqil tarzda, ongli ravishda bayon etishga o’rganadilar.
Gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash, berilgan so’zlardan so’z birikmalari, so’z birikmalaridan gap tuzish ham sintaktik mashqlar hisoblanadi. Matndagi tinish belgilarini o’rganish ular tushurib qoldirilgan matnga, og’zaki tuzgan gapga tinish belgilari qo’yish va izohlash kabi punktuatsion mashqlar ham sintaktik mashqlar bilan birga bajariladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sintaksisning muhim belgilarini dastlabki bosqichdan tortib, to 4-sinfgacha bo’lgan davrda ham tushuntirishga katta e’tibor qaratiladi. Ular so’roqlar yordamida gap tuzish va uni yoyishni, gap oxirida ovozning pasayishi asosida to’xtam (pauza) qilishni, yozuvda gap oxiriga nuqta qo’yilishini, gapning birinchi so’zi bosh harf bilan yozilishini ham o’rganishadi.
3-sinfga kelib gap tugallangan mazmun bildirishi, bir yoki bir necha so’zdan tuzilishi haqidagi qoida takrorlanib, mutahkamlanadi. Bolalarga bir so’z ham gap bo’la olishini tushuntirish birmuncha qiyin bo’lganligi sababli bunday gaplar tahlil uchun berilmaydi. Ular uchragan vaqtda o’qituvchi bir so’z ham gap bo’lishi mumkinligini misollar keltirib aytib o’tadi.
Tong. Yo’lak bo’ylab borar ekansiz, maysalardagi beg’ubor shabnam tomchilarini ko’rib, maftun bo’lasiz.
Tong so’zi tugallangan fikrni bildirayapti, shuning uchun u gap hisoblanadi.
Ma’lumki, gapda ikki bosh bo’lak: ega va kesim mavjud bo’ladi. 3-sinf o’quvchilariga bu haqda ma’lumot berilganda ega kim?, kimlar?, nima?, nimalar? So’roqlariga javob bo’lishini hamda ular gapning bosh bo’laklari hisoblanishi haqida ham sintaktik tushuncha beriladi. Bosh bo’laklarni ajratishda savollardan foydalanish ayniqsa muhimdir. Gapdan ega va kesimni tez va to’g’ri aniqlashga o’rgatish uchun har bir darsda bolalarning saviyasiga mos sintaktik tahlil o’tkazish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarga bosh bo’laklardan tashqari ikkinchi darajali bo’laklar ham mavjudligi, ular ega yoki kesimni izohlashi, ya’ni ikkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklarga yoki o’zidan boshqa ikkinchi darajali bo’laklarga bog’lanib kelishi haqida keng qamrovli tushuncha berilib bilim va malakalarni shakllantirish talab etiladi. Berilgan mashqlar yordamida o’quvchilar gapdagi bir-biri bilan bog’langan so’zlarni aniqlaydilar, ularni juftlab yozadilar, aralash berilgan so’zlardan gap va matnlar tuzib, gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi olgan tushunchalarini mustahkamlaydilar. Bunda o’quvchilarning so’zdan qaysi so’zga qarab so’roq berishni o’rganib olishlari muhim bo’ladi.
O’qituvchi o’quvchilarning so’z turkumlari bilan gap bo’laklarini aralashtirmasliklariga alohida ahamiyat qaratishi lozim. Har bir so’z so’z turkumi bo’lishi mumkinligini, lekin har bir so’z ham gap bo’lagi bo’la olmasligi haqida sodda qilib tushuncha berilsa, o’quvchilar bu ma’lumotlarni oson ilg’ab oladilar. Masalan, bog’lovchi-yordamchi so’z turkumi, lekin unga savol berib bo’lmaydi, shuning uchun bog’lovchi gap bo’lagi bo’la olmaydi. Mavzuni tushuntirish jarayonida gap bo’laklari va so’z turkumlari yuzasidan tayyorlangan ko’rgazmadan foydalanilsa, yana yaxshi. O’quvchilar undan grammatik tahlilda foydalanadilar va bilimlarini mustahkamlaydilar.
Barcha o’quvchilar gap bo’lagi sintaktik, so’z turkumi esa grammatik tushuncha ekanligini chegaralab, farqlay olishlari lozim.
4-sinfga kelib o’quvchilar gapning uyushiq bo’laklari bilan tanishadilar. Ular bir kesim bilan bog’langan bir necha ega (Laylak, zag’cha bir oyoqda turib uxlaydi), yoki bir egaga bog’langan bir necha kesim (Biz o’qiymiz, yozamiz, gapirib beramiz) gapning uyushiq bo’lagi bo’la oladi va ular sanash ohangida aytilib, orasiga vergul qo’yiladi, degan mazmundagi ma’lumotlarni oladilar, bu egallangan sintaktik tushunchalar mashqlar yordamida mustahkamlanib, takomillashib borilaveradi.
O’qituvchi o’quvchilar diqqatini asosan sanash ohangi va tinish belgisini to’g’ri ishlatishga qaratishi lozim. Shunday qilinganda sanash ohangi asosida aytilgan uyushiq bo’laklarni tushuntirish oson kechadi. Dars davomida o’quvchilar ular ishtirokida gap tuzishni, yig’iq gapni yoyiq gapga aylantirishni mashq qiladilar:
Qushlar uchib keladi (Qachon?). Bahorda qushlar uchib keladi. (Qayerga?) Bahorda qushlar issiq mamlakatlarga uchib keladi.
Boshlang’ich sinflarda muhim sintaktik tushuncha bo’lgan “gapda so’zlarning bog’lanishi”ni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi. Bolalar ega va kesim orqali gap hosil qilishni bilgach, kim?, nima qildi? so’rog’ini berish bilan kesimni topishni ham o’rganadilar va gapda so’zlarning bog’lanishi ustida mustaqil ishlay boshlaydilar: Bulbul sayradi. Nima qildi? Sayradi-kesim. Nima sayradi? Bulbul-ega.
O’quvchilar ikkinchi darajali bo’lak bilan boshqa bir ikkinchi darajali bo’lak o’rtasidagi bog’lanishni topishga, tahlil qilishga, munosabat bildirishga o’rgatiladi. Gapda so’zlarning bog’lanishini o’zlashtirish, o’zaro bog’langan so’zlarni topish uchun bir gap bo’lagidan ikkinchi gap bo’lagiga so’roq berishni amalda ko’proq mashq qilish talab etiladi. Shunday qilinganda, mavzuni mustahkamlash jarayoni samarali kechadi.
Gapda o’zaro bog’langan so’zlarni topish, bir so’zdan ikkinchi so’zga so’roq berish kabilar juda muhim bo’lgani uchun bular yuzasidan mashqlar bajarish maktabning yuqori sinflarida ham davom ettiriladi.
Gapdan tashqari sintaksisning asosiy birliklaridan yana biri so’z birikmasi bo’lib, u boshlang’ich sinflarda alohida mavzu sifatida o’rganilmaydi. Lekin “so’zlarning bog’lanishi”, “o’zaro bog’langan so’zlar”, hatto “so’z birikmasi” kabi atamalar dars jarayonida muntazam ishlatiladi. So’z birikmasi ongda aks etgan borliq elementlarining o’zaro munosabatini ifodalaydi. Masalan, qizil gul, maktabga bormoq, o’qish xonasi, aqlli bola, mazmunli kitob kabi o’zaro bog’langan so’zlar so’z birikmasi hisoblanadi.
Dars jarayonida sintaktik tushunchalarni o’zlashtirish bosqichida uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, o’quvchilarning erkin ijodiy fikr mustaqilligi o’sib borishini hisobga olgan holda, mavzuga doir mashqlarni bajarish izchilligini aniqlash ham ko’zda tutiladi.
O’quvchilar ushbu sintaktik tushunchalar va malakalar orqali mustaqil gap tuza olish, matn yaratish, gap qurilishida gap bo’laklarining qo’llanish o’rnini aniqlash va shu asosida fikrlarini grammatik to’g’ri shakllantirish, og’zaki hamda yozma nutqiy matn tuzish ko’nikma va malakalariga ham ega bo’ladilar.
Xulosa qilib aytganda, ona tili darslarining sifat va samaradorlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, ko’zlangan maqsadga to’laqonli javob bersa, bu o’qituvchining o’z faoliyati davomida erishgan eng katta yutug’idir va u tinimsiz mehnat hamda izlanish bilangina qo’lga kiritiladi.
Quyida 3-sinfda “Ega va kesim” mavzusida o’tiladigan bir soatlik ishlanmani ko’rib o’tamiz.

Download 78,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish