Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dyui Dj. “Psixologiya i pedagogika mыshleniya”. M., Progress, 1998.
2. Karnegi D. “Kak zavoevat druzey i okazыvat na nix vliyanie”. M., Progress, 1990.
3.Karimova V.M. Targ‘ibotning psixologik uslublari.- T.: Ma’naviyat, 2000.16 b.
4. Karimova V.M. Ota-ona maktabi – baxt kaliti.- T., 2002
5. Oila psixologiyasi. Prof. /. SHoumarov tahr. ostida.- T.: SHarq, 2001
6. Petrovskaya L.A. “Kompetentnost v obщenii”. Sotsialno-psixologicheskiy trening. M., Universitet, 1989.
7. Shipun N.I. i dr. “Osnovы upravlencheskoy deyatelnosti”. M., 1999.
8. Sheynov V. “Psixologiya i etika delovogo kontakta”. M., Amalfeya, 1997.
9. Vecher L. Sekretы delovogo obщeniya. Minsk, 1996.
10. Kornilova T. Vvedenie v psixologicheskiy eksperiment. M., 1997.
SHAXSNI RIVOJLANISHIDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH SHART-SHAROITLAR
Eshmurodov Olmosbek Elamonvich
TerDUPI Psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi
Ashurova Shaxnoza Faxriddinovna
TerDUPI pedagogika va psixologiya yo`nalishi 1- kurs magistri
Shaxs ijtimoiy, konkret-tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya olishi tufayli tarkib topadi. Shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi nimadan iborat? Bu masalani hal qilish yuzasidan psixologiya tarixida ikkita oqim mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi shaxs psixik taraqqiyotining biogenetik konsepsiyasi, ikkinchisi esa sotsiogenetik konsepsiyasidir.
Biogenetik konsepsiyaga ko‘ra inson shaxsining taraqqiyoti biologik faktor, ya’ni nasliy faktor bilan belgilanadi. Bu konsepsiyaga ko‘ra, odam psixik faoliyatining shakllarigina emas, balki bu faoliyat mazmuni ham go‘yo tug‘ilishidan peshonasiga yozib qo‘yilgan emish, odamning psixik taraqqiyot bosqichlari va ularning yuzaga kelish tartiblari avvaldan belgilanib qo‘yilgan emish. Biogenetiklar pedagoglardan bolada taqdir yo‘li bilan qanday shaxsiy sifatlar yuzaga kelishini bilib turishni, lekin ularning yuzaga kelishiga qarshilik qilmaslikni, aksincha yordam berishni talab qiladilar.
Sotsiogenetik konsepsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muhitga bog‘lab tushuntiradilar. Ularning aytishicha, «odam ijtimoiy muhit nusxasidir». Sotsiogenetik ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning shaxsiy faolligini inkor qiladilar. Odam faqat atrofidagi muhitga moslashadigan, passiv rol o‘ynaydigan mavjudot deb qaraydilar. Agar sotsiogenetik konsepsiyani to‘g‘ri deb bilsak, u holda nima sababdan ba’zi holda bir xil muhitda har xil odamlarning yetishib chiqishi tushunib bo‘lmaydigan masala bo‘lib qoladi.
Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar muammosini hal qilishda dialektika ta’limotiga asoslanish lozim. Shaxsning faolligi odamning anglangan yoki anglanmagan motivlarining murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar yig‘indisiga bog‘liqdir. Biroq ehtiyojlarni qondirish jarayoni ichki qarama qarshilik- larga ega bo‘lgan jarayondir. Odatda ehtiyojlar paydo bo‘lishi bilanoq qondirilmaydi. Ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy vositalar, shaxsning faoliyatga ma’lum darajada tayyor bo‘lishi, bilimlar, ko‘nikmalar va shu kabilar zarurdir. Shaxs taraqqiyotida irsi- yat va muhitning rolini to‘la inkor qilib bo‘lmaydi, balki har ikkisining ham ma’lum darajada o‘z o‘rni bor. Lekin shaxs taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ta’lim-tarbiya bo‘lib hisoblanadi.
Taraqqiyotning bu ikki bosqichi bolaning hozirgi vaqtda qanday ekanligini, ya’ni kanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga, xarakter-sifatlarga ega ekanligini va kelajakda bolaning qanday bilim, ko‘nikmalarga, xarakter sifatlarga ega bo‘la olishini hisobga olish imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiya insonning kamolga yetishida yetakchi omildir. Chunki:
a) ta’lim va tarbiya jarayonida, kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsalarni o‘rganib olish mumkin. Masalan, savod chiqarish.
b) ta’lim-tarbiya yordami bilan bolalarning ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham kerak tomonini o‘zgartirish mumkin. Masalan, ko‘r, soqov, kar.
v) ta’lim-tarbiya yordamida salbiy ta’sir natijasida yuz bergan kamchiliklarni tugatish mumkin. Masalan, qo‘pollik, so‘kish.
g) ta’lim va tarbiya o‘z oldiga maqsad va vazifalar qo‘yadi va komil inson tarbiyasini rivojlantirishni ko‘zlaydi.
d) ta’lim jarayonida bola bilimlar ko‘nikma va malakalarini hosil qilibgina qolmay, o‘zi ham kamolga yetishib boradi, bilim darajasini ongli ravishda oshiradi.
Demak, ta’lim-tarbiya tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirishning, bolalarni komil inson qilib tarbiyalashning muhim omilidir.Bolalar psixologiyasi bolalar psixologiya- sining taraqqiyotiga faol faoliyati rolini hisobga oladi. Chunki, bola tarbiyaning faqat passiv ob’ektigina emas, balki o‘z faoliyatlari bilan ham o‘ziga, ya’ni o‘zining psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qilib turadigan mavjudotlar. Tarbiya bolaning faol faoliyatla-rini har doim to‘g‘ri tashkil qilib, yo‘lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar faoliyat- ning xar-xil turlarida (o‘yin, mehnat, o‘qish) nomoyon bo‘lib mustahkamlana boradi. Chunonchi, bola psixikasi o‘yin, o‘qish o‘rganish, mehnat va turli ijtimoiy faoliyat jarayonlarida taraqqiy qiladi. Faoliyatning bu turlari bolaning o‘sishi va yosh xususi- yatlariga mos ravishda o‘zgarib biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. M: bog‘cha- gacha va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘yindir. Chunki, o‘yin bola tabiatining asosiy xususiyati hisoblanadi. Bola o‘yin orqali atrofdagi hayot- ni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni bilib ola boshlaydi. O‘yin to‘g‘risida Gorkiy «O‘yin bolalar yashayotgan o‘zgartirishi lozim bo‘lgan dunyoni bilish yo‘lidir» deb aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |