Korxona balansining toTov qobiliyatini (likvidlik) koeffisiyentlarini tahlili
Koeffisiyentlar
|
Norma
|
Yil boshi
|
Yil oxiri
|
O‘zgarish (+,-)
|
1 .Mutloq likvidlik koeffisiyenti
|
>0,2
<0,7
|
0,05
|
0,4
|
-0,1
|
2.Shoshilinch likvidlik koeffisiyenti
|
>0,7
<2,0
|
1,6
|
1,8
|
+0,2
|
3.Joriy likvidlik
koeffisiyenti
|
>2,0
<3,0
|
2,9
|
3,1
|
+0,2
|
jadval ma’lumotlaridan ko'rinishicha, mutloq likvidlik koeffisiyenti hisobot davrida norma doirasida boTdi - 0,05; 0,4; Ushbu koeffisiyentning yil oxiri yil boshiga nisbati o‘zgarishi - 0,1 ga kamaygan.
Korxonada shoshilinch likvidlik koeffisiyenti hisobot yili boshida - 1,6, oxiriga - 1,8 koeffisiyentni tashkil qildi, ya’ni norma doirasida.
Joriy likvidlik koeffisiyenti hisobot yilda 2,9; 3,1 koeffisiyentni tashkil qildi. Hisobot yili boshiga nisbatan farqi esa 0,2 ga ko‘paygan.
Demak, korxona balansini toTovga layoqatli deb hisobiash mumkin. Chunki barcha hisoblangan koeffisiyentlar norma doirasida bo’lgan.
Shu tariqa hisoblab chiqilgan likvidlik va toTov qobiliyati ko‘r- satkichlari korxonaning turli davrlaridagi balanslarini, shuningdek, moliyaviy holatni baholash maqsadida turli korxonaning balansini
mqqoslash imkonini beradi. Likvidlik va to‘lov qobiliyati ko'rsatkichlari belgilangan me’yorlardan past bo‘lgan va yomonlashib borayotgan korxonalar bankrot deb topilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, kreditorlaming pul mablag‘lari bo‘yicha talablarini to‘liq hajmda qondirishga, shu jumladan soliqlar, yig‘imlar, byudjetga va hyudjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy to‘lovlami to‘lashga qodir bo‘lmagan korxonalar bankrot (iqtisodiy jihatdan nochor) deb hisoblanadi.
Korxonani bunday ahvolga olib bormaslik uchun uning likvidligi va to‘lov qobiliyati muntazam tahlil qilib borilishi hamda baholab lurilishi kerak. Likvidlik va to‘lov qobiliyatining yaxshilanishiga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi.
mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish hajmini ko‘paytirish;
tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot qoldiqlarini qisqartirish;
debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish hamda ular yuzasidan muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlami to‘lash;
o‘z majburiyatlari bo‘yicha vaqtida hisob-kitob qilish hamda muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlami to‘lash;
joriy aktivlardagi o‘z aylanma mablag‘lari ulushini ko‘pay- tirish;
aylanma mablag‘lar aylanish tezligini oshirish.
Likvidlik va to‘lov qobiliyati darajasi ko‘p jihatdan korxonaning moliyaviy barqarorligi hamda iqtisodiy baquwatligiga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxona faoliyatini erkin va mustaqil boshqarishni taqozo etiladi. Endi boshqarish iqtisodiy dastaklar bilan amalga oshirilib, hozirgi kunda korxonani boshqarishda ularning mohiyati keskin o‘zgardi.
Korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkich- lardan eng muhimi uning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Shu tufayli bu ko‘rsatkichlami tahlil qilish hozirgi kunda muhim va dolzarb hisoblanadi.
Aktivlar (asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar, aylanma mablag‘lar) ga qo‘yilgan mablag‘lami o‘z mablag‘lari hisobiga qoplaydigan, noo‘rin debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l qo‘ymaydigan hamda o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘laydigan korxona moliyaviy barqaror korxona hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlikka tegishli ko‘rsatkichlar, ulami hisoblash yo‘llari va tahlili iqtisodiy adabiyo’llarda yetarlicha yoritilgan. Xususan, Rossiya iqtisodiy tahlil fanining ko‘zga ko‘ringan yirik namoyondalari A.D.Sheremet, R.S.Sayfullin, A.L.Li, S.I.Kravchen- ko, V.V.Kovalev va boshqalaming moliyaviy tahlil bo‘yicha chop etilgan qator darslik, o‘quv qo'llanmalarini, ilmiy maqolalarini e’ti- rof etish joiz. Iqtisodchi olimlaming korxonaning moliyaviy barqa- rorligini tahlil qilishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi borasida tavsiyalari turlicha.
A.D.Shyeremet, R.S.Sayfullin tomonidan moliyaviy tahlilga bag‘ishlab chop etilgan “Moliyaviy tahlil uslubi” o‘quv qo‘Uan- masida korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni tavsiya qilganlar:
o‘zlik manbalar koeffisiyenti;
o‘zlik va majburiyatlar nisbati;
chaqqonlik koeffisiyenti;
harakatchan va harakatsiz mablag‘lar nisbati;
qisqa muddatli qarzlar koeffisiyenti;
zahira va xarajatlami shakllanishida mustaqil manbalar koeffisiyenti;
kreditorlik qarzlar koeffisiyenti;
A.F.Ionova quyidagi moliyaviy koeffisiyentlami tavsiya etgan:
o‘zlik kapitalining jamlanganlik koeffisiyenti;
uzoq muddatli majburiyatlaming tarkibiy koeffisiyenti;
o‘zlik kapitalining chaqqonlik koeffisiyenti;
qarzlami uzoq muddatga olish koeffisiyenti.
O‘zbekistonda ham iqtisodiy tahlilga va uning ayrim sohalariga bag‘ishlangan adabiyo’llar, ilmiy risola va maqolalar chop etilgan. Bevosita korxonalaming moliyaviy holatiga bag‘ishlangan nufuzli ishlardan biri E.A.Akramov tomonidan chop etilgan “Korxona- laming moliyaviy holatini tahlili” o‘quv qo‘llanmani e'tirof etish joiz. Ushbu ishda muallif moliyaviy barqarorlikni ikki tizimli ko‘rsatkichlarga umumlashtirishni tavsiya etgan:
Asosiy ko‘rsatkichlar:
O‘zlik mablag‘larining manbalari.
O‘zlik mablag‘larining manbalari va uzoq muddatli passivlar.
Umumiy manbalar - o‘zlik mablag‘larining manbalari, uzoq muddatli va boshqa passivlar.
Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar:
Aylanma mablag‘larning o‘z manbalari bilan ta’minlanganlik koeffisiyenti.
Majburiyat va o‘z manbalar nisbat koeffisiyenti.
Moliyaviy qaramlik koeffisiyenti.
O‘zlik kapitalning chaqqonlik koeffisiyenti.
Moliyalashtirish koeffisiyenti.
Kapitalni qarzga olish koeffisiyenti.
Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev va B.A.Xasanovlar tomonidan chop etilgan “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” o‘quv qo‘llanmada moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlami 5 guruhga bo‘linadi:
Xususiy mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Uzoq muddatli istiqbol nuqtai nazaridan korxona faoliyatining barqarorligi, korxona iqtisodiyotining tashqi kreditorlar va inves- torlarga bog‘liqlik darajasi moliyaviy barqarorlik mezoni hisob- lanadi. Korxonaning o‘zining shu vaqtga bo‘lgan qarzlari bilan hisob-kitob qilish qobiliyatini tavsiflovchi balans likvidligidan farqli o‘laroq, moliyaviy barqarorlik - korxonaning to‘lovga doimo layoqatliligini kafolatlovchi muayyan holatdir.
Korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda ulami tavsiflovchi ko‘rsatkichlami hisoblab chiqish, ularni bir yil yoki bir necha yil uchun dinamikada qiyoslash, ularning yomonlashish yoki yaxshilashish sabablarini aniqlash, moliyaviy holatni yaxshilashga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqish kerak bo‘ladi.Moliyaviy barqa- rorlik koeffisiyentlarining ahamiyati asosan kreditorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, zero ushbu koeffisiyentlar orqali ular
korxonaning chet el sannoyalariga qaramlik darajasini, moliyaviy holatining barqarorligini, bankrotlik (sinish) ehtimolini hamda investisiya siyosatini yurgizish variantlarini aniqlaydilar.
Korxonalami moliyaviy barqarorligmi ifodalovchi ko‘rsatkichlami tahlil qilish usulini quyidagi jadvalda havola qilamiz (5.6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |