1. Mutloq likvidlik koeffisiyenti. Mutloq likvidlik koeffisiyenti pul mablagTari va qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalaming joriy majburiyatlardagi ulushini tavsiflaydi. Aylanma mablagTaming eng mobil (harakatchan) qismi pul mablagTari va qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Chunonchi, qimmatli qog‘ozlar tezda pulga aylantirilib qarzlami uzishga va toTovlami to’lashga ishlatish mumkin. Binobarin, shu sababli ulami qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati mutloq likvidlik koeffisiyenti deb ataladi.
Mutloq likvidlik koeffisiyenti asosida shu vaqtdagi majburiyatlami qoplash uchun naqd pul mablagTari mavjudligini aniqlash mumkin. Bu birinchi navbatda mazkur korxonaga mahsulot yetkazib beruvchilar uchun ahamiyatli. Bu ko'rsatkichni normadagi darajasi bo’lib >0,2 <0,7 hisoblanadi. Ushbu koeffisiyentni
ihamiyati agar 0.2 dan kam, 0,7 dan yuqori bo‘lmasa, u holda nazariy jihatdan korxonaning to‘lov qobiliyati ta’minlangan bo‘ladi.
Shoshilinch likvidlik koeffisiyenti. Shoshilinch likvidlik koeffisiyenti joriy majburiyatlardagi pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar ulushini tavsiflaydi. Ushbu koeffisiyent korxonaning likvid aktivlar hisobidan tezda joriy majburiyatlami uzish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Shoshilinch likvidlik koeffisiyenti korxonaning tez likvid aktivlardan joriy majburiyatlami bajarish qobiliyatini belgilaydi va to'lash koeffisiyenti ko‘rsatkichini to‘ldiradi. Shoshilinch likvidlik koeffisiyenti ko'rsatkichining yuqoriligi moliyaviy xavf darajasining pastligidan va chetdan qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lami jalb qilish uchun yaxshi imkoniyatlar borligidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich kredit berishda banklar va kredit bemvchi boshqa muassasalami qiziqtiradi. Ushbu koeffisiyentning normadagi darajasi bo‘lib > 0,7 <2,0 hisoblanadi.
Joriy likvidlik koeffisiyenti. Joriy likvidlik koeffisiyenti joriy majburiyatlar aylanma mablag‘lar bilan qay darajada ta’minlanishiga ko‘ra, ya’ni aylanma aktivlarga qo‘yilgan moliyaviy resurslaming necha so‘mi joriy majburiyatlar bir so‘miga to‘g‘ri kelishini tavsiflab, korxonaning to‘lovga layoqatliligiga umumiy baho beradi.
Bu ko‘rsatkichning o‘sishi ijobiy deb qaraladi. Ammo bu ko‘rsatkichning jiddiy o‘sishi nomaqbul bo‘lib, ishlab chiqarish zahiralariga joylangan mablag‘lar aylanuvchanligi susayganidan, debitorlik qarzlarining asossiz ko‘payishidan dalolat beradi. Ushbu koeffisiyentning normadagi darajasi bo‘lib, >2 <3 ya’ni ahamiyati 2 dan 3 gacha bo‘lishi nazariy jihatdan asoslangan. Agar ushbu koeffisiyentning ahamiyati 1-dan kam bo‘lsa, u holda korxona uchun moliyaviy xavf-xatar tug‘iladi. Chunki bu salbiy holat bir so‘mlik qisqa muddatli qarzlarga bir so‘mdan kam joriy aktivlar to‘g‘ri keladi degani.
Ushbu koeffisiyentning ahamiyati 3-dan ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, zyero menejment nuqtai nazaridan aktivlami boshqarish borasidagi o‘quvsizlikdan dalolat beradi. Aktivlami keragidan ko‘p jamlanishi ulardan samarali foydalanishga olib
kelmaydi. Lekin joriy likvidlik kdeffisiyentini ahamiyati 3-dan ko‘p bo‘lishi kreditorlami korxonaga sarmoya qo‘yishga ko‘proq jalb etadi.
Endi korxona amaliy ma’lumotlaridan foydalanib, ushbu koeffisiyentlami tahlil qilib chiqamiz. Tahlil uchun 5.5-jadvalni havola qilamiz.
jadval
3>
Do'stlaringiz bilan baham: |