ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlaridir, ikkisi ham harakatda, kimyoviy
tarkibi ham o‘xshash. Ana shu o‘xshashliklarga asoslanib olimlar Quyoshda topilgan
yangi element-geliy Erda ham bo‘lsa kerak, degan xulosaga kelganlar. Analogiya yo‘li
bilan chiqarilgan bu xulosaning chinligi ko‘p o‘tmay tasdiqlandi – Erda ham geliy
elementi topildi.
Bu misolda ikki predmetning o‘xshashligiga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan
belgining boshqasida ham borligi haqida xulosa chiqarildi. O‘xshatilayotgan
predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s, harflari bilan ifoda qilsak,
xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
A predmeti a, v, s,
d belgilarga ega
V predmeti a, v, s belgilarga ega
Ehtimol, V predmeti d belgiga egadir.
Bu formula analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning tipik sxemasidir. Unda bir
predmet haqidagi bilim shunga o‘xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa
shaklida keltirib chiqariladi.
Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet, yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi
o‘rtasidagi munosabatlarning o‘xshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (a R b) va (m
R1 n) munosabatlarni taqqoslasak, a-m ga, b-n ga o‘xshash emas, lekin ular o‘rtasidagi
R-R1 munosabatlarning o‘xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini beradi. Masalan,
I. Kepler planetalar harakatining qonunini ochganda, samoviy jismlarning o‘zaro
tortishish kuchini insonlar o‘rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, shu asosda
astronomiyaga tortishish kuchi tushunchasini kiritadi. Munosabatlar analogiyasining
formulasi quyidagicha:
F
a R b
m R1 n
Munosabatlar analogiyasida ikki predmetlar o‘xshashligi
haqida emas, ikki predmet
o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat
haqida xulosa chiqariladi.
Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e’tibor beriladi.
SHu jihatdan analogiyani qat’iy (aniq), qat’iy bo‘lmagan noaniq va xato analogiyaga
ajratamiz. Qat’iy analogiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ko‘chiralayotgan va
o‘xshatilayotgan belgilar o‘rtasidagi aloqa zaruriy bo‘ladi. Aniq fanlarda,
modellashtirishda fikr qat’iy analogiya shaklida yuritiladi.
Analogiya modellashtirish metodining mantqiy asosini tashkil etadi. Modellashtirishda
(konkret yoki abstrakt) ob’ektlar modellarda, ya’ni shartli obrazlar, sxemalar,
ob’ektning kichraytirilgan nusxalarida tadqiq etiladi.
Ma’lum sabablarga ko‘ra tekshirilayotgan ob’ektni tabiiy sharoitlarda o‘rganish qiyin
bo‘lganda yoki mumkin bo‘lmaganda modellashtirishdan foydalaniladi. Bu o‘z
navbatida bilish jarayonini engilashtiradi.
Modellarni uch turga bo‘lish mumkin:
Tabiiy modellar-o‘rganilayotgan ob’ekt bilan bir turda bo‘ladi
va undan faqat
o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladi.
Matematik modellar-prototip (asl nusxa) dan jismoniy tuzilishi bilan farq qiladi, lekin
prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘ladi.
Mantiqiy matematik modellar-belgilardan iborat bo‘lib abstrakt model hisoblanadi va
tafakkur jarayonini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Modellarning bu turlaridan alohida-alohida va birgalikda foydalaniladi.
So‘nggi vaqtlarda modellashtirish ko‘pincha kompyuter vositasida amalga
oshirilmoqda. Masalan, yangi avtomobilning modeli kompyuterda yasalib, uning
o‘lchamlari, turli afzalliklari matematik modellashtirish vositasida aniqlanadi.
Qat’iy bo‘lmagan analogiyada o‘xshash bo‘lgan va ko‘chirilayotgan belgi o‘rtasidagi
zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o‘rganishda
va aniq, tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qatiy
bo‘lmagan analogiya tarzida bo‘ladi. Masalan, nemis olimi SHpenglerning
ta’kidlashicha, jamiyat ham tirik organizmlar kabi to‘rtta rivojlanish bosqichini bosib
o‘tadi. Bular: paydo bo‘lish, rivojlanish, etuklik davri va emirilish davri.
Agar yolg‘on hukmni 0 bilan, chin hukmni 1 bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R
(a) bilan belgilasak, qat’iy analogiyada R (a)=1; qat’iy bo‘lmagan analogiyada 1>R
(a)>0 bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini oshirish uchun, ya’ni
xulosaning chin bo‘lish ehtimolini oshirish uchun ma’lum shartlarga rioya qilish zarur.
Bular quyidagilardan iborat:
1. Taqqoslanayotgan predmetlarning imkoni boricha ko‘proq o‘xshash
belgilari
aniqlanishi lozim. SHunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni
ortadi.
2. Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari predmetlar uchun muhim
belgilar bo‘lishi kerak. SHunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi.
3. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan boshqa belgilari
zaruriy aloqada bo‘lishi kerak. SHunda xulosaning ishonarli, aniq bo‘lish shartlari
bajarilgan bo‘ladi.
4. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan o‘xshash belgilari
bir tipda bo‘lishi kerak.
5. Taqqoslanayotgoan predmetlarning farq qiluvchi belgilarining miqdori kam bo‘lishi
va bu belgilar zaruriy, muhim bo‘lmasligi shart.
Agar predmetlar muhim, zaruriy
belgilari bilan bir-biridan farq qilsa, analogiyaning xulosasi xato bo‘ladi.
YUqoridagi qoidalarning buzilishi yolg‘on analogiyaga, ya’ni xato xulosa chiqishiga
sabab bo‘ladi. YOlg‘on analogiyada xulosaning chin bo‘lish ehtimoli 0 ga teng: R
(a)=0. Bilish jarayonida bilib yoki bilmasdan yolg‘on analogiyaga yo‘l qo‘yiladi. Turli
xil irimlarga ishonish (masalan, tuz to‘kilsa, janjal bo‘ladi va hokazo) yolg‘on
analogiyaga yaqqol misol bo‘ladi.
Badiiy adabiyotdan, xalq og‘zaki ijodidan analogiyaning barcha turlariga ko‘plab
misollar keltirish mumkin. Masalan: «Yigit-so‘zidan, yo‘lbars-izidan qaytmas» maqoli.
Analogiyaning xulosalari boshqa xulosa chiqarish turlari kabi bilish metodi sifatida
muhim ahamiyatga egadir.
Bilish jarayoni ob’ektiv reallikdagi predmet va hodisalarning tashqi va ichki
xossalarini taqqoslash, ularning uzviy aloqasini aniqlashdan boshlanadi. Analogiyada
taqqoslash asosida o‘xshash,
umumiy xususiyatlar aniqlanadi, predmetlar va hodisalar
haqidagi bilimlar chuqurlashadi va konkretlashtiriladi. Tabiiy va ijtimoiy fanlarda
analogiya turli hodisalar haqida har-xil farazlarni, ya’ni gipotezalarni hosil qilish va
bayon etish usuli sifatida xizmat qiladi.
Ma’lumki, juda ko‘p qonun-qoidalar dastlab gipoteza shaklida bayon qilingan bo‘lib,
unda xulosa chiqarish analogiya tarzida amalga oshirilgan. Ikki predmet va hodisani
taqqoslash, ularning o‘xshash tomonlarini aniqlash yangi bilimlar hosil qilish imkonini
beradi. Analogiyadan inson bilimini kengaytirish vositasi sifatida keng foydalaniladi.
Uning xulosalari aniq, ehtimoldan xoli bo‘lganda, isbotlash jarayonida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: