Norma va hukm.
Norma (me’yoriy qoida) amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yoki
istisno qilinadigan hatti-harakatlarni bildiradi. Ularning talablariga rioya qilish kundalik
turmushi-mizda hamda bilish jarayonida ko‘zlangan maqsadga
erishishimizga imkon
beradi. Masalan, «Ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak», degan qoidaga rioya qilish
tushunchaga beriladigan ta’rifning mantiqan to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydigan
shartlardan biri hisoblanadi. Agar bu qoida talabi buzilsa, tushunchaga beriladigan ta’rif
haddan tashqari keng (masalan, «Fan – bilimlar sistemasi») yoki haddan tashqari tor
(masalan, «Fan – g‘oyalarda ifoda etilgan bilimlar sistemasi») bo‘lib qoladi.
Gapda ifodalangan normalar hukmni (mulohazani)
ifoda qilishi ham, qilmasligi ham
mumkin. Masalan, «Urushni targ‘ib qilish qat’iyan man qilinadi», degan gap – normativ
fikr, hukmni (mulohazani) ifoda etmaydi. «Saidov O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
sifatida mehnat qilish huquqiga ega», degan fikr esa norma (me’yoriy qoida) haqidagi
hukm (mulohaza)
hisoblanadi; bunda norma «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
mehnat qilish huquqiga ega», degan fikrdan iborat»); shuning uchun ham u mantiqiy
qiymatga ega, ya’ni chin fikrni ifoda etadi. Demak, norma haqidagi hukmlar (normativ
hukmlar) boshqa hukmlar
singari mantiqiy qiymatga ega, ya’ni chin yoki xato fikrni
ifoda etadilar.
Normalar ilmiy bilishda qoidalarni,
metodlarni, huquqiy sohada – huquqiy normativ
hujjatlarni (masalan, qonunlarni, kodekslarni, buyruqlarni va shu kabilarni),
axloqda-
odob normalarini va boshqa sohalardagi normativ fikrlarni ifoda qiladilar. Ularning
bilishdagi va amaliyotdagi ahamiyati ana shu bilan belgilanadi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar
1.
Mantiq fanining predmeti nima?
2.
Hissiy bilishning shakllarining xususiyatlarini tushuntiring.
3.
Tafakkur qanday xususiyatlarga ega?
4.
Tafakkur shakli nima va uning qanday turlari mavjud?
5.
Formal mantiqning qanday qonunlari mavjud?
6.
Ayniyat qonunining mazmun-mohiyatini
tushuntiring
7.
Nozidlik qonunining mazmun-mohiyatini tushuntiring
8.
Uchinchisi istisno qonunining mazmun-mohiyatini tushuntiring
9.
Etarli asos qonunining mazmun-mohiyatini tushuntiring
10.
Tushunchani shakllantirishning qanday mantiqiy usullari mavjud?
11.
Tushunchaning mazmuni va hajmi degan nima?
12.
Tushunchaning qanday turlari mavjud?
13.
Tushunchalar o‘rtasida qanday munosabatlar mavjud?
14.
Hukm nima? Uning strukturasi qanday?
15.
Qanday xukmlar oddiy hukmlar deb ataladi?
16.
Oddiy hukmlar tasnifini tushuntiring.
17.
Qanday xukmlar murakkab hukmlar deb ataladi?
18.
Murakkab hukmlarning turlariga izoh bering.
19.
Hukmlar o‘rtasida qanday munosabatlar mavjud?
20.
Hukmlarning modalligi degan nima?
21.
Norma va hukm to‘g‘risida bayon qiling.
22.
Xulosa chiqarishning mohiyatini tushuntiring.
23.
Deduktiv xulosa chiqarishni tushuntiring.
24.
Induktiv xulosa chiqarishni tushuntiring.
25.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishni tushuntiring.
26.
Argumentlash nima?
27.
Ishonch-e’tiqod qanday hosil bo‘ladi?
28.
Isbotlash qanday strukturaga ega?
29.
Isbotlashning qanday usullari mavjud?
30.
Rad etish isbotlash bilan qanday aloqada?
31.
Rad etishning qanday usullarini bilasiz?
32.
Isbotlash va rad etish qoidalarini buzganda qanday
mantiqiy xatolar vujudga
keladi?
33.
Paralogizm, sofizm va mantiqiy paradokslarning mohiyati nimada?
34.
Bahs nima? Bahs, munozara yuritishning qanday umumiy qoidalari bor?
35.
Muammoli vaziyat nima?
36.
Muammoning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
37.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish va hal etishning qanday shartlari mavjud?
38.
Gipotezaning mohiyati nimada va uning qanday turlari mavjud?
39.
Nazariyaning strukturasi qanday?
40.
Nazariya bilish jarayonida qanday vazifalarni bajaradi?
41.
Nazariyaning qanday turlari mavjud?
42.
Savol nima? Uning qanday turlari mavjud?