4-mavzu. Mantiq


b) Induktiv xulosa chiqarishi



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/31
Sana27.06.2022
Hajmi0,89 Mb.
#710095
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
№4-Mavzu - uz

b) Induktiv xulosa chiqarishi 
Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish 
asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o‘rganiladi. 
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli hil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish 
shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning 
asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir 
darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, 
deb nom olgan. 
Induktiv xulosa chiqarish bilan batafsilroq tanishib chiqamiz. 
Bilish, qaysi sohada amalga oshishidan qat’iy nazar-sog‘lom aql darajasidami yoki 
ilmiy bilishdami – doimo predmet va hodisalarning hissiy idrok etiladigan xossa va 
munosabatlarini o‘rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empirik bilish 
bosqichi deb atashadi. Bu bosqichda sub’ekt turli xil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy 
hodisalarda o‘xshash sharoitlarda ma’lum bir xususiyatlarning takrorlanishini kuzatadi. 
Bu ana shu turg‘un holda takrorlanib turuvchi xossaning ayrim predmetning individual 
xossasi emas, balki ma’lum bir sinfga mansub predmetlarning umumiy xossasi bo‘lsa 
kerak, degan fikrga kelishga asos bo‘ladi. Masalan, qaysi davlatda demokratiya 
prinsiplariga yaxshi amal qilinsa o‘sha davlat aholisining ijtimoiy turmush darajasi 
yukoriligini ko‘zatish mumkin. SHu asosda demokratiyaning prinsiplari, shartlari 
yaxshi amal qiladigan har qanday davlatda aholining turmush darajasi yuqori bo‘ladi, 
degan xulosaga kelish mumkin. 
Mana shunday juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish induksiya shaklida 
sodir bo‘ladi (lotincha inductio-yagona asosga keltirish). 
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo‘lib, unda birorta 
belgining ma’lum bir sinfga mansub pedmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu 
belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi. 
Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o‘rnatilgan turli empirik 
qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o‘z aksini topadi, predmet va hodisalar 
haqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi. 
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning asoslari 
ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka 
predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy 
sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil 
qilinadi. 
Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik 
aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy xarakterga ega bo‘lgan 
bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Takrorlanib turuvchi turg‘un aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy 
aloqalaridan iborat bo‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. 
Asoslardagi yakka va juz’iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning 
namoyon bo‘lishini qayd etadilar. Induktiv xulosa chiqarish kuzatish va tajriba 
natijalarini umumlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, ular haqida qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Kuzatish predmet va hodisalarni o‘rganishning eng oddiy, ko‘p hollarda qo‘llash 
mumkin bo‘lgan usulidir. Unda sub’ekt (masalan, tadqiqotchi) kuzatilayotgan hodisaga 
bevosita ta’sir o‘tkazmasdan, uni tabiiy holatida, bog‘lanshlarida o‘rganadi. Bunda 


sub’ekt o‘z sezgi organlari, tadqiqotlar olib boriladigan asbob-uskunalar (masalan, 
mikroskop, tunda ko‘rish asbobi va shu kabilar) bilan ish ko‘radi. 
Tabiiyki kuzatish pala-partish, uzuq-yuluq holda emas, balki izchil, ko‘pincha 
avvaldan tuzilgan reja (masalan, tadqiqot rejasi) asosida o‘tkaziladi. Masalan, korxona 
rahbari uning turli bo‘g‘inlarida, bo‘limlarida ishlayotgan mas’ul xodimlarning, 
ishchilarning ishini sistemali ravishda, muntazam kuzatib boradi, induksiya asosida 
ma’lum bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar masalasiga 
ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa bir misol. 
Militsiya yoki prokuratura xodimi jinoyatni sodir qilishda shubhalanayotgan kishini 
hibsga olishdan avval uning hatti -harakatlarini oldindan tuzilgan reja asosida, turli xil 
sharoitlarda tabiiy holatda, unga xalaqit bermagan holda kuzatib boradi. Bu esa unga 
qat’iy bir qarorga kelishi uchun zarur bo‘lgan faktlarni topishiga yordam berishi 
mumkin. 
Tajriba (eksperiment) hodisalarni o‘rganishning murakkabroq usuli bo‘lib, u bilish 
ob’ektiga ma’lum bir tarzda ta’sir o‘tkazishni taqozo etadi. Tajriba, albatta, avvaldan 
tuzilgan reja asosida, maxsus yaratilgan sharoitda, zarur asbob-uskunalardan 
foydalangan, kerakli mantiqiy usullarni qo‘llagan holda o‘tkaziladi. 
Ilmiy bilishning texnikaviy asosi tobora mustahkamlanib borayotgan xozirgi
sharoitda tajribalar turli-tuman murakkab asbob-uskunalardan foydalanilgan holda
o‘tkaziladi. Ular hodisalarning sababiy aloqalarini aniqlashni, ichki qonuniyatlarni
ochishni osonlashtiradi, tezlashtiradi. 
Buerda, albatta, mukammal asbob-uskunalar yaratilishining negizida hamob’ektiv
borliq va bilishga xos qonuniyaglarning ochilishi, ularni ifoda qiluvchi bilimlarning
yotishi, amaliyot, texnikada joriy qilinishi, ya’ni boshqacha aytganda, induktiv
xulosa chikarishda amaliyot va bilimning uzviy aloqada bo‘lishini nazarda tutish
lozim. 
Tajriba bilish jarayonida quyidagi qulayliklarni yaratishga imkon beradi. 
O‘rganiladigan (tajriba o‘tkaziladigan) predmetlar doirasini tadqiqotchi ixtiyoriy 
ravishda kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin; 
Bilish ob’ektini «toza» holda, ya’ni boshqa ob’ektlar ta’siridan «ajratib» qo‘ygan 
holda yoki ular bilan birga bo‘lgan o‘zaro ta’sirida olib o‘rganish mumkin; 
Bilish ob’ektiga ta’sir etuvchi holatlarni ixtiyoriy tarzda o‘zgartirib turish mumkin; 
O‘tkazitlayotgan tajribani tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin; 
Natijaning chinligiga ishonch hosil qilish uchun tajribani zarur bo‘lgan miqdorda 
takrorlash mumkin. 
Induktiv xulosa chiqarishning asoslarida, yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, kuzatish 
va tajriba natijalari ifodalangan bo‘lib, ular birorta S sinfiga taaluqli S1, S2,.. Sn 
hodisalarda r belgisining turg‘un holda takrorlanishi haqidagi axborotni qayd qiladilar. 
Xulosasida shu belgining predmetlarning butun sinfiga xosligi haqida fikr hosil qilinadi. 
Unda muhokamaning sxemasi quyidagicha bo‘ladi: 
S1 hodisasi R belgiga ega 
S2 hodisasi R belgiga ega 
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
Sn hodisasi R belgiga ega 
S1, S2,..., Sn lar S sinfiga mansub 
S sinfining har bir hodisasi R belgiga ega. 
Simvolik ifodasi esa quyidagicha: 
R (x1) 
R (x2) 
... ... ... 
R (xn) 
x1, x2,..., xn



x ((x

S)

R (x) 


Tajribada ko‘p martalab takrorlanadigan predmetning turg‘un aloqalari sababiyatni, 
zaruriyatni ifoda qiladigan umumiylikdan iborat bo‘lib, u induktiv xulosa chiqarishda 
asoslardan xulosaga o‘tish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Induktiv xulosa chiqarishning bilishdagi bosh vazifasi juz’iy holni umumiylashtirish, 
ya’ni ayrim faktlarga xos xussusiyatni berilgan sinfga taalluqli barcha predmetlarga xos 
xussusiyat darajasiga ko‘tarish (generalizatsiya qilish) asosida umumiy bilim hosil 
qilishdan iborat. O‘z mazmuni va bilishdagi ahamiyatiga ko‘ra bu bilimlar kundalik 
tajribani umumlashtirish negizida hosil qilinadigan eng oddiy umumlashmalardan tortib, 
to empirik va nazariy qonunlar, gipotezalar, ilmiy nazariyalar darajasigacha etgan 
bilimlar bo‘lishi mumkin. 
Ilmiy bilish tarixi fanning turli hil sohalarida kilingan kashfiyotlar, masalan elektr, 
magnitizm, optikaga oid juda ko‘p sababiy aloqadorliklar, qonuniyatlar ularning aynan 
induktiv yo‘l bilan o‘rnatilganini tasdiqlaydi. 
Induksiya asosida hosil qilingan xulosalarning mantiqiy qiymati, ehtimoliy yoki 
zaruriy bo‘lishi o‘tkazilgan tajribaning xarakteriga bog‘liq. 
Kuzatish va tajriba tugalanmagan bo‘ladi. Keyingi o‘tkaziladigan tajriba, kuzatishlarda 
predmet va hodisalarning yangi muhim xususiyatlari, munosabatlari aniqlanishi 
mumkin. Bu esa, mavjud predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib 
yuboradi. Xususan, avval chin deb hisoblangan bilimlar shubha ostiga olinib qoladi, 
ehtimoliy tarzdagi fikrlarga aylanadi. 
Mantiqda ehtimollik tushunchasi chiqarilgan xulosaning noaniqligini, qo‘shimcha 
tekshirishlar o‘tkazish zarurligini anglatadi. SHunga qaramasdan tajriba bilimning 
muhim vositasi bo‘lib qoladi. 
SHuni alohida qayd etish zarurki, ayrim juz’iy faktlar haqidagi aniq bilimlardan
noanik xulosalarning chiqishi ob’ektiv voqelikni bilishning murakkab dialektik
jarayon ekanligini bildiradi. Voqelikdagi bir mantiqiy sinfga mansub
predmetlarning barchasini tajribada qamrab olish qiyin. Sinf predmetlarining 
barchasi qamrab olinganda xam ularning xususiyatlarining hammasini o‘rganib
bo‘lmaydi, chunki ularning soni ko‘p.
Xarakat, tarakkiyot davomida tuxtovsiz ravishda ularning ba’zilari yo‘qolib,
boshqa birlari paydo bo‘lib turadi. 
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to‘liq va to‘liqsiz induksiyalar farq qilinadi. 
To‘liq induksiya induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda birorta belgining 
ma’lum bir sinfga mansub har bir predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgining 
berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi. 
To‘liq induksiya predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol ko‘zga tashlanib 
turadigan, miqdor jihatdan cheklangan yopiq sistemalarga nisbatan xulosa chiqarishda 
ishlatiladi. Masalan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar, NATOga a’zo davlatlar, 
birorta shaharda joylashgan korxonalar va shu kabilar haqida xulosalarni to‘la induksiya 
yo‘li bilan olish mumkin. Xususan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar harakatining 
yo‘nalishi soat strelkasi harakati yo‘nalishiga teskari ekanligi haqidagi xulosa aynan ana 
shu usul yordamida hosil qilinadi. Xuddi shuningdek, «Barcha metallar elektr tokini 
o‘tkazadi», «NATOga a’zo davlatlar shu tashkilotning ustaviga rioya qiladilar», 
«Toshkent shahridagi barcha korxonalar elektr energiyasi bilan to‘la ta’minlangan» kabi 
umumiy hukmlar orqali ifoda qilingan xulosaviy bilimlar ham to‘liq induksiyani 
qo‘llash asosida shakllanadi. 
To‘liq induksiyada muhokamaning qurilish sxemasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
S1 predmeti R belgiga ega 
S2 predmeti R belgiga ega 
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
Sn predmeti R belgiga ega 
Faqat S1, S2,..., Sn largina S sinfini tashkil etadi 


S sinfining har bir predmeti R belgiga ega 
Simvolik ifodasi esa quyidagicha: 
R (x1) 
R (x2) 
... ... ... 
R (xn) 




x((x

S)

R (x)) 
Predmetlarning yopiq to‘plamini o‘rganish empirik tadqiqotning aniq bir sinfni bilish 
bilan chegaralanganligini bildiradi. Ana shuning uchun ham asoslardagi har bir predmet 
haqidagi ma’lumot qayd etilgan belgini sinf predmetlarining barchasiga yoyish, ularga 
tegishli, deb aytish uchun mantiqiy asos bo‘la oladi. 
Demak to‘liq induksiyaning asosiy xususiyati shundaki, unda berilgan sinfga mansub 
barcha predmetlar birma-bir o‘rganilib chiqilishi, ular haqida yakka hukmlar hosil 
qilinishi va asoslar sifatida qabul qilinishi zarur. 
To‘liq induksiyaning yana bir muhim xususiyati bor: uning asoslari ham, xulosasi ham 
aniq, tekshirilgan, ehtimoldan xoli fikrlarni aks etirgani uchun, ular qa’tiy hukmlar 
orqali ifodalanadi. Masalan, oddiy qa’tiy sillogizmni o‘rganishni uning 1-figurasidan 
boshlab, uning to‘g‘ri moduslarga egaligini aniqlaymiz. SHu yo‘l bilan sillogizm II, III, 
IV –figuralarini ko‘rib chiqamiz; ularning ham har birining to‘g‘ri moduslarga ega 
ekanligining guvohi bo‘lamiz. Natijada sillogizm figuralarining bu xususiyatini yakka 
hukmlarda ifoda etamiz va to‘liq induksiya bo‘yicha xulosa chiqarish uchun asos qilib 
olamiz hamda xulosa chiqaramiz. Unda yuritilayotgan muhokama jarayoni qo‘yidagi 
shaklga kiradi: 
Sillogizmning I - figurasi to‘g‘ri moduslarga ega; 
Sillogizmning II – figurasi to‘g‘ri moduslarga ega; 
Sillogizmning III – figurasi to‘g‘ri moduslarga ega; 
Sillogizmning IV – figurasi to‘g‘ri moduslarga ega; 
YUqoridagi figuralar sillogizmning hamma figuralaridir 
Demak, sillogizmning hamma figuralari o‘zining to‘g‘ri moduslariga ega. 
To‘liq induksiyaning asoslari va xulosasini ularning strukturasi jihatidan olib tahlil 
qilsak, quyidagi holni kuzatish mumkin. Asos bo‘lib kelayotgan hukmlar sub’ektlari 
mantiqiy sinfning alohida elementlarini ifoda etadi. Xulosaning sub’ekti esa bir butun 
mantiqiy sinfni aks ettiradi. Asoslar va xulosa predikatlari predmetlar belgisini ifoda 
qiladi. U asoslarda sinfning alohida olingan har bir elementiga tegishli belgi sifatida fikr 
qilinadi. Xulosada esa u belgi butun sinfga ko‘chirilib, unga tegishli umumiy belgi 
sifatida qayd etiladi. Fikrimizni qo‘yidagi misol orqali oydinlashtiramiz: 
Zardo‘sht Qadimgi Xorazmda tug‘ilgan 
Budha Hindistonda tug‘ilgan 
Muso Misrda tug‘ilgan 
Iso (Iisus Xristos) Quddusga yaqin Viflemda tug‘ilgan 
Muhammad Makkada tug‘ilgan 
Ular buyuk dinlarning asoschilaridir 
Demak, buyuk dinlarning asoschilari SHarqdan chiqqanlar. 
Keltirilgan misolda biz e’tiborimizni qaratishimiz zarur bo‘lgan muhim bir tomon bor. 
U ham bo‘lsa, faqat xulosaning sub’ektigina (Buyuk dinlar asoschilari) emas, balki 
predikatining (SHarqdan chiqqan) ham asoslardagi predikatlar (Xorazm, Hindiston, 
Misr, Quddus, Makkalarda tug‘ilganligi) sinfidan tashkil topganligidadir. YA’ni, xulosa 
- R, asoslardagi R1, R2,..., Rn turlaridan, modifikatsiyalaridan tashkil topgan. 
Boshqacha aytganda, unda asoslar sub’ektlari - xulosa sub’ektida, asoslar predikatlari - 
xulosa predikatida sinflarga birlashtirilgan va mantiqan umumlashtirilib, umumiy hukm 
shaklidagi xulosa hosil qilingan. 


To‘liq induksiyaga xos bo‘lgan yana bir xususiyatni ko‘rsatish mumkin. Bu uning 
asoslarda va xulosada ko‘rsatilgan predmetlardan boshqa predmetlar haqida bilim 
bermasligidan iborat. 
Nihoyat, to‘liq induksiyaning xulosasining aniq va chin bo‘lishi bilan deduktiv xulosa 
chiqarishga o‘xshab ketishini qayd etish zarur. 
Buni to‘liq induksiyani sillogizm III – figurasi bilan solishtirish, ularning o‘xshash 
tomonlarini ajratish yo‘li bilan ko‘rib chiqish mumkin. Birinchidan, ularning ikkalasi 
ham aniq xulosalar beradi. Bunga asosiy sabab shuki, sinfga mansub barcha predmetlar 
birma-bir o‘rganilib chiqiladi. Ikkinchidan, ularning xulosasida predikat ifoda qiluvchi 
fikr (belgi haqidagi fikr) mantiqiy turdan mantiqiy jinsga (mantiqiy sinfga) ko‘chiriladi. 
Sillogizm III – figurasida xulosa juz’iy hukmlar tarzida kelib chiqadi, lekin asoslarda 
ko‘rsatilgan predmetlarga qaraganda ko‘proq bo‘lgan predmetlar sinfi haqida fikr 
bildiriladi, ya’ni predikat (belgi haqidagi ma’lumot) turdan jinsga ko‘chiriladi. Masalan: 
Kitoblar – ma’naviy boylik 
Kitoblar - aqliy mehnat natijalari 
Demak, aqliy mehnat natijalarining ba’zilari ma’naviy boylikdir. 
Bunda «ma’naviy boylik» bo‘lish belgisi (R) «kitoblar»dan «aqliy mehnat natijalari» 
ga ko‘chiriladi. Kitoblar – ma’naviy boylik, aqliy mehnat natijalari. Ma’naviy boylik 
esa, aqliy mehnat natijalarining bir turidir. 
To‘liq induksiya bilan sillogizm III-figurasining bir-biridan farq qiladigan tomonlari 
bor, albatta. Xususan, sillogizm III-figurasining xulosasi - juz’iy hukm, to‘liq 
induksiyasining xulosasi - umumiy hukmdan iborat. Lekin bu to‘liq induksiya 
xulosasining aniq, qat’iy bo‘lishga shuhba tug‘dirmaydi. Bu erda biz uchun eng muhimi 
shudir. 
To‘liq induksiya tahliliga yakun yasab, uning xulosasining aniq, qat’iy bo‘lishini, 
predmetlarning kichik sinfi haqida empirik materiallarni umumlashtirish yo‘li bilan 
xulosaviy bilim olishning samarali vositasi ekanligini alohida qayd etsa bo‘ladi. 
Ob’ektiv olamdagi predmet va hodisalarning katta sinflarini, ularning amalda cheksiz 
bo‘lgan xossalarini tajriba va kuzatishda to‘laligicha qamrab olib bo‘lmaydi. Ana 
shuning uchun ham to‘liq induksiyaning bilish jarayonidagi imkoniyatlari o‘z 
chegarasiga ega, deb hisoblanadi. 
To‘liqsiz induksiya shunday ehtimoliy xulosa chiqarish turiki, unda birorta belgining 
bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki 
xos emasligini) aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinfga mansub barcha 
predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi. 
To‘liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to‘liq induksiyadagidek, juz’iylikdan 
(yakkalikdan) umumiylikka, kamroq umumiylashgan bilimdan ko‘proq umumiylshgan 
bilimga qarab harakat qiladi. Lekin unda, to‘liq induksiyadan farqli o‘laroq, xulosa 
kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o‘rganilmagan predmetlarga ham tegishli 
bo‘ladi. To‘liqsiz induksiyaning evristik mohiyati aynan ana shundadir. 
To‘liqsiz induksiyada fikrmiz quyidagi sxemada quriladi. 
S1 predmeti P belgiga ega 
S2 predmeti P belgiga ega 
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
Sn predmeti P belgiga ega 
S1, S2,..., Sn predmetlari C sinfiga tegishli 
Ehtimol, S sinfining har bir predmeti R belgiga egadir. 
Bu sxemani simvolik ko‘rinishda quyidagicha yozish mumkin. 
R (x1) 
R (x2) 
... ... ... 
R (xn) 


x1, x2,..., xn... 



x ((x

S)

R (x)) 
Xulosa yuqoridagidek o‘qiladi, ya’ni «Ehtimol, S sinfining har bir predmeti R belgiga 
ega bo‘lsa kerak» 
Masalan: 
2 soni 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi 
4 soni 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi 
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
n soni 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi 
2, 4,..., n... sonlari juft sonlardir 
Ehtimol, juft sonlarning barchasi 2 ga qoldiqsiz bo‘linsa kerak. 
To‘liqsiz induksiyada xulosaviy bilimning empirik asosi to‘liq aniqlanmaydi, ana 
shuning uchun ham undagi amalga oshirilgan umumlashtirish to‘liqsiz bo‘ladi. 
Xususan, unda berilgan mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasi emas, faqat S 
dan Sn gacha bo‘lgan qismigina o‘rganiladi, xolos. Ana shu o‘rganilgan predmetlarga 
birorta P belgining xosligi (xos emasligi) kuzatilsa, uning o‘rganilayotgan sinfga 
mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida ehtimoliy tarzdagi xulosa 
chiqariladi. Bu xulosa ixtiyoriy ravishda hosil qilinmaydi va tasodifiy xarakterga ega 
emas, albatta. Juz’iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka o‘tish, ya’ni sinfga tegishli 
ayrim predmetlar haqidagi bilimdan sinfga tegishli barcha predmetlar haqidagi bilimga 
o‘tish mantiqan asoslangandir. 
Predmetlar sinfining bir qismidan ikkinchisiga ko‘chirilayotgan belgining zaruriyligi, 
umumiyligi uning tajribada muayyan holatlar mavjud bo‘lganda bir jinsli faktlarda 
takrorlanib turishining turg‘unligida o‘z ifodasini topadi, ya’ni u empirik asos 
yordamida tasdiqlanadi. 
Masalan, tabiatda gazning xaroratining o‘zgarishi uning hajmining o‘zgarishiga olib 
kelishi, jamiyatda iqtisod bilan siyosatning bog‘liqligi, bilishda fakt va qonunning 
o‘zaro aloqasi zaruriy (muayyan sharoitda albatta vujudga keladi) va umumiy (muayyan 
sharoit paydo bo‘lgan barcha hollarda takrorlanadi) aloqalardan, borliqda amal 
qilayotgan qonuniyatlardan iborat. 
Zaruriy aloqalarning bir vaqtning o‘zida umumiy aloqalardan iborat bo‘lishi 
(predmetlarning birorta sinfi, to‘plamiga xos bo‘lishi), ularning esa, o‘z navbatida, 
yakka, ayrim predmetlarda namoyon bo‘lishi, ya’ni ularning xususiyatlari sifatida 
yuzaga chiqishi ilmiy bilish va amaliy muhokama yuritishda birorta mantiqiy sinf 
haqida unga mansub predmetlarning ayrimlarini o‘rganish asosida fikr bildirish 
mumkinligini anglatadi. 
Haqiqatan ham, kundalik turmushimizda biz ana shunday yo‘l tutamiz. Xususan, 
paxta, bug‘doy, sut, metall prokati, gazlama va shu kabi ommaviy ravishda ishlab 
chiqariladigan mahsulotlarning katta hajmining sifati haqida ulardan olingan kichkina 
namunalarni tekshirish natijalariga tayangan holda fikr bildiramiz. 
Bunda ko‘p hollarda hosil qilgan xulosaviy fikrlarimiz haqiqatdan yoki haqiqatga 
yaqin fikrdan iborat bo‘ladi. 
O‘z-o‘zidan ravshanki, bu yo‘l bilan olingan xulosalar hamma vaqt ham to‘g‘ri 
bo‘lavermaydi. Ba’zan chiqarilgan xulosalar xato ham bo‘lishi mumkin. Buni qo‘yidagi 
misol tasdiqlaydi. Qachonlardir kimyogarlar metallarning bir qanchasi ustida 
eksperimentlar o‘tkazishib, ularning qizdirilganda oltingugurt bilan birikishini 
kuzatishgan va shu asosda, «Barcha metallar qizdirilganda oltingugurt bilan birikadi», 
degan xulosaga kelishgan. Ularning muhokamasi quyidagi sxema tarzida kechgan. 
Mis qizdirilganda oltingugurt bilan birikadi 
Temir qizdirilganda oltigugurt bilan birikadi 
Alyuminiy qizddirilganda oltingugurt bilan birikadi 
Mis, temir, alyuminiy ..., metallar sinfiga kiruvchi 
ximiyaviy elementlar 


Ehtimol, barcha metallar qizdirilganda oltingugurt bilan biriksa kerak. 
Bu xulosaning xatoligi ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin oltin ustida eksperiment 
o‘tkazilganda ma’lum bo‘ladi: u qizdirilganda oltingugurt bilan birikmagan. 
Biz ko‘rib chiqqan hol birorta belgining ayrim predmetlarda takrorlanishiga asoslanib, 
u belgini mazkur predmetlar mansub bo‘lgan sinfga to‘laligicha induktiv yo‘l bilan 
ko‘chirish, ya’ni uni berilgan sinf predmetlarining barchasiga xos umumiy belgi, deb 
hisoblash mantiqiy zaruriyatdan iborat bo‘lishga da’vo qila olmaydi, degan fikrga olib 
keladi. CHunki belgining bir qancha predmetlarda takrorlanishi oddiy bir moslikdan 
iborat bo‘lishi, ya’ni tasodifiy xarakterga ega bo‘lishi ham mumkin. 
Demak, to‘liqsiz induksiya bo‘yicha xulosa chiqarishga xos xususiyatlardan biri 
asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishning kuchsiz bo‘lishidir. 
To‘liqsiz induksiya uchun xarakterli bo‘lgan bu kamchilikni «tuzatish» uchun bir 
qancha metodologik talabalarga rioya qilish zarur. Bu ma’lum bir darajada xulosaning 
chin bo‘lishi ehtimolining ortishiga imkoniyat yaratadi. Ular quyidagilardan iborat: 
Ekstensiv metoddan foydalanish, ya’ni o‘rganilayotgan predmetlar sonini oshirish. Bu 
bir oz bo‘lsa ham xulosaning chin bo‘lishi ehtimolini orttiradi. Lekin bu erda bir narsani 
hisobga olish zarur. Tajriba tugal bo‘lmagan, ya’ni sinfning barcha predmetlari emas, 
faqat bir nechtasi o‘rganiladigan bir sharoitda keyingi o‘tkaziladigan tajribalardan birida 
avvalgi tajribalar natijalariga zid bo‘lgan holni kuzatish ehtimoldan xoli emas. Bunda 
o‘rganilayotgan hodislar sonini ko‘paytirish yo‘li bilan ko‘zlangan maqsadga erishishga 
urinish kam samara beradi. Tajribani tugal qilishga erishib bo‘lmaydi, chunki bilish 
ob’ekti ko‘p hollarda ochiq sistemadan – hodisalar va holatlar soni amalda cheksiz 
bo‘lgan ob’ektdan iborat bo‘ladi. 
Tajriba natijalarining sifat jihatidan xilma xil bo‘lishiga erishish, ya’ni bir xil sharoitda 
takrorlanadigan belgilarnigini emas, balki turli xil sohalar, holatlarda takrorlanadigan 
o‘xshash belgilarni ham qayd etish muhimdir. 
SHuningdek, tajriba natijalarining kuchli bo‘lishi, «bexosdan» aniqlanishi omillari 
ham muhim ahamiyatga ega. 
Keyingi ikkita metodologik talab to‘liqsiz induksiyada empirik materiallarni tanlab 
olishni taqoza etadi. 
Dastlabki empirik materiallarni-kuzatish va tajriba natijalarini tanlab olish usuliga 
ko‘ra to‘liqsiz induksiyaning ikkita turi: sanash orqali to‘liqsiz induksiya (enumerativ 
induksiya) va istisno qilish orqali to‘liqsiz induksiya (eliminativ induksiya) ajratilishi 
mumkin. 
Sanash orqali to‘liqsiz induksiya yoki ommabop induksiya (enumerativ induksiya) 
induktiv yo‘l bilan umumlashtirishning shunday turiki, unda bir sinfga mansub 
predmetlarning bir qanchasida birorta belgining takrorlanishini kuzatish asosida, uning 
shu sinfga kiruvchi barcha predmetlarga xosligi haqida ehtiomoliy tarzdagi xulosa 
chiqariladi. 
Sanash orqali to‘liqsiz induksiyaning ob’ektiv asosini insonlarning ko‘p yillik hayotiy 
faoliyati, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan turmush tajribalari natijalari tashkil etadi. 
Masalan, yoz juda issiq kelganda, qishda qattiq sovuq bo‘lishi mumkinligi, 
qaldirg‘ochlarning uchib ketayotgani havoning soviy boshlaganini bildirishi va shu kabi 
xulosalar insonlarning obi-havoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasidan iborat. 
Kishilarning kundalik hayotiy tajribasiga asoslangani, sog‘lom aql yuritishga xos 
xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa chiqarishning bu usulini 
ommabop induksiya deb atashadi. 
Ommabop induksiyaning muhim xislatlaridan biri kuzatilayotgan hollarga zid bo‘lgan 
holning yo‘qligiga ishonch hosil qilishdir. YA’ni, bunda birorta belgining berilgan sinf 
predmetlarining bir nechtasida takrorlanishini qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga 
zid bo‘lgan holning yo‘qligi ham aniqlanadi. Bu, odatda ommabop induksiya asosida 
qat’iy xulosaga kelishdan oldin «SHoshmay tur-chi, qani, yana bir tekshirib ko‘raylik!», 
degan fikrga suyanib ish qilishga undaydi, «Etti o‘lchab, bir kesish»ga chaqiradi. Ana 


shuning uchun ham ommabop induksiyani halq donishmandligining namoyon bo‘lishi 
turlaridan biri, deb aytish mumkin. 
Ommabop induksiya asoslanadigan belgilarning takrorlanishi xaqiqatan ham ko‘p 
hollarda, induktiv xulosa chiqarishning boshqa turlarida bo‘lgani singari, hodisalarning 
umumiy hususiyatlarini aks ettiradi. Ana shuning uchun ham bu usul bilan olingan 
xulosaning chin bo‘lishi ehtimoli nisbatan yuqoriroq hisoblanadi va unga tayanib 
kishilar o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydilar. 
Ommabop 
induksiyaning 
eng 
oddiy 
umulashmalarisiz 
dexqonchilik, 
halq 
hunarmandchiligi, oddiy ho‘jalik ishlarini va shu kabilarini amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Masalan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi o‘zMU kutubxonasidagi kitoblarning qanday 
ahvolda ekanligini bilish uchun (xulosaviy bilim hosil qilish uchun), undagi 
kitoblarning bir qismini-turli qavatlardagi, turli bo‘limlardagi, turli jovonlardagi 
kitoblardan bir qanchasini olib tekshirib ko‘rish kifoya. Xuddi shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar oldidan okruglardagi deputatlikka nomzodlar, 
siyosiy partiyalarning mavqealari xaqida saylovchilarning bir qismining fikrini bilish 
(masalan, so‘roq o‘tkazish yo‘li bilan) asosida muayyan xulosalarga kelish mumkin. Bu 
misollarda muhokama ommabop induksiya sxemasi bo‘yicha qurilgan. 
Kundalik hayotiy tajriba, sog‘lom aql ilmiy bilishning boshlang‘ich asosi sifatida 
uning qo‘yadigan dastlabki qadamlarini, harakat yo‘nalishlarini aniqlashga yordam 
beradi. Xususan, fan o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichida empirik tadqiqotlar 
o‘tkazadi: ob’ekt ustida o‘tkazayotgan tajriba, kuzatish davomida to‘plangan faktlarni 
tasvirlaydi, klassifikatsiya qiladi, takrorlanib turuvchi xususiyatlarni aniqlaydi, induktiv 
umumlashmalar shaklidagi empirik qonuniyatlarni shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida 
o‘rganilayotgan ob’ekt xaqida turli xil gipotezalar qurishga, hodisalarni oldindan 
ko‘rishga, ilmiy bashoratlar qilishga yordam beradi. 
SHuni aytish kerakki, ommabop induksiyaning xulosasi bilish sub’ekti uchun qulay 
faktlarni sanab ko‘rsatishga asoslanganligi bois, ehtimoliy, taxminiy fikr bo‘lishdan 
yuqoriga o‘ta olmaydi. U qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazishni, mavjud holatlar va 
hollarda predmet tabiatining o‘zgarishini aniqlashtirishni taqozo etadi. CHunki qulay 
hollarni, faktlarni sanab ko‘rsatish dastlabi induktiv umumlashmalar hosil qilishning 
zaruriy sharti bo‘lsa-da, o‘z holicha etarli emas. 
Xususan, birorta belgining bir turkum predmetlarda takrorlanishi voqeaning kechishi 
bilan bog‘liq tasodifiy holat ham bo‘lishi mumkin. Albatta, zaruriyat bilan 
bog‘lanmangan, uni u yoki bu darajada ifoda qilmaydigan tasodif yo‘q. Masalan, tajriba 
olib borilayotgan itga yonida turgan lampochka yongandan keyin ovqat berish bir necha 
marta takrorlansa, bu itda shartli refleks hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunda lampochka 
bilan ovqat berish o‘rtasidagi aloqa o‘z holicha tasodifiy deb olib qaralishi mumkin. 
Lekin u itda shartli refleksning hosil bo‘lishi bilan bir sistemada olinganda zaruriyatni 
ifoda etadigan takrorlanib turuvchi hodisaga aylanadi. 
Bu hodisa, va, umuman, bir jinsli predmetlarda takrorlanib turuvchi barcha hodisalar, 
insonning bilishi jarayonida aql yordamida talqin qilinadi, «qayta ishlanadi» hamda «Bu 
takrorlanish zaruriyat, qonuniyatning ifodasi bo‘lishi mumkin», degan taxminning 
yaratilishiga olib keladi. Umumiy holda ifodalangan bu taxmin bilishning keyingi 
bosqichida to‘liqsiz induksiya hosil qiluvchi umumlashmaning asosli bo‘lishini 
ta’minlaydigan miqdoriy va sifatiy omillarning o‘zaro ta’sirining kuchayishiga, va, 
demak, xulosaning ishonchlilik darajasining ortishiga olib keladi. Bunda sifatiy omil 
belgi takrorlanib turuvchi hodisalar mavjud bo‘lgan sharoitning o‘zgarib turishini 
taqoza etadi. O‘zgarib turgan sharoitlarda hodisa belgisining takrorlanishi uning zaruriy 
xarakterga ega ekanligi haqidagi ishonchni orttiradi. Ana shunday sifatiy omil amal 
qilgan sharoitda miqdoriy omil ham-bir tipdagi hollarning ko‘p bo‘lishi (ular qancha 
ko‘p bo‘lsa, umumlashtirishi ehtimoli va natijasi shuncha yaxshi bo‘ladi) holati ham 
mavjud bo‘lsa, xulosaning chin bo‘lishi ehtimoli ortadi. 
YUqoridagi saylov haqidagi misolga qaytadigan bo‘lsak, so‘roq natijalarining chin 
bo‘lish ehtimoli sifatiy (respondentlar tasodifan emas, balki aholining qaysi qatlamiga 


mansubligi, yoshi, jinsi va shu kabilar hisobga olingan holda ajratib olinsa) va miqdoriy 
(sifatiy holat bilan bog‘liq ravishda respondentlar soni ko‘p bo‘lsa) ko‘rsatgichlar 
hisobga olingan holda ortadi, degan xulosaga kelish mumkin. «Kuzatish sharoitning 
turli-tuman bo‘lishi» (belgi takrorlanib turuvchi hodisalar sharoitining o‘zgarib turishi) 
tushunchasi kuzatish ob’ektining xarakteriga qarab turli xil narsalarni: fazodagi, 
vaqtdagi, funksiyasidagi va ularning aralashgan holatidagi xilma-xillikni ifoda etishi 
mumkin. Turli xil variantlarni hisobga olmaslik ko‘pincha ommabop induksiya 
xulosasining xato bo‘lishiga olib keladi: masalan, utopik sotsialist Robert Ouenning u 
kishilarning sotsial guruhlarning ehtiyojlari, ularning yashash sharoitlari, faoliyat 
turlarining xususiyatlarini va boshqa qator ijtimoiy omillarni hisobga olmagani uchun 
uning Nyu-Lanark koloniyasida o‘tkazgan sotsial eksperimenti, kuzatishlari natijalarini 
umumlashtirish asosida hosil qilgan jamiyatni sotsialistik asosda qayta qurish haqidagi 
xulosasi hato bo‘lgan. 
Ommabop induksiya bo‘yicha xato xulosa kuzatilayotgan hollarga zid bo‘lgan holni 
hisobga olmaslik natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Bu ko‘p uchragan faktlarni 
tahlil qilishga berilib ketib, boshqa holatlarning mavjud bo‘lishini unutgan hollarda tez-
tez uchrab turadi. 
SHuningdek, ommabop induksiya zid holatlar xaqidagi faktlarni qasddan yashirgan 
yoki faktlarni avvaldan o‘ylab topib qo‘ygan xulosa uchun to‘plagan hollarda xato 
natijalarni beradi. 
Turli xil g‘aroyib narsalarga ishonish oqibatida hosil qilinadigan induktiv 
umumlashmalar, masalan «ko‘z tegish», «yo‘lni mushuk kesib o‘tsa, ishning 
yurishmasligi», «tushda go‘sht ko‘rinsa, yaqin kishilardan birinig kasal bo‘lib 
qolganligi» haqidagi xulosalar ham ko‘pincha xaqiqatga mos kelmaydi. 
SHunday qilib, ommabop induksiya bo‘yicha olinadigan xulosa ehtimoliy xarakterga 
ega bo‘ladi. Uning chinlik darajasini oshirish uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qator 
metodologik talablarga rioya etish zarur, ana shundagina u to‘g‘ri muxokama 
yuritishning samarali vositasiga aylanadi. 
Ilmiy induksiya ehtimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning asoslarida 
birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida takrorlanishi qayd 
etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy aloqasi xaqida ham ma’lumot 
mujassamlashgan bo‘ladi va ular xulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan hosil 
qilingan fikrda o‘z aksini topadi. 
Ommabop induksiyadan farqli ularoq, ilmiy induksiyada bir sinfga mansub 
predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib qolmasdan, balki u haqida 
to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish, uning mavjud bo‘lishi sababini aniqlash uchun 
predmetning boshqa belgilari bilan bo‘lgan aloqalari, xususan, sababiy bog‘lanishlari 
o‘rganiladi. Ana shuning uchun ham, ya’ni hodisalarning sababini aniqlashga, ularni 
ifoda etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham to‘liqsiz induksiyaning bu 
turini ilmiy induksiya deb atashadi. 
Ma’lumki, ilmiy bilish, fanning bosh maqsadi o‘rganilayotgan ob’ektni 
xarakterlaydigan qonunlarni ochish orqali uning (ob’ektning) tabiatini, mohiyatini 
tushuntirishidan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, hodisaning (yoki uning belgisining) 
mavjud bo‘lish sababini aniqlashni taqozo etadi. 
SHuni aytish kerakki, sababiy aloqadorlik hodisalar o‘rtasidagi umumiy 
bog‘lanishlarning boshqa turlari (masalan, strukturaviy, funksional, genetik 
bog‘lanishlar) kabi hodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun ham sababiy 
aloqadorlikni o‘rganish hodisalarning mohiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan 
ko‘rish, yangiliklar yaratish imkonini beradi. 
Sababiy aloqadorlikni aniqlash ancha murakkab ish, chunki u borliqda yuqorida qayd 
etib o‘tilgan hodisalar o‘rtasidagi umumiy aloqadorlikning boshqa turlari bilan 
birgalikda mavjud. Uni ilmiy bilishda «toza» holda ajratishga hamma vaqt ham 
osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Buning uchun sababiy aloqadorlikning tabiatini, 
xususiyatlarini yaxshi bilish kerak. 


Sababiyat (kauzallik) ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqa bo‘lib, muayyan sharoitda 
ulardan biri (sabab hodisa) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi. Uning muhim 
xususiyatlari quyidagilar: 1) aloqaning umumiyligi; 2) vaqtdagi izchilligi, birin-
ketinligi; 3) aloqaning zaruriy xarakteri; 4) sabab va oqibatning bir ma’noli 
bog‘lanishda bo‘lishi. 
1. Sababiy aloqalarning umumiyligi deganda, olamda hech bir hodisaning sababsiz 
mavjud bo‘la olmasligi tushuniladi. U har qanday hodisaning o‘z holicha, boshqa 
hodisalardan mustaqil holda vujudga kela olmasligini, boshqa hodisalar bilan bevosita 
yoki bilvosita bog‘lanib ketganini, turli xil hodisalar ta’sirida paydo bo‘lishi, o‘zgarishi, 
yo‘q bo‘lishi hamda, o‘z navbatida, boshqa hodisalarga ta’sir o‘tkazishini bildiradi. 
Borliqdagi har bir hodisa o‘z sababiga ega bo‘lib, uni ertami yoki kechmi bilib olish 
mumkin. 
Turli xil aloqalar, mavjud holatlar orasida noma’lum bo‘lib qolayotgan sabab hodisani 
topish uchun boshqa omillar, xususan, sababiy aloqada bo‘lgan hodisalarning vaqtdagi 
ketma-ketligi, izchilligi hisobga olinishi zarur. 
2. Sababiy aloqadorlikda bo‘lgan hodisalarning vaqtdagi birin-ketinligi deganda, sabab 
hodisaning oqibat (natija) hodisadan doimo oldin kelishi nazarda tutiladi. Sabab hodisa 
bilan oqibat hodisaning ro‘y berishi orasida turli muddat o‘tishi mumkin. Ba’zan oqibat 
(natija) sabab hodisadan bir zumdan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qning 
otilishi bilan u tekkan ob’ektning zararlanishi o‘rtasida o‘tadigan vaqt juda qisqa, 
organizmga tushgan mikrob bilan u qo‘zg‘aydigan kasallikning vujudga kelishi 
o‘rtasida o‘tadigan vaqt uzoqroq (bir qancha daqiqa, soat, kun) bo‘ladi. Sababiy 
aloqadorlik ijtimoiy hayotda (masalan, kishilarning huquqiy ongi bilan uni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan hatti-harakatlar), geologiyada (masalan, ma’lum bir 
jarayonlar ta’sirida tog‘larning paydo bo‘lishi) va boshqa shu kabi sohalarda ancha ko‘p 
vaqt davomida amalga oshadi. 
Sabab hodisa oqibat hodisadan avval keladigan bo‘lgani uchun, u bilishda doimo 
oqibatdan oldin keladigan hodisalar orasidan qidiriladi. Bunda oqibat bilan bir vaqtda 
yoki undan keyin keladigan hodisalar istisno (eliminatsiya) qilinadi, ya’ni chiqarib 
tashlanadi. 
Sabab va oqibatning vaqtdagi izchilligi, birin ketinligi hodisalar o‘rtasidagi sababiy 
aloqadorlikni aniqlashning zaruriy sharti, lekin o‘z holicha ko‘zlangan maqsadga 
erishish uchun etarli emas. Oldinma-ketin kelgan hodisalrning hammasi ham sababiy 
aloqadorlikda bo‘lavermaydi. Bu holat hisobga olinmasa «undan keyin, demak, shu 
sababga ko‘ra» deb ataladigan xato (lotincha post noc, ergo propter noc) ro‘y beradi. 
Masalan, chaqmoq chaqish hodisasi momaqaldiriqdan avval keladi. Avval kishilar 
chaqmoq chaqishni momaqaldiroqning sababi deb tushunganlar, vaholanki xaqiqatda 
bunday emas. Momaqaldiroqning chaqmoqdan keyin kelishiga sabab tovush tezligining 
yorug‘lik tezligidan kamroq bo‘lishidir. Aslida esa ular bir vaqtda vujudga keladi. 
Xuddi shu singari, jinoyat sodir bo‘lishidan avval u sodir etilgan joyda bo‘lgan 
kishilarning hammasi ham jinoyatchi bo‘lavermaydi. 
3. Sababiy aloqadorlikning zaruriyligi oqibatning faqat uni vujudga keltiradigan 
sababning mavjud bo‘lganidagina paydo bo‘lishini anglatadi. Sabab hodisaning yo‘qligi 
oqibat hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi. Ana shuning uchun ham sababiy 
aloqadorlikni aniqlashda oqibatdan avval keladigan hodisalardan oqibat hodisani 
keltirib chiqarmaydiganlari olib tashlanadi, ya’ni eliminatsiya qilinadi. 
4. Sababiyatning bir ma’noli aloqadirlik ekanligi muayyan sababning o‘ziga muvofiq 
keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqarishini ifoda etadi. Buni sabab va oqibat 
o‘rtasidagi aloqadorlikdagi simmetriyaning mavjudligi, ya’ni sabab hodisaning 
o‘zgarishining oqibat hodisaning o‘zgarishiga olib kelishini tasdiqlaydi. Sababiyatning 
bu xususiyati uni aniqlash jarayonida faqat o‘zaro birgalikda o‘zgaruvchi hodisalarni 
olib qolib, qolganlarini chiqarib yuborishga undaydi. 
Sababiy aloqadorlikning biz ko‘rib chiqqan xususiyatlarini hisobga olish uni 
aniqlashni osonlashtiradi. 


Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab hodisa turli xil 
sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqarishi (masalan, havoning namligining yuqori 
bo‘lishi turli xil kasalliklarning sababi bo‘lishi) yoki aksincha bir oqibat turli 
sharoitlarda har xil sabablar ta’sirida paydo bo‘lishi (badan haroratining ko‘tarilishi 
tumovning, buyrak kasalligining, ichak kasalligining va shu kabilarning oqibati bo‘lishi) 
mumkin. 
Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlash empirik tadqiqotlar natijalarini 
samarali tahlil qilishga imkon beruvchi prinsiplarni qo‘llashni taqazo etadi. Ular sababiy 
aloqadorlikda bo‘lgan hodisalarni ularning borliqdagi tabiiy mavjud bo‘lish sharoitidan 
«ajratib olib», maxsus bilish sharoitlarida o‘rganishga imkon beradi. Xususan: 
1. Oqibatdan avval kelgan hodisa murakkab strukturaga ega, u a, b, c, d, va hokazo 
holatlardan tashkil topgan deb hisoblanadi 
2. Mazkur holatlarning har biri mustaqil holda mavjud va boshqalari bilan o‘zaro 
ta’sirda bo‘lmaydi deb qaraladi. 
3. Qayd etilgan holatlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning tugal to‘plami 
deb olinadi. 
Bu prinsiplar bilan bir qatorda sababiy aloqadirlikni aniqlashning boshqa bir qancha 
metodlari ham mavjud. Ular mantiqda ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish