Tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil qilgan holda hamda yuridik shaxs tashkil qilmagan holda biznesni amalga oshirishlari mumkin.
Yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik bilan quyidagi shakllarda shug’ullanish mumkin:
yakka tartibdagi tadbirkorlik;
jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorligi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik -yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik Tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o’ziga tegishli bo’lgan yoki foydalanish huquqi asosidagi mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi shakllarida amalga oshirishlari mumkin.:
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
oddiy shirkat;
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo’jaligi
Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat ro’yxatidan utganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat a`zolari bo’lishlari mumkin. Yuridik shaxs tashkil qilgan holda korxonalarni tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritish shakllari keng qamrovli bo’lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
3. Turli mulk shaklidagi korxonalar.
Mulkchilik shakli bo’yicha: jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan (xususiy korxonalar);
jamoa mulki negizidagi hamkorlikka asoslangan (xo’jalik shirkatlari, mas`uliyati cheklangan va qo’shimcha mas`uliyatli jamiyat);
davlat mulkiga asoslangan;
mulkchilikning aralash shaklidagi (qo’shma korxonalar).
Band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni bo’yicha: mikrofirma;
kichik korxona.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo’yicha: xususiy korxona;
dehqon xo’jaligi;