4-mavzu. Internet tarmogʻi va uning tashkil etilishi Reja: Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari Internet va intranet



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#417939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Internet tarmogʻi va uning tashkil etilishi



4-mavzu. Internet tarmogʻi va uning tashkil etilishi 
Reja: 
1. Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari 
2. Internet va intranet 
3. Tarmoq topologiyasi 
4. Internet tarmogʻiga bogʻlanish 
5. Internet tarmogʻi va unda ishlash asoslari 
 
Tayanch soʻz va iboralar: 
Kompyuter tarmoqlari, lokal tarmoq, global tarmoq, topologiya, 
server, hub, svitch, Internet, intranet, Wi-fi, Dial-Up
1. Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. 
Kompyuter tarmoqlarining paydo boʻlish 
sabablaridan biri resurslardan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini 
kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning oʻzida bir xil ma’lumot va fayl 
nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. 
Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi 
qoʻshimcha mablagʻni asraydi. 
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda 
qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar oʻrtasida axborot 
almashish yengillashtiriladi. Bugungi kunga kelib, ayniqsa bank faoliyatida, tarmoq (koʻp 
foydalanuvchi) dastur mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda. Ular foydalanuvchilar soʻrovini 
mujassamlashtiradi, bir vaqtning oʻzida axborotdan foydalanish imkonini beradi. 
Uzatish kanallari orqali oʻzaro bogʻlangan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmogʻi 
deyiladi.
Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda 
axborot tarmogʻi resurslaridan jamoa boʻlib foydalanishni ta’minlaydi. 
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta hajmli disk, 
printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega 
boʻlish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan 
foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va 
qabul qilish jarayonini butunlay oʻzgartirib yubordi, xizmat koʻrsatishning eng keng tarkalgan 
tarmogʻi - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy 
vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli 
ҳimoyalangan xolda axborotdan jamoa boʻlib foydalanishni tashkil etish. shuningdek, 
foydalanuvchilar tarmoqlari oʻrtasida ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini 
tahminlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter 
tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi 
uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi. 
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni 
markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta ishlash 
borasida koʻpgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin: bank va boshqa 
moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi (“talab-taklif”); ijtimoiy 
tahminot tizimi; soliq xizmati; oraliq masofadan turib kompyuter ta’limi; avia chiptalarni zaxira 
qilib qoʻyish tizimi; uzoqdan turib tibbiy tashxislash; saylov tizimi. Koʻrsatilgan ushbu barcha 
qoʻshimcha ma’lumotlar toʻplanishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) notoʻgʻri 
ma’lumotlar boʻlishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalangan boʻlish kerak. Ilmiy, xizmat, 
ta’lim, ijtimoiy va madaniy hayot sohasidan global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam 
olish mashgʻulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli sohadagi kishilarning dam olishini 
tashkil etish quroliga aylandi. 
Tarmoqlarni turli me’yorlarga koʻra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 
1) oʻtkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: 


- past 100 Kbit/ s gacha; 
- oʻrta 0,5-10 Mbit/s gacha; 
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq. 
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik oʻlchoviga muvofiq: 

LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); 

CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, (binolar orasidagi kompyuter 
tarmoq); 

MAN (Metropolitan-Area Network) katta radiusga (bir necha oʻn km) axborot 
uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq; 

WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli, mintaqaviy, maxsus qurilma va 
dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq; 
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq; 
3) tarmoq tugunlari turi boʻyicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida 
elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, 
alohida tarmoq qam kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar 
(boshqachasiga ularni stantsiyalar deb qam yuritishadi) tugunlarga misol boʻla oladi. Unchalik katta 
boʻlmagan alohida tarmoqlar kampus tarmogʻi uchun tugun boʻladi. 
4) Funktsional munosabatiga koʻra: 
- bir xil darajali (peer-to-peer - odnorangovoye) tarmoqlar, uncha katta boʻlmagan, bir xil 
mavqega ega kompyuter tarmoqlaridir. Bu qar bir abonent tizimi bir xil koʻlamda resurslarni taqdim 
va qabul qilishi mumkin boʻlgan, axborot tizimining kontseptsiyasi. Bir xil darajali tarmoqda 
barcha kompyuterlar teng, ya’ni butun tarmoqni boshqarish uchun mas’ul kompyuter yoʻq. Barcha 
foydalanuvchilar kompyuteridagi qaysi ma’lumotlarni hamma uchun ochiq qilinishi mustaqil hal 
qiladi. 
-tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat 
koʻrsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi. Chekli sondagi foydalanuvchilarning qar biri oʻz 
serveriga “mijoz-server” sxemasi boʻyicha ulanadi. Axborotni qidirish xuddi serverda qidirilgan 
kabi u orqali tarmoqdagi boshqa serverlarda qam onlayn rejimda amalga oshirilishi mumkin; 
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning 
bosh elementi serverdir. qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, 
Novell NetWare, Microsoft LAN Manager va boshqalar). 
5) tarmoq operatsion tizimlarini ishlatish boʻyicha (tarmoq OS): 
• 
gomogenli - qamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion tizimlardan 
foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmogʻi); 
• 
geterogenli - bir vaqtning oʻzida bir nechta tarmoq operatsion tizimlari ishlatiladi 
(masalan, Novell NetWare va WINDOWS). 
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim 
boʻladi. 
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yoʻlini aniqlash jarayonidir.
Selektsiyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga 
uzatishni ta’minlaydi.
Mintaqaviy tarmoq — biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni 
oʻzida mujassamlashtirgan tarmoq.


Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda 
quvvatli serverlar mavjud boʻladi va bunday serverlar oʻrtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali 
yoki sun’iy yoʻldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish