Shinali topologiya
- eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan
foydalanish bilan bogʻliq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina boʻyicha har ikki tomonga
tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga
kelib tushadi, lekin kimga joʻnatilgan boʻlsa, faqat ushagina qabul qila oladi. Xizmat koʻrsatish
tartibi parallel.
Bu hol shinali topologiya bilan LHTning tezkor harakatini tahminlaydi. Tarmoqni
kuchaytirish va konfiguratsiyalash, shuningdek turli tizimlarga moslashtirish oson. shinali
topologiya tarmogʻi alohida uzellarning buzilish ehtimolligiga chidamli. Ushbu turdagi topologiya
tarmogʻi hozirgi kunda joriy etilgan. shuni tahkidlash lozimki, ularning koʻlami kichkina va bir
tarmoq doirasida turli xildagi kabeldan foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |