Reja: Kirish Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish asoslari bilan tanishish. Bank odob axloq kodeksi. Bank faoliyatida qo’llaniladigan
Reja: Kirish
1.Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish asoslari bilan tanishish.
2. Bank odob axloq kodeksi.
3.Bank faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibini o’rganish
4.Tijorat bankining chakana xizmatlar bo‘limi faoliyati bilan tanishish
5.Tijorat banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish
Xulosa
Kirish Men Abdurazzokov Tohir tanishuv amaliyoti jarayonida 20.12.2019 dan 04.01.2020 gacha O’zbekiston respublikasi Samarqand viloyati Paxtachi tumani ATB Agrobank hududiy filialida o’tkazdim. Dastlab bank tarixi, rivojlanishi va ish yuritishini o’rgandim. Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. «Agrobank» ATB jismoniy shaxslarga bir qator bank xizmatlarini taklif etadi. Bugungi kunda bank 250 mingdan ortiq yuridik va 3.7 mln.dan oshiq jismoniy shaxslarga sifatli bank xizmati ko‘rsatib kelmoqda. Bank o‘z resurslarini safarbar qilish, omonatlar va depozitlarning yangi jozibador turlarini taklif etish yo‘li bilan aholi va korxonalar mablag’larini jalb qilib, investitsiya loyihalarini amalga oshiradi. Qo‘yilgan mablag’lar o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bank kredit xizmatlarini, to‘lov kartalari va dunyo bo‘ylab faoliyat ko‘rsatuvchi pul o‘tkazmalari xizmatini taklif etadi.
Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Bank tizimi barqarorligining asosiy mezonlaridan biri, bu banklarning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi, ya’ni ularning kapitallashuv darajasining yuqoriligi hisoblanadi. Tijorat banklari kapitalining yuqoriligi milliy iqtisodiyotning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabini yanada kengroq qondirish hamda aholi va kreditorlar oldidagi majburiyatlarini kengroq himoyalash himkonini beradi.
Agrobank o‘z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan bo‘lib, mijozlarga o’zining 178 ta filiali, 248 ta minibanki, 102 ta mahsus kassalari, 233 ta halqaro pul o‘tkazmalari shohobchalari orqali hizmat ko‘rsatib kelmoqda. Boshqacha aytganda, bugungi kunda Agrobank tomonidan 256 mingdan ortiq yuridik hamda 2.4 millionga yaqin jismoniy shahslarga zamonaviy bank hizmatlari ko‘rsatilayapti. Respublikamiz bank sektorida Agrobank kapitali hajmi va filiallar tarmog‘i soni bo‘yicha ikkita hamda aktivlar miqdori bo‘yicha uchta eng yirik banklar qatoriga kiradi.
Shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bank faoliyati jahonning nufuzli xalqaro reyting agentliklari hisoblanmish “Moody's” hamda “Fitch Ratings” kompaniyalari tomonidan “barqaror” deb baholandi. Shuningdek, milliy reyting agentligi hisoblanmish “Ahbor-Reyting” tomonidan Agrobankning faoliyati natijalari milliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori “uzA+” “Barqaror” prognozi bilan baholandi.
O‘tgan hisobot yilida bank tomonidan agrar kompleksni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ushbu yo'nalishlarga 2 trln. 464 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilib, pirovardida 37 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Shuningdek , qishloq joylarda ishlab chiqarishni kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 760 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi
Aktivlar
4982 mlrd so'm
Majburiyatlar
3608 mlrd so'm
Kapital
1374 mlrd so'm
Kredit portfeli
3353 mlrd so'm
Depozitlar
1795 mlrd so'm
Daromadlar
1206 mlrd so'm
Aholi omonatlari
988 mlrd so'm
Mijozlar
2.6+ million
Har qanday bank tizimining barqarorligini, to‘lovga qobilligi va ishonchliligini ta’minlashda, bank aktivlarini o‘stirishda bank kapitali muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Faqatgina etarlicha miqdorda barqaror kapitalga ega tijorat banklari aktiv operastiyalarini erkin amalga oshirishlari, talab etilgan darajada likvidlikni doimo saqlagan holda samarali faoliyat yuritishlari hamda moliya bozorlariga erkin chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Tijorat banklari kapitali tarkibini oqilona shakllantirish va uning muvofiqligini ta’minlashga erishish iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarining samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.