3.Bank faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibini o’rganish AT Agrobank kunlik va oylik bugalteriya hisoboti hamda kreditlarni rasmiylashtirish
kitobi va bankning kunlik amaliyotlar hujjatlari mavjud
Ushbu bankda alohida bo`limlarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibiga e`tibor qaratadigan bo`lsak, bunga misol qilib jismoniy shaxslarga kredit berishni rasmiylashtirish tartibini ko`rib chiqsak bo`ladi.Xususan “AT Agrobank”da iste`mol krediti, avtokredit va mikroqarz uchun jismoniy shaxslardan talab qilinadigan hujjatlar quyidagilardan iboratdir: 1.Shaxsni tasdiqlovchi hujjat(pasport) 2.Asosiy va qo`shimcha ish joyidan oxirgi 12 oy uchun hamma ushlanmalar chegirilgan ish haqi to`g`risidagi ma`lumotnoma(STIR va ShJBP raqamlari ko`rsatilgan holda) 3.Kredit ta`minoti hujjatlari(agar garov ta`minoti talab qilinsa)
4.Tijorat bankining chakana xizmatlar bo‘limi faoliyati bilan tanishish “AT Agrobank” chakana bank xizmatlarini asosan aholiga ya’ni jismoniy shaxslarni shaxsiy extiyojini qondirish uchun turli xil ko‘rinishdagi turli chakana bank xizmatlarini ko‘rsatib keladi va uning ko‘lamini kengaytirib borishga xarakat qiladi hamda bank xizmatlar bozorida o‘z mavqeini egallashga asosiy e’tibor berib keladi.
Xususan; shunda xizmatlar biri imtiyozli kreditlar hisoblanadi. , AT Agrobank tomonidan aholi manfatlariga xizmat qilishi uchun turli xil kreditlarni beradilar, mamlakatimizda ijtimoiy turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladilar.
Yosh oilalarga imtiyozli shartlarda ipoteka va iste’mol kreditlari ajratilishi mumkin.
Chakana mijozlarni kreditlashda qarz oluvchi doimiy daromad manbayiga ega bo`lishi lozim.
Qarz oluvchining daromadlarini taxlil kilishda u bilan bir manzilda istikomat qiluvchi yaqin qarindoshlarining xam daromadlari taxlil qilinishi mumkin.
Shuningdek, ,, AT Agrobank tomonidan aholiga iste’mol kreditlarini berish ham muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
iste'mol kreditining ustunlik tomonlari:
Boshlang‘ich badal talab etilmaydi;
Qulay foiz stavkalari;
Qulay kredit muddatlari;
Hujjatlar ro‘yxatining kamligi;
Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorning 3 bank ish kuni ichida hal qilinishi;
Hech qanday cheklovlarsiz va jarimalarsiz kreditni muddatidan oldin to‘liq yoki qisman qaytarish;
Jismoniy shaxslarning plastik kartalari yordamida kredit so‘ndirilishi mumkin.
Qurilish mollari sotib olish va uy-joylarni ta'mirlash xizmatlari uchun to‘lovlarga ajratiladigan iste’mol kreditlari uchun kredit summasidan qat’i nazar garov ta’minoti talab etiladi.
Kredit miqdori qarz oluvchining moliyaviy holatidan kelib chiqib belgilanadi.
AT Agrobank ning asosiy kredit turlaridan biri bu Jismoniy shaxslar Overdraft kreditlaridir.
overdraft kreditlarini ustunlik tomonlari:
Istalgan tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;
Plastik kartadagi mablag'lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirish;
Foiz stavkalar va muddatlar bo'yicha qulay shartlar;
Tez rasmiylashtirish va xujjatlar bo'yicha minimal talablar;
Overdraft uchun foizlar butun ajratilgan limitga emas, faqat kredit doirasida ishlatilgan mablag'larga hisoblanadi.
Overdraft kreditlari AT Agrobank korporativ mijozlarining ishchi xodimlariga taqdim etiladi.
SHuning bilan birga, AT Agrobank tomonidan chakana bank xizmatlari tarkibi xisoblangan axborot texnologiyalar va informatsion dasturlarini xususan; Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlari – bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan(bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalaridir. Asosan kompyuter va telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo'lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o'rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma'lumotlarni saqlaydi (asosan to'lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko'chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o'rtasida modem orqali to'g'ridan-to'g'ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog'langan holda real vaqt davomida to'lovlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverda joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o'z ma'lumotlari (to'lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko'chirmalar)ni ko'rib chiqish imkoniyatiga ega.
Internet-banking xizmati orqali mijoz o'z ish joyida yoki boshqa o'ziga qulay sharoitda:
to'lovlarni o'tkazish;
to'lov o'tishi bosqichlarini kuzatish;
barcha hisobotlarni olish
kabi barcha amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o'z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib o'z hisob raqamiga tushayotgan pullarni ko'rishi, pul o'tkazmalarini tayyorlab bankga uzatishi mumkin bo'ladi.
Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko'rinishdagi ma'lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag'idan ma'lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so'rovni yuborish kerak.
O’zbekistonda hozirda plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi juda keng tarqalgan. Joylarda plastik kartochkalar egalariga kechayu kunduz xizmat ko'rsatishga imkon beruvchi axborot-ma'lumot terminallari tarmog'i ishlab turibdi, terminallar, bankomatlar va infokiosklarni ta'mirlash bo'yicha servis xizmatlari tashkil etilgan.
AT Agrobank tomonidan muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni 17ming tadan 2019 yilda 8245 ming taga o‘shgan. Shuningdek, bank axoliga chakana bank xizmatlarini yuqori sur’atlarda tashkil qilishning asosi bu bank kartalari muxim xisoblanadi,shuning uchun doimiy tarzda mazkur xolatni taxlil qilish va kelgusida bankda chakana xizmat turlarini tashkil qilish va kengaytirishni talab etadi.
AT Agrobank tomonidan o‘rnatilgan bankomat va infokioskalar sonining muomlaga chiqarilish xolati bo‘yicha shuni ko‘rish mumkin, xususan 2010 yilda 32 mingtadan 2018 yilga kelib 421 ming taga o‘sishi kuzatilgan.
Konversion kartalar - jismoniy shaxs rezidentlarga konversion bo'limlar orkali xalqaro to'lov kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda chet el valyutasini sotish va sotib olish uchun mo'ljanlangan plastik karta.
Bank xizmatlar bozori segmentlariga bo‘lgan talablarni kengayayotganligi, yangi xizmat turlarini rivojlanayotganligi banklar zimmasiga ham yangi jismoniy shaxslarga chakana bank hizmatlarini joriy etish jarayoni kuchayayotganligi bilan bevosita bog‘liq
AT Agrobankning Konversion kartaning qulayliligi.
Konversion karta orqali chet elda mexmonxona xizmatlari uchun, do'konlardan maxsulot sotib olish uchun, bankomatlar orqali nakd pul yechib olish amaliyotlarini hech qanday miqdor va joylashuv cheklovlarsiz oson va tez bajarishi
banklararo to'lov tizimi banklar o'rtasidagi milliy valyutada elektron to'lovlarni banklarning o’sha davlatning Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo'ljallangan.
Banklararo to'lov tizimining qoidalari O’zbekiston davlati Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
AT Agrobank Internet-banking – bu Sizga Internet orqali o’z bank hisob raqamingizni boshqarish imkonini beradi. Internet-banking texnologiyasi bilan to’laqonli ishlash uchun sizga Internet tarmog’iga ulangan kompyuter va Microsoft Internet Explorer brauzeri kerak bo’ladi.
"Internet-banking" tizimiga kirish uchun siz apparat kalitga ega bo’lishingiz lozim.
Ushbu dastur mobil telefon xamda internet texnologiyalari asosida yaratilgan bo’lib, bank xizmatlaridan mobil telefon orqali internet tizimiga ulangan xolda foydalanish imkoniyatini beradi.
AT Agrobank jismoniy shaxslarga dunyoning istalgan nuqtasiga pul mablag’ini xorijiy valyutada o’tkazishga imkon beradi.
B
ank «Western Union», «Contact», «Unistream», tizimlarining qatnashchisi hisoblanadi va shu tufayli biz o’z mijozlarimizga yaqin qarindoshlari va oshna-og’aynilariga pullarni tez va arzon narxda o’tkazib berishlariga yordam berishimiz mumkin.
Pul o’tkazmasini rasmiylashtirish bir necha daqiqa vaqt oladi xolos.
Milliy valyutadagi plastic kartochkalar esa albatta Altyn Asyr va yana hozirgi kunda yurtimizda yangilik sifatida qaralayotgan endigina kirib kelgan Goyum kart plastik kartalari ham mavjud.Altyn Asyr kartalari bo’yicha keng ko’lamda ishlar olib borilmoqa va hududlarda bankamatlar va terminallari bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.