Reja: Kirish Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish asoslari bilan tanishish. Bank odob axloq kodeksi. Bank faoliyatida qo’llaniladigan


Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish asoslari bilan tanishish



Download 2,67 Mb.
bet2/6
Sana22.02.2022
Hajmi2,67 Mb.
#104237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdurazzokov Tohir hisoboti. (3)

1. Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish asoslari bilan tanishish.
ATB Agrobank bank xizmatlari bozorida 1 январ 1988 йилда Агропромбанк УзССР номи остида республика бўйлаб 155 та филиаллар тизимига эга банк ЎзССР Давлат банкининг бошқармаси сифатида ташкил этилди. Bank 32 yil ichida davlatning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Agrobank mamlakatimizning barcha
hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 178 ta tuman (shahar) filiali, 248 ta minibanki, 102 ta maxsus kassasi, 231 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. 
Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Dehqon,fermerlar jumladan, kichik kompaniyalar, kichik biznes va fermer xo’jaliklari, mikrofirmalar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari O’zbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.
Qishloq xojaligini rivojlantirish va kengaytirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va fermerlar manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotgani Bank ishonchliligi va barqarorligi koʻrsatkichidir. Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonch tobora oʻshib borayotgani dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va Gollandiya banki (FMO) tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.
«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. 
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.

Bankning boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida ma’lumotlar


Bank o’z moliyaviy, ho’jalik faoliyati davomida quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi:

  • O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi;

  • "Uzdonmahsulot" aksiyadorlik jamiyati;

  • "Uzpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati'

  • "Uzkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati;

  • “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi;

  • “O’zagrosug’urta” aksiyadorlik jamiyati;

  • O’zbekiston matbuot va axborot agentligi;

  • “Ahbor-reyting” Reyting Agentligi;

  • O’zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi;

  • “Norma-hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati;

  • O’zbekiston tovar xom ashyo birjasi;

  • Investitsiya loyihalari hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirishda ko’maklashish fondi;

  • Qishloq xo’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi;

  • Yagona umumrespublika protsessing markazi

  • PAYME™; 

  • Click™;

  • O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat Targ’ibot markazi; 

Shuningdek, Agrobank axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida, bankning avtomatlashgan axborot tizimi NCI dasturiy kompleksini qo’llab-quvvatlash, yangi dasturiy ishlanmalarni joriy qilish,eletron hujjat aylanish tizimini (ISDocFlow) joriy qilish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Intellegence Solutions” MCHJ bilan, internet texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan “NETech” MCHJ bilan hamkorlik qiladi. Bankning veb resurslariga xizmat ko’rsatish bo’yicha UZINFOCOM markazi bilan, bankning elektron raqamli kalitlarini ro’yxatga olish bo’yicha UNICON tashkiloti bilan aloqalar o’rnatilgan.
Bundan tashqari bankning avtomatlashgan axborot tizimi bilan quyidagi tashkilotlarning: 

  • “Suv-Soz” DUKning;

  • “O'zbekenergo” AJ;

  • “O’ztransgaz" AK

avtomatlashgan tizimlari o’rtasida o’zaro axborot almashinish tizimi yo'lga qo’yilgan.
Chet el va xalqaro moliya tashkilotlari:

  • Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi;

  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki;

  • Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish jamgarmasi;

  • Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi;

  • Osiyo tinch okeani qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assosiasiyasi;

  • Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi;

  • Osiyo taraqqiyot banki;

  • Islom taraqqiyot banki;

  • Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki;

  • “Visa Inc”

Xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari bilan hamkorlik:

  • Zolotaya Korona;

  • Unistream

  • Lider

  • Caspian Money Transfer

  • CONTACT

Bankda nafaqat milliy valyutada balkim, АQSh dollarida ham omonatlar joriy qilingan. Аgarda 2012- 2017 yillarda bankning tarixiga nazar soladigan boʼlsak, aynan ‘’Agrobank ” TB da ushbu turdagi omonatlar hajmi juda katta boʼlgan. Buning asosiy sababi boʼlib, pul oʼtkazmalari orqali bankda toʼlovlarni toʼlashda naqd valyuta bilan bogʼliq boʼlgan muammolarni bartaraf qilish uchun juda yuqori boʼlgan foizlarda АQSh dollari omonatlar qabul qilingan. Bugungi kunda ham bank chakana xizmatlar koʼrsatish departamenti tomonidan doimiy izlanish va choralar koʼrish natijasida chet el valyutasidagi omonatlar ham oʼsib bormoqda.

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish