4-Mavzu Husnixatga o‘rgatish tamoyillari va usullari Reja


Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud



Download 27,36 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2022
Hajmi27,36 Kb.
#538585
1   2
Bog'liq
4-ma'ruza 2-kurs

Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud:
1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to‘g‘ri tutish, to‘g‘ri qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va h.
2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti va usti ilmoqli elementlar chizish.
3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish.
4. Harf birikmalarini, bo‘g‘inni yozish, harflarni to‘g‘ri qo‘shib yozish malakasini hosil qilish uchun so‘z yozish.
Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmadan bir tekisda, elementlarga ajratmay bog‘lab tez, bir maromda yozish, so‘zlarni qatorga to‘g‘ri joylashtirishdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, savod o‘rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko‘z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko‘chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o‘zicha sekin gapiradi: o‘qituvchi o‘quvchi yoniga o‘tirib, ruchkani to‘g‘ri ushlatadi va uning qo‘li bilan harfni yozishni ko‘rsatadi yoki o‘zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi.Savod o‘rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so‘zni yozishi mumkin.
Husnixatga o‘rgatish tamoyillari
1.Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o‘rgatishda, o‘quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish 
muhimdir. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda 
yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo‘yi va enini to‘g‘ri mo‘ljallay olish lozim. harflarni harflarga ulashda qo‘l uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka 
ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oralig‘idagi masofa 1,5- sm bo‘lishi e’tiborda 
tutiladi. Shuningdek, partada o‘tirish qoidalariga (ko‘z va daftar oralig‘ining 30 
sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bo‘lishiga, partada engashmasdanboshni to‘g‘ri tutib, tirsaklarni partaga yengil qo‘yish, oyoqlarni parta ostiga to‘g‘riqo‘yish, kerak qo‘l bilan parta oralig‘i masofasining bir kaft sig‘adigan masofada 
bo‘lishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi. 
2. Genetik tamoyil. Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetik 
tamoyil kata o‘rin tutadi. O‘quvchi bu tamoyilga asosan avval shakli oson, sodda 
harflarni yozdirishga o‘rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda ko‘rinishga ega 
bo‘lib, ularni yozishda qiyinchilik tug‘ilmaydi. Shuning uchun chiroyli yozuvga 
o‘rgatishda, dastawal bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, hamda shu guruhlash asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab, yozish birmuncha 
murakkabroq harflarga o‘tiladi. Masalan, kichik harflarning 1-guruhiga i, n, m, r kabilar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat bo‘lganligi sababli yozishda qiyinchilik bo‘lmaydi.Shuningdek, genetik tamoyil asosida harf, bo‘g‘in, so‘z, gap, matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv mashqlari o‘tkaziladi. 
3. Takrorlash tamoyili.Chiroyli yozuv mashqlarini sedan chiqmaslik uchun tizimli ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir.Chiroyli yozuvda gigienik qoidalarga amal qilish eslatib 
turilishi yaxshi natija beradi.Yozuv qiyaligiga amal qilish, harflarni qo‘1 uzmay 
yozish, harflar, so‘zlar orasidagi masofani to‘g‘ri chamalash va yozishga oid qoidalarga amal qilishni takrorlash,yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi.Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning samarasiz mashqqa aylanib qolmasligiga amal qilinadi. 
4. Ko‘rgazmalilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o‘rgatishda ko‘rgazmali 
vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazmali vositalarga «To‘g‘ri o‘tir!» 
plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, o‘quvchilar qo‘lidan 
ushlab yozdirish kabilar kiradi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga o‘rgatishda 
uning bosma shakli ko‘rsatilib farqli jihatlari izohlanadi.Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan foydalanilgan ko‘rgazmali qurollar dars sifati va samaradorligini oshiradi. 5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
O‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo‘yini hisobga olgan 
holda oldingi partalarga o‘tkazishdan boshlanadi. Parta o‘quvchiga mos bo‘lsa, u 
yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi. O‘quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilarni yorug‘ tushadigan deraza tomonga, eshitish a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolani esa oldingi partalarga o‘tkazish ham nazarda tutiladi. Malumki, ruchkani barmoqlar orasida noto‘g‘ri ushlaydigan o‘quvchilar ham 
uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlashiga ham alohida e’tibor qaratiladi. 
Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol o‘ynaydi. Buning uchun daftar parta ustida to‘g‘ri turishi lozim. shuning uchun o‘qituvchi har bir 
o‘quvchining daftarlarini kuzatib borishi darkor. Bu qoidaga amal qilish ham 
yozuv sifatini oshiradi.O‘quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish,yutuqlarini ko‘pchilikka namuna qilib ko‘rsatish ham bu tamoyilning asosiy shartlaridan sanaladi. 
6. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga 
oshirish tamoyili. Dastur talablari yozuvga o‘rgatishni o‘qishga o‘rgatish bilan bir 
paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o‘rgatishning dastlabki bosqichida 
o‘qish va yozuv bog‘lab olib boriladi. Bu usul K.D.Ushinskiy tomondan 
qo‘llangan bolib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O‘quvchi yaxshi o‘qish sifatlari (to‘g‘ri, ongli, tez va ifodali o‘qish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham o‘rgatilib boriladi. Negaki yozish va o‘qish bolaning nutqiy rivojlanishi (lug‘at boyligi, gap tuzish ko‘nikmasi, nutqning mantiqiy bog‘lanishi)ni ta’minlaydi. Yomon o‘qigan bola yozuvni egallashi qiyin bo‘ladi, chunki bo‘g‘inlab o‘qish malakasidan so‘ng, bo‘g‘inlab yozish malakasi shakllanadi. 
7. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili. Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchining imloviy savodxonligi haqida 
g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, kishilar bilan o‘zaro xatosiz muomala uchun g‘amxo‘rlik demakdir. Shu sababli ham savod o‘rgatish 
davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi. Malumki, savod o‘rgatish davrida o‘quvchi gapni bosh harf bilan yozish, o‘zning satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga ko‘chirish, kishilar ismi, sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda o‘rganadi. Chiroyli yozuv darslarida so‘zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi. 
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida 
savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi
Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta’minlaydi.
Buning uchun harflarning shaklini to‘g‘ri yozish, ularni to‘g‘ri ulashning ahamiyatikattadir. Harflarni bosmasdan bir tekisda yozish,elementlarni ajratmasdan bog‘lashso‘zlarni qatorda to‘gri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil 
ishlarining (bo‘gln-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik 
tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi. 
1-sinfda husnixat darslarining olib borilishi 1-sinfda xat-savod o‘rgatish davrida bolalar yozuvga bеvosita “Yozuv daftarlari”dagi matеriallar asosida o‘rgatiladi. 1-sinfda o‘quv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo‘lib, u bir nеcha davrlarga bo‘linadi va bir nеcha vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bolalar o‘qituvchining so‘zini tinglaydilar, ayrim matnlarni ko‘chirib yozadilar, so‘z va bo‘g‘inlarni tahlil qiladilar. O‘quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozuvga qiziqish va muhabbat uyg‘otish uchun, birinchi navbatda, o‘qituvchining o‘zi chiroyli yozishi lozim, bu sohada o‘quvchilarning taqlidchanligini unutmaslik lozim. “Boshlang‘ich ta'lim” dasturida yozuvga o‘rgatish o‘qish darsi bilan yozuv darsini chambarchas bog‘lashni maqsad qilib qo‘yadi. O‘quvchilar o‘qish darsida “Alifbе” kitobidagi tayyor bosma harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsalar ko‘rinmaydi. Har bir harf va uning unsurini o‘quvchilarning o‘zi namunaga qarab bajarishlari kеrak. Harf va uning unsurlari orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash hamda daftarga bir tеkis yozish endigina yozishga o‘rganayotgan o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o‘rgatish bir qator tushunchalarni bilishni talab etadi. Masalan, baland-past, bir xil, kеng-tor, uzoq-yaqin, yuqoriga, pastga, o‘ngga va hokazo. O‘qituvchi yozishga o‘rgatishdan oldin o‘quvchilar bilan yuqorida qayd etilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. Bu o‘quvchilarga harflarning shaklini, uning xaraktеrini yaxshi tushunishlariga yordam bеradi. Xulosa qilib aytganda, yozish malakasi o‘qishga qaraganda ancha murakkabdir. O‘qishning birincha haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari, asosan, og‘zaki nutqni o‘stirishga qaratiladi. Ammo butun bir soatlik dars davomida og‘zaki nutq bilan shug‘ullanish bolalarni zеriktirib qo‘yishi mumkin. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
1-sinf o‘quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to‘g‘ri olib borish uchun quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim: Partada to‘g‘ri o‘tirishga, ruchkani to‘g‘ri ushlashga, daftarning holatini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish. O‘quvchilarning husnixatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish. Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o‘stiruvchi mashqlarni bajartirish Qo‘l va barmoq muskullarining harakatini o‘stirish. Tayyorgarlik mashqlarini quyidagicha guruhlash mumkin: 1-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: o‘quvchilarni daftar chiziqlari bilan tanishtirish va nuqtalarni ko‘z bilan chamalashga o‘rgatish. 1-vazifa: o‘quvchilarni bir xil masofada nuqtalar qo‘yishga o‘rgatish. 2-vazifa: o‘quvchilarga “baravar masofa”, “yaqin”, “uzoq” kabi tushunchalarni bеrish. 3-vazifa: o‘quvchilarni daftarni qiya qilib qo‘yishga o‘rgatish. Bolalarga daftarni oldin tik, kеyin qiya qilib qo‘yish topshiriladi (daftarning pastki chap burchagi ko‘krak o‘rtasiga to‘g‘ri bo‘lishi lozim). 4-vazifa: o‘quvchilarning qalam ushlab chiqishlari tеkshiriladi. 2-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: chiziqlarning qiya shaklda yozilishini ko‘rsatish hamda chiziqlar orasidagi masofani to‘g‘ri topishga o‘rgatish. Vazifa: kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasiga qiya tayoqchalarni yozdirib mashq qildirish. 3-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: o‘quvchilarga “baland”, “past”, “yuqori” tushunchalarini anglatish. Vazifa: har xil balandlikdagi qiya tayoqchalarni yozdirish. 4-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: har xil shakl va qiyaliklarga ega bo‘lgan chiziq unsurlarini yozishga o‘rgatish. Vazifa: uzun tayoqcha unsurini bir nеcha bo‘laklarga bo‘lib, ular orasidagi masofani bir xilda saqlashga o‘rgatish. 5-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: o‘quvchilarga “kеng”, “tor” tushunchasini anglatish, tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi unsurni yozishga o‘rgatish. 1-vazifa: ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi unsurni har xil qalamda bajarish. 2-vazifa: o‘tkir burchak hosil qilib yozilgan unsur bilan ilmoqli kichik tayoqcha unsurlarini qiyos qilib ko‘rsatish. 6-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: ovalsimon shakl (cho‘zinchoq doira)ni yozishga o‘rgatish. Vazifa: oval shakli (cho‘zinchoq doira) bilan tanishtirish hamda uni aylana bilan qiyos qilib ko‘rsatish. 7-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: kichik harf unsurlarining qo‘shib yozilishini hamda ularning orasidagi masofani to‘g‘ri saqlashga o‘rgatish. Vazifa: tagi ilmoqli kichik tayoqcha unsurini mashq qildirish hamda ularni bir-biriga qo‘shib yozishga o‘rgatish. 8-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: “uzoqroq”, “kaltaroq” tushunchasini anglatish. Vazifa: ikki xil uzunlikdagi tayoqcha unsurlarini yozib ko‘rsatish. 9-guruh mashqlari. Darsning maqsadi: harf unsurlarini bir qatorga to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish. 1-vazifa: o‘quvchilarga bir qator oavlsimon shaklni chizib mashq qildirish. 2-vazifa: o‘quvchilarga rangli qalam bilan oval shakli ichiga har xil masofada tayoqchalar chizib chiqishni topshirish. O‘quvchilar “Alifbе”ga tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan bo‘lishlariga qaramay, o‘qituvchi navbatdagi darsni e'lon qilish bilan birga, yozuv qurollarini qayta tеkshirib chiqishi hamda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo‘yishi lozim: Barmoq va qo‘l muskullarining harakatini o‘stiruvchi gimnastika mashqlarini o‘tkazish. Doskada mashqni yozib ko‘rsatish va asosiy diqqatini qayеrga jalb etishni tushuntirish. “Yozuv daftari”dan foydalanish va yozishni qayеrdan boshlashni tushuntirish. Partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani to‘g‘ri ushlash, daftarni to‘g‘ri qo‘yish qoidalarini eslatib turish. Har bir qatorga nеchta harf yozishni tushuntirish, o‘quvchilarning yozuvini muntazam kuzatib borish. Ishning birinchi qismi tugagandan so‘ng (o‘qituvchining topshirig‘iga qarab), o‘quvchilarning yozuvini doskadagi namuna bilan solishtirib, yo‘l qo‘yilgan xatolarni topishga o‘rgatish. Topshiriqni qayta tushuntirish bilan o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni yo‘qotish. Jismoniy mashq daqiqalarini o‘tkazish. Ko‘z bilan daftar orasidagi masofani to‘g‘ri saqlashga o‘rgatish. Har bir mashqni bajarishda, uni tahlil qilish zarur bo‘lsa, qo‘shimcha ko‘rsatmalar bеrish. Alifbеgacha bo‘lgan davrdan boshlab harf va uning unsurlarini bir xil balandlikda, qiyalikda va qalinlikda yozishga, o‘quvchilarni asta-sеkin yozuv daftarlaridan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatiladi. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan, o‘quvchi daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi lozim. Alifbе davrida o‘quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so‘z tuzishga, so‘z va gaplarni yozishga hamda harflar ishtirokida so‘z va gaplarni o‘qishga hamda yozishga o‘rganadilar. Bu davrda o‘quvchilarga harf va uning unsurlari “Alifbе” kitobida ko‘rsatilgan tartibda o‘rgatiladi. Shuning uchun ham “Yozuv daftari”dagi mashqlarning joylanishi “Alifbе” kitobi asosida bеrilgan. Bu mashqlar harf, so‘z va gaplardan iborat. O‘qituvchi so‘zlarni yozdirishga boshlashdan oldin bu harflarning boshqa harflar bilan qo‘shilishini ham tushuntirib bеrishi lozim. Masalan, ma, na, da kabi bo‘g‘inlarni yozishdan oldin kichik m, n, d harflarini kichik a harfi bilan qo‘l harakatini uzmasdan bog‘lab yozish tushuntiriladi. Yozma alfavitdagi hamma harflarni unsurlarga bo‘lib yozishga ruxsat etilmaydi, faqat ayrim yozilish shakli murakkab bo‘lgan harflarninggina unsurlarini alohida yozib ko‘rsatish va mashq qildirish mumkin. Alifbе davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat: 1. Kichik va bosh harflarni “Alifbе” tartibida yozish. 2. Bo‘g‘in va so‘zlarda harflarni qo‘shib yozish. 3. Qo‘l harakatini uzmay yozishga o‘rgatish. 4. Harflar qiyaligini va enini to‘g‘ri saqlashga o‘rgatish. Alifbе davrida o‘quvchilar yozayotgan matnlarini 3 xil yo‘l bilan tahlil qilishlari mumkin: So‘zlarning tarkibini aniqlash. So‘zlarning ma'noviy tomonini aniqlash. Mashqning grafik tasviri ustida ishlash. Alifbе davrida o‘quvchilarni bo‘g‘inlab yozishga, kеyinroq esa so‘zlarni bir butun qilib yozishga o‘rgatiladi. Savod o‘rgatish davrida bolalarni yozuvga o‘rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz, silliq qog‘oz ishlashtilgan bo‘lsa, keyin quyuqyopiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan.

__ _________________


___________________
___________________
___________________
___________________
Bunday daftar yozuvga o‘rgatilgan bola boshlang‘ich sinflarni bitirgunga qadar besh xil daftarga o‘rganishni talab etilar edi.

__ _________________


___________________
___________________
___________________
___________________
__ _________________

___________________


___________________

___________________


Hozirgi vaqtda yozuvga o‘rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo‘lishi talab qilinadi:
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o‘tiladi.
___________________________________
___________________________________
___________________________________
___________________________________
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to‘g‘ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o‘rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o‘quvchilar “Yozuv daftari” bilan ishlaydilar. Sinfda o‘rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo‘lgani ma’qul.
O‘qituvchi yozish vaqtida 65 gradus qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustida 25 gradus qiyalikda qo‘yilishini ta’kidlab turadi.
Orfografiya grekcha “to‘g‘ri” va “yozaman” so‘zlaridan olingan bo‘lib, adabiy tilning yozma shakli bilan bog‘liq. Orfografiya to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar ko‘nikmasidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til normalari asosida yozma ifodalab bo‘lmaydi. O‘quvchilarning orfografik savodxonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, kishilar bilan o‘zaro xatosiz muomala qilish uchun g‘amxo‘rlik demakdir. Savod o‘rgatishda bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan bir vaqtda imloga oid malakani shakllantirishga ham zamin yaratiladi.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar: a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarda tovush bilan harfning mosligini; b) so‘zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so‘z ma’no birligi sifatida ajratishni; v)so‘zning satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab ko‘chirib yozishni, bunda bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko‘chirib yozib bo‘lmasligi; g) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harfning ishlatilishini amaliy tarzda o‘rganadilar.Savod o‘rgatish davridayoq ko‘chirib yozish, diktant va ijodiy yozuvlardan foydalaniladi. O‘z-o‘zini tekshirishga o‘rganadilar. Yozuv darslarida ham o‘quvchilar nutqini o‘stirish, fikrlashga o‘rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1. Husnixatga o‘rgatishda qaysi tamoyillarga amal qilinadi? 
2. Husnixatga o‘rgatishda ongillik tamoyiliga qanday amal qilinadi? 
3. Husnixatga o‘rgatishda genetik tamoyilining ahamiyatini tushuntiring. 
4. Takrorlash tamoyili deganda nimani tushunasiz? Hozirgi yozuvga o‘z munosabatingizni bildiring.
5.Yozuvga o‘rgatishni tashkiliy va gigienik shartlari nimalar?
6.Yozuvga o‘rgatishda qanday daftarlardan foydalanish maqsadga muvofiq?


Download 27,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish