Husnixat darslarini samarali tashkil etish yo‘llari.
Dars mavzusi: o’quvchilami yozuv faoliyatida ishtirok etadigan tana
qismlari bilan tanishtirish. Yozuv paytida ularni to’g’ri tuta bilishga; ruchka va daftarni to’g’ri ushlashga o’rgatish.
Dars rejasi: Kirish. Odamning alohida tana qismini ko’rsatish va
nommlanishni aytish. Yozayotgan paytdagi normal holati, daftarning turishi, kaftni to’g’ri tutish va ruchkani to’g’ri ushlash.
Darsning borishi: darsning boshida o’qituvchi o’quvchilarga yozuv
mashg’ulotlarida tez va chiroyli yozishni o’rgatishlarni tushuntirib o’tadi. Yozuvni
o’rgatish har bir insonning hayotida muhim rol o’ynaydi. Yaxshi yoza olmaydigan
odam o’zini noqulay his etadi, uning yozuvini o’qiydiganlar esa uning mazmunini
umuman anglay olmaydilar. Keyin esa o’qituvchi oquvchilarga to’g’ri yozish
uchun harflar va so’zlar nimalardan va qanday hosil bo’lishi haqida va to’g’ri o’tirish qoidalari, mchkani tutish yo’llari haqida ma’lumotlar berib o’tadi.
O’qituvchl yozuv jarayonida ishtirok etadigan tana qismlarini ko’rsatadi. Biron -bir o’quvchi sinf xonasining o’rtasiga chiqarib tartib bilan o’quvchining boshi, ko’zi, yelkasi va h.zolarni ko’rsatib, o’quvchilarni o’z savollariga javob berishlarini talab qiladi.
Agar o’quvchilar ayrim tana qismlarini old yelka, barmoq bo’g`inlarini
bilmasalar, o’qituvchi ularning nomini aytib, yozuvda u yoki bu tana qismining qanday ishtirok etishini tushuntirib o’tadi.
So’ng o’qituvchi yozuv jarayonida noto’g’ri o’tirish bir qancha jiddiy
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’lishini va keyinchalik butun hayoti
davomida qolishi haqida ma’lumot berib o’tadi. Bularga masalan: uzoqni ko’ra olmaslik, bukchayish, nafas olishning qiyinlashuvi va o’zidan keyin ko’krak qafasi kasalliklarining kelib chiqishiga va h.zolarga sabab bo’ladi.
Undan keyin o’qituvchi o’quvchilarga tushuntirib o’tganlarining hammasini
takrorlab berishlarini taklif etadi va yozayotganda to’g’ri o’tirish tartibini ko’rsatib
beradi. Stolga o’tirayotganda o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan joyga (eng yaxshisi profil holda) o’tirib: ‘Qaranglar, men hozir yozish jarayonida qanday o’tirish talab
etilsa, shunday o’tiraman. Sizlar ham men qanday o’tirsam, shunday o’tirishga
harakat qiling. Qarang-chi, men qanday o’tiribman, egilibmi, yo to’g’ri?’
O’quvchilar: To’g’ri.
O’qituvchi: qaranglar, mening qo’llarim qayerdaturibdi va diqqat bilan
qarang-chi, tirsaklarim qanday holda turibdi?
O’quvchilar: Qo’llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol chetidan
ozgina chiqib turibdi.
O’qituvchi: Qarang-ch, men tirsagimni gavgdamga engashtirib, ikki
tomonga surib qo’ydimmi?
O’quvchilar: Tirsaklaringiz hech qayerga engashmagan va ikki tomonga
surilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |