4-Mavzu Husnixatga o‘rgatish tamoyillari va usullari Reja



Download 27,36 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2022
Hajmi27,36 Kb.
#538585
  1   2
Bog'liq
4-ma'ruza 2-kurs


4-Mavzu Husnixatga o‘rgatish tamoyillari va usullari
Reja:
1. Savod o‘rgatish mashqlarining turlari.
2. Yozuvga o‘rgatish vazifalari.
2. 1-sinfda husnixatga o‘rgatish usullar.
3. Husnixatga o‘rgatish tamoyillari (Onglilik tamoyili, Genetik tamoyil, Takrorlash tamoyili, Ko‘rgazmalilik tamoyili)
4. 1-sinfda “Yozuv daftari” bilan ishlash, yozuvga o‘rgatishning ijtimoiy ahamiyati.
Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar o‘qishga o‘rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o‘quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
1. Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni to‘g‘ri qo‘yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to‘g‘ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish.
2. Ish daftari yoki alifbe asosida o‘zbek alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so‘zda bir-biriga bog‘lab yoza olish: bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
3. Tahlil qilingan so‘z va ikki-uch so‘zli gaplarni o‘qituvchi yordamida yozish.
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni ko‘chirib yozish va diktovka bilan yozish: yozganlarini matnga qarab, izohlab o‘qish bilan tekshirish.
5. Og‘zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Analitik-sintetik tovush metodi tamoyiliga muvofiq, o‘qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o‘qishga o‘rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o‘qish darsida o‘quvchilar harfni o‘zlashtiradilar, matnni o‘qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so‘zni yozadilar.
Yozuvga o‘rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta’lim berish, ko‘nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.
Grafik malaka, birinchidan, qo‘l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o‘zlashtirilgan birligi bo‘lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to‘g‘ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va orfografik qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o‘z fikrini, taassurotini ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanishni talab qiladi.
Yozishdan birdan bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar qanchalik tez anglab etsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to‘g‘ri shakllanadi. Savod o‘rgatish jarayonida bolalar juda sekin yozadilar, o‘z fikrini, hatto bir so‘z bilan yozma ifodalash uchun ham yarim oylar o‘tadi.
Yozuv malakasi o‘qish malakasi bilan uzviy bog‘liqdir. Bola yomon o‘qisa, yozuvni egallashi qiyin bo‘ladi, chunki bo‘g‘inlab o‘qish malakasidan so‘ng bo‘g‘inlab yozish malakasi shakllanadi.
Yozish va o‘qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Keyinroq bolalarda o‘z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, tafakkurga, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta’sir etadi.

Download 27,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish