4-mavzu. Davlat xaridini tashkil etish modellari reja: 1


-rasm.  Davlat xaridini tashkiliy elementlari



Download 319,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana29.04.2022
Hajmi319,75 Kb.
#590723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-ma`ruza

2-rasm. 
Davlat xaridini tashkiliy elementlari 
 
 
 
Bu davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlar ro’yxatidan “muhim 
bo’lmagan”, “ortiqcha” va “asoslanmagan” xarajat bo’limlarini chiqarib tashlash 
(qisqartirish) orqali amalga oshiriladi. Bunday ko’rinishdagi rejalashtirish 
mexanizmi asosida, byudjet mablag’larini taqsimlovchilar ehtiyojlarini hamda unga 
DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH ELEMENLARI 
davlat xaridini nazorat tizimi 
shartnomalarni tuzish va ijro etish 
xaridni tashkiliy shakllari 
davlat xaridini rejalashtirish 


etarli miqdordagi moliyalashtirish hajmlarini aniqlashning 
me’yoriy-xarajat 
usuli 
qo’llaniladi. 
Byudjetni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib, byudjetning eng yuqori 
imkoniyatlarini aniqlash, ya’ni tovar va xizmatlarga bo’lgan aniq talabni inobatga 
olmasdan, xarajatlarning yuqori limitini belgilashdir. Boshqacha qilib aytganda, 
ajratiladigan moliyaviy mablag’lar real ehtiyojlarga nisbatan etarli miqdorda emas. 
Shundan kelib, chiqadigan bo’lsak, moliya yili oxirida yuzaga keladigan profitsit 
davlat organlarining moliyaviy ehtiyojlarini to’la qondirilganligini va ushbu 
resurslar ortiqchaligini bildirmaydi. 
Davlat xaridini rejalashtirish mamlakat byudjetini tayyorlash jarayonida 
amalga oshiriladi (investitsion dasturni tayyorlash jarayoni bundan mustasno bo’lib, 
u Vazirlar Mahkamasining 2003 yilning 12 sentyabrida 395-sonli qaroriga asosan 
tayyorlanadi). Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovar va xizmatlar, davlat 
organlari va tashkilotlarining xarajatlar bo’limlarida mos ravishda aks ettiriladi. 
Ushbu xarajatlar va ular uchun zaruriy moliyaviy manbalar choraklar bo’yicha 
taqsimlangan holda rejalashtiriladi. 
Byudjetni shakllantirish pastdan-yuqoriga, ya’ni tumandan respublika 
darajasiga byudjet so’rovnomalarini taqdim etish(tuzish) va uni umumlashtirish 
orqali birlamchi byudjet loyihasini tuzish bilan amalga oshiriladi. Shundan so’ng, 
byudjet loyihasini tuzishda chegaralovchi omillar qo’llaniladi. Eng asosiy 
chegaralovchi omil – 
kelgusi yil uchun davlatning iqtisodiyotga xarajatlarining 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat byudjeti daromadlari prognozining 
so’ralgan xarajat moddalarini moliyaviy ta’minlash imkoniyatlari hisoblanadi. 
Ma’lumki, ushbu mezonlarning qo’llanilishi, byudjet loyihasida xarajatlarni 
qisqartirishga qaratilgan sezilarli tuzatish kiritishga olib keladi. 
Bunday qisqartirish xarajatlarni maqsadga muvofiqligini baholash orqali amalga 
oshiriladi: 
1.
davlat byudjetining xarajatlar qismida u yoki bu moddalarni saqlab qolish; 


2.
u yoki bu xarajat moddalarini so’ralgan hajmlarda moliyalashtirish, hamda 
boshqa mezonlar. 
Xarajatlarni qisqartirish, birinchi navbatda, quyidagi yo’llar bilan amalga 
oshiriladi: 
3.
o’tgan yildan qolgan va to’la tugallanmagan hamda kelgusi moliya yilida 
davlat ustuvor yo’nalishlar dasturida bo’lmagan loyihalarni moliyalashtirishdan voz 
kechish; 
4.
har yil uchun tuziladigan davlat ustuvor dasturiga kirmaydigan yangi 
loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish; 
5.
xarajat moddalarining tarkibiga tegmagan holda, uning umumiy summasini 
qisqartirish. 
Davlat xaridini samarali bo’lishini ta’minlash nuqtai nazaridan, davlat 
xarajatlarini qisqartirishning ko’rib o’tilgan dastlabki ikki usuli katta salbiy tusga 
ega. Chunki, ustuvor yo’nalishlarning o’zgarishi va natijada loyihani to’la 
moliyalashtirmaslik, uning sifatli bajarilishiga, yoki loyiha oldiga quyilgan 
maqsadlarga erishilmasligiga olib keladi. Bu o’z navbatida, oldin amalga oshirilgan 
xarajatlarning natijasiz va foydasiz ekanligini bildiradi. 
Xarajatlarni qisqartirishning so’ngi usulini qo’llashda esa, xarajatlar rejasini 
tuzish paytida loyihadan voz kechish va bo’shagan mablag’larni boshqa samarali 
yo’nalishlarda sarflash maqsadga muvofiq bo’lardi. 
Davlat 
xaridini 
rejalashtirishdagi 
mavjud 
muammolarning 
sabablari 
quyidagilardir: 
6.
byudjet tizimining takomillashmaganligi – byudjetni shakllantirish faqat bir 
yil chegarasida bo’lib, unda o’tgan yil byudjetida ko’zda tutilgan va tugallanmagan 
loyihalarni moliyalashtirish majburiyati ko’rsatilmaydi; 
7.
davlat byudjetini shakllantirishning uslubiy asoslarining etarli darajada 
takomillashmaganligi, ya’ni daromad va xarajat moddalarini rejalashtrish sifatining 
past darajada ekanligi; 


8.
davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish uslubiyotining mavjud emasligi 
va boshqalar. 
Tumanlar darajasidan boshlab, xarajatlar smetasi hajmini sun’iy yuqori darajada 
tuzish riskining mavjudligi, ko’zlanayotgan xarajat maqsadlarini ko’rsatishning sifat 
darajasining pastligi, shuningdek, smetani to’g’riligini va ko’rsatilgan xarajatlarni 
asoslanganligini ob’ektiv tarzda tekshirish usulining etishmasligi kabi holatlar, 
byudjetni shakllantirishda me’yoriy-xarajat usulidan foydalanishga majbur etadi. 
Ushbu usulni qo’llashning salbiy jihati shundaki, u xarajat yoki loyihani o’ziga 
xosligi, sharoitlarini (masalan, ko’pchilik hollarda ayrim loyihalar ob’ektiv tarzda 
me’yorda ko’zda tutilgandan ortiq mablag’lar talab etishi mumkin) inobatga 
olmaydi. Natijada, ushbu holat davlat organlari faoliyatini etarli darajada 
moliyalashtirilmay qolishiga, ular faoliyatini va vazifalarini bajarish uchun zaruriy 
moddiy qiymatliklarni etarli miqdorda xarid etilmasligiga olib kelishi mumkin. 
Davlat investitsion dasturini shakllantirish tartibi O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli qarori bilan belgilanadi. 
Mazkur yo’riqnomaga asosan manzilli dasturni tuzish jarayoni har bir loyiha 
buyicha to’la ma’lumot tayyorlash, loyihlarni ustuvorligi bo’yicha tanlash va 
ro’yxatini shakllantirishni o’z ichiga oladi
35
. Har bir loyiha (loyihalar guruhi) 
bo’yicha ma’lumotlar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va boshqa hujjatlar bilan 
bir qatorda loyiha pasporti taqdim etiladi. Loyiha pasportida quyidagi ma’lumotlar 
o’z aksini topadi: 
9.
loyihaning texnik tavsifi; 
10.
atrof-muhitga ta’siri; 
11.ijtimoiy va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan amalga oshirish imkoniyati, 
samaraligini baholash, tashkiliy tadbirlar miqiyosi; 
12.
mahsulotga talabning hajmi va xarakteri; 
35
O’zbekiston Respublikasi VMining 12 sentyabr 2003 yildagi 395-sonli qarorining 4-ilovasi, O’zbekiston 
Respublikasi Investitsion dasturini shakllantirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga asosan. 


13.muqobil echimlarning mavjudligi, jumladan mavjud korxonalarni qayta 
tiklash; 
14.
asosiy material va ishchi kuchi resurslarining etarliligi; 
15.investitsion xarajatlarni amalga oshirish tartibi. 
Loyihani tanlab olish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
16.ma’lum hudud yoki sohani rivojlantirish ustuvorligidan kelib chiqib, loyihani 
birlamchi baholash; 
17.hudud yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantirish ustuvorligidan 
loyihani tanlash. 
Bu yerda shuni nazarda tutish lozimki: 
18.loyihani investitsion dasturga kiritiladigan ma’lumotlarni tayyorlash uchun 
har bir bo’lim bo’yicha aniq va oydin talabni aks ettiradigan uslubiyotini 
etishmasligi sababli, turli xil buyurtmachilar tomonidan tayyorlangan loyihalar - 
ma’lumotlar mazmuni, aks ettirish formati, sifati va ob’ektivligi bilan bir- biridan 
farq qilishi mumkin; 
19.loyihalarni baholash uslubiyotining mavjud emasligi, investitsion dasturga 
kiritish taklif etilgan loyihani tahlil etish sifatini inson omiliga (tajriba, ko’nikma, 
tahliliy qobiliyat, xolis yondoshuv, vijdonan ishlashga motivatsiyaning mavjudligi 
kabi) qaram qilib qo’yadi; 
20.loyihalarni tanlashning barcha mezonlari (moliyaviy va iqtisodiy 
samaradorlik ko’rsatkichlari bundan mustasno) va ularni amalda qo’llash sub’ektiv, 
hamda baholash natijalari turlichadir; ushbu mezonlarni qo’llash natijasida turli 
xildagi xulosalarga kelish mumkin, ya’ni ko’rilayotgan loyihani investitsion 
dasturga kiritish ham, kiritmaslik ham mumkin. 
Umumlashtiradigan bo’lsak, ushbu omillar investitsion dasturga kiritish uchun 
taqdim etilgan har qanday loyihani uni ko’rib chiqayotgan mutaxassis (idora)ning 
fikriga ko’ra ijobiy yoki salbiy baholanishi uchun teng imkoniyatga ega. Investitsion 
dasturning idarolararo kelishuv asosida tashkil etilishi, tanlovda yo’l qo’yiladigan 
sub’ektiv yondoshuvni ancha pasaytirsada, uni butunlay bartaraf eta olmaydi. 


Jumladan, investitsion dasturni ishlab chiqish chizmasiga binoan, unga so’ngi 
tuzatish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleks(bo’lim)lari 
tomonidan berilgan taklif asosida amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi VMining 12 sentyabr 2003 yildagi 395-sonli 
qarorining 4-ilovasi, O’zbekiston Respublikasi Investitsion dasturini shakllantirish 
tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga asosan kiritilishi mumkin bo’lgan tuzatishlar 
chegarasini, masalan, boshqa idoralar tomonidan dasturdan chiqarib tashlangan 
loyihalarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaytadan dasturga kiritish mumkinligi, 
loyiha qiymatini yoki boshqa ko’rsatkichlarini o’zgartirish kiritish imkoniyatlarini 
aniq belgilab bermaydi. 

Download 319,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish