Tovar, ish, xizmlatlar yuqorida aytib o’tilgan,
davlat tomonidan belgilab
qo’yilgan tovar, ish, xizmlatlar ro’yxatiga quyidagi holatlarda kiritilishi mumkin:
1.
xarid obyektining ta’rifini aniq va to’liq shakllantirish imkoniyati
bo’lganda;
2.
bunday auksion g’olibini aniqlash talablarining miqdoriy va pul
ko’rinishidagi bahoga ega bo’lishi.
Buyurtmachi mazkur maqoladagi ro’yxatda keltirilmagan tovar, ish,
xizmatlarni ham elektron auksion orqali xaridini amalga oshirishi mumkin.
3.
Kotirovkalarga so’rov.
Kotirovkalarga so’rov – bu buyurtmachi
(pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning usullardan biri bo’lib, bunda –davlat va
munitsipal ehtiyojlarni qondirish
uchun xarid qilinadigan Tovar, ish, xizmatlar
to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan
miqdordagi shaxslarga kotirovkalarga so’rov o’tkazilayotganligidan xabar beriladi
va bunda eng past shartnoma narxini taklif qilgan xarid ishtirokchisi g’olib deb tan
olinadi.
Buyurtmachi
kotirovkalarga
so’rovni
shartnomaning
boshlang’ich
(maksimal) narxi besh yuz ming rubldan oshmadan taqdirda amalga oshirishi
mumkin. Bunda kotriovkalarga so’rov orqali amalga oshiriladigan yalpi yillik xarid
hajmi buyurtmachining reja-jadvalida tasdiqlangan
barcha xaridlar uchun
mo’ljallangan mablag’larning o’n foizidan hamda yiliga yuz million rubldan
oshmasligi kerak.
4.
Takliflarga so’rov.
Takliflarga so’rov deganda, buyurtmachi (pudratchi,
ish bajaruvchi)ni aniqlashning usullardan biri tushunilib, bunda davlat va munitsipal
ehtiyojlarni qondirish uchun xarid qilinadigan tovar, ish, xizmatlar to’g’risidagi
ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslarga
takliflarga so’rov o’tkazilayotganligi to’g’risida xabar joylashtiriladi va so’rov
g’olibi bo’lib, buyurtmachining tovar, ish, xizmatlarga bo’lgan talablariga maksimal
darajada javob beradigan yakuniy taklifni kiritgan shaxs hisoblanadi.
Buyurtmachi xaridni takliflarga so’rov orqali quyidagi hollarda amalga
oshirishi mumkin:
1.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga sport terma jamoalarini tayyorlash
hamda ularning Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida qatnashishi uchun sport
inventarlari va jihozlari, sport uskunalarini yetkazib
berish uchun shartnomalar
tuzganda;
2.
ijroiya hokimiyati tomonidan hukumatning qoidalariga asoslangan holda,
fuqarosining chet elda davolanishi uchun chet el tashkiloti bilan shartnoma
tuzilganda;
3.
diplomatik va konsullik vakolatxonalari, savdo tashkilotlari, xalqaro
tashkilotlar qarashli rasmiy vakolatxonalar va boshqa buyurtmachilarning mamlakat
hududidan tashqarida
xaridlar amalga oshirganda, bunda xarid shartnimasining
boshlang’ich (maksimal) narxi o’n besh million rubldan oshmasligi kerak;
4.
shartnoma predmeti bo’lgan tovar, ish, xizmatlarni xarid qilish bitimini
qonunga muvofiq bekor qilinganda. Bunda agar bitim bekor qilinishidan oldin mol
yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) shartnomada ko’rsatilgan
majburiyatlarning bir qismini bajargan bo’lsa, u holda yangi tuziladigan
shartnomada xarid qilinayotgan tovar, ish, xizmatlar
hajmi shartnoma bekor
qilinishidan oldin xarid qilingan Tovar, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlar
hajmiga kamaytirilib ko’rsatilishi hamda shartnoma summasi ularga mos holda
kamaytirilib qo’yilishi shart.
5.
bemorning kasallik hujjatlarida aks ettirilishi lozim bo’lgan hamda
shifokorlar komissiyasi ko’rsatmasiga muvofiq bemorning tibbiy ko’rsatmalari
(dorini individual qabul qilolmaslik, hayotiylik ko’rsatkichlari bilan bog’liq holatlar)
bo’lganda dori-darmonlarning xaridini amalga oshirganda. Bunda xarid qilinadigan
dori-darmonlar hajmi bemor davolanish davrida qabul qilishi kerak bo’lgan barcha
dori-darmonlar hajmidan oshmasligi kerak. Bundan
tashqari bitta shartnoma
predmeti hisoblangan dori-darmonlar ikki yoki undan ortiq bemorlar uchun tuzilishi
mumkin emas;
1.
Hukumat ijroiya hokimiyati tomonidan tasdiqlangan tartibda ro’yxatdan
o’tgan xalqlarning san’at asarlarining namunalarini xarid qilganda;
2.
jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan chet el davlatlarini, xalqaro sud
va arbitraj e’tirozlarini sud organlariga topshirish holatlarda davlat tomonini himoya
qilish maqsadida chet el va rus mutaxassislarni, ekspert va advokatlarni jalb qilib,
ularning xizmatini xarid qilganda.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: