4-MAVZU. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH MODELLARI
REJA:
1.
Davlat xaridini tashkil etish modellari va tashkiliy elementlari
2.
Davlat xaridining tashkiliy shakllari
3.
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari
Tayanch so’z va iboralar
Markazlashgan model, markazlashmagan (taqsimlangan) model,
qisman
markazlashgan model, davlat xaridining tashkiliy elementlari, davlat xaridining
tashkiliy shakllari, to'g'ridan to'g'ri shartnomalar tuzish, yarmarka va birja savdolari,
elekton auksion savdolari, elektron
katalog orqali savdolar,tanlov savdolari, ochiq
va yopiq tenderlar, yagona yetkazib beruvchilar bilan amalga oshiriladigan xaridlar.
1.
Davlat xaridini tashkil etish modellari tashkiliy elementlari
Davlat xaridini tashkil etish bo’yicha rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar tajribasini o’rganib, uning uch xil modellari mavjud ekanligini ko’rish
mumkin.
Markazlashgan model
– bunda xarid uchun
buyurtmalarni joylashtirish
maxsus tashkilot yoki ijroiy hukumatning yagona tarkibiy bo’linmasi - xaridni
tashkil etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq
va bo’limlardan tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil
etishni nazarda tutadi. Agar, markazlashish darajasi yuqori bo’lsa,
barcha turdagi
xaridga javobgar bo’lgan maxsus idora (yoki yirik kompaniyalarda xarid
departamenti) shakllantiriladi.
Markazlashmagan (taqsimlangan) model
- bunda davlatning buryutmachisi
o’z ixtisosligi buyicha xaridga buyurtmani alohida amalga oshiradi. Taqsimlangan
modelda kompaniyaning har bir bo’limi (vazirlik, departament va h.k.) o’z
ehtiyojlari uchun xaridni mustaqil tarzda amalga oshiradi. Shu maqsadda, uning
tarkibida xaridni amalga oshiruvchi maxsus tuzilma, bo’lim tashkil etilgan.
Ikkala modelning ham yutuq va kamchiliklari mavjud: taqsimlangan
model
ancha egiluvchan, ammo ko’p xarajat talab etadi. O’z navbatida, markazlashgan
model yirik hajmdagi ulgurji xarid tufayli past baholarni ta’minlaydi, ammo
egiluvchan emas va har doim ham tovarlar hamda xizmatlarning arizada ko’rsatilgan
xususiyatlarini o’zida aks ettirmasligi mumkin.
Qisman markazlashgan modelda
esa, xaridga buyurtmani joylashtirish
vakolati davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga
oshiradi.
Har qanday mamlakatda ham, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy
asoslarini shakllantirish va uni doimiy tarzda takomillashtirib borish, davlat moliya
tizimining muhim strategik vazifalaridan hisoblanadi.
Davlat xaridini
tashkil etish jarayoni, uning tashkiliy shakllarini aniqlab
olishdan boshlanadi.
Xalqaro va milliy
qonunchilikda o’rnatilgan me’yorlar asosida xaridning qaysi shakli qo’llanilishi
aniqlanadi va zaruriy-me’yoriy jarayonlar buyurtmachi tomonidan boshqarilib
boriladi.
O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish xalqaro va milliy
qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Davlat xaridi tizimini boshqarish bir-biri bilan uzviy bog’langan to’rtta
elementni o’z ichiga oladi 1-chizma). Bu elementlar kompleks tusga ega bo’lib, har
bir elementni
muvoffaqiyatli amalga oshirish, davlat xaridini samarali bo’lishini
ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Davlat xaridini rejalashtirish –
keyingi davr uchun byudjetni tuzish va qisman
yoki to’liq davlat mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya dasturini
tuzish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon o’z ichiga:
1.
byudjet so’rovnomalarini shakllantirish va uni moliya organlariga taqdim
etish;
2.
davlat byudjetini tasdiqlash va byudjet ajratmalari hajmini byudjet
mablag’lari oluvchilarga etkazish;
3.
xarajatlar smetasini sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar guruhlari buyicha
ro’yxatdan o’tkazishni qamrab oladi.
Bugungi kunda, O’zbekistonda davlat xaridini rejalashtirish amaliyotini
o’rganadigan bo’lsak, davlat organlari va tashkilotlarning
tovarlar va xizmatlarga
bo’lgan talabi haqida axborot oqimining “pastdan-yuqoriga” mexanizmining
qonunchilikda ko’zda tutlishiga qaramasdan, ushbu ehtiyojlarni moliyalashtirish
hajmlarini aniqlash bir tomonlama tartibda “yuqoridan-pastga” ko’rinishda amalga
oshirilishini guvohi bo’lamiz.