Yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq
usuli.
Yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq usuli
deganda, yopiq tanlov, ishtiroki chegaralangan yopiq tanlov, ikki bosqichli yopiq
tanlov, yopiq auksion tushunilib, unda qonunga muvofiq buyurtmachi qonunda
belgilangan talablarga javob beradigan va tovar yetkazib berish, ishlar bajarish,
xizmatlar ko’rsata oladigan chegaralangan miqdordagi shaxslarga xarid, uning
hujjatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda tanlovda ishtirok etishi uchun
taklifnomani yuboradi. Yopiq tanlov o’tkazilishining shartlari quyidagilar:
1.
davlat ehtiyojlarni qondirish uchun. tovar, ish, xizmatlarni xarid qilganda
hamda agar bu ehtiyojlar davlat siri bo’lib hisoblansa;
2.
davlat siri bo’lib hisoblangan ehtiyojlarn iqondirish uchun tovar, ish,
xizmatlarni xarid qilganda hamda agar ular xarid to’g’risidag ihujjatlarda yoki
shartnoma loyihasida ko’rsatilgan bo’lsa;
3.
Qimmatbaho metallar va toshlar Davlat fondining buyumlarinis ug’urta
qilish, yetkazib berish va muhofaza qilish kabi xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha,
muzey predmetlari va kolleksiyalarini, noyob va qimmatbaho nashrlar,
qo’lyozmalar, arxiv hujjatlari (shujumladan, ularning nusxalari) va tarixiy, badiiy va
madaniy xarakterdagi bo’lgan boshqa buyumlarn ibuyurtmachidan jismoniy yoki
yuridik shaxsga topshirilganda yoki jismoniy, yuridik shaxslardan yetkazib
beruvchigat opshirilganda, davlat hududidayoki uning tashqarisida ko’rgazma
o’tkazilayotganda ularni sug’urta qilish, yetkazib berish va muhofaza qilish
xizmatlarini xarid qilganda;
4.
ma’lum bir bino xonalarini tozalash hamda sudya va sud ijrochilari uchun
haydovchi xizmatlarini xarid qilganda.
5.
Xaridni yagona yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) bilan
amalga oshirish.
Xaridni yagona yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) bilan
amalga oshirish odatda ma’lum qonunda qat’iy belgilangan holatlarda amalga
oshiriladi.
Quyidagi hollarda tender(tanlov) o’tkazmasdan tovar etkazib beruvchilar
(bajaruvchilar, pudratchilar) bilan shartnomalar tuzilishi mumkin:
1.
tovarlar etkazib berish, tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati sohasiga
tegishli bo’lganda;
2.
tovarlar birja orqali xarid qilinganda;
3.
shartnoma tuzish vaqtida eng kam ish haqining o’n baravaridan oshmagan
summada tovarlar sotib olinganda;
4.
tarix va madaniyat yodgorliklari sifatida davlat muhofazasiga olingan hamda
davlat muzey, kutubxona, arxiv fondlarini, kino-foto-fondini va boshqa shunga
o’xshash fondlarni to’ldirish uchun mo’ljallangan tarixiy, badiiy yoki boshqa
madaniyat ahamiyatiga molik madaniy boyliklar (sur’atlar, haykallar, adabiy asarlar
va boshqalar), shu jumladan, muzey predmetlari va muzey to’plamlari, shuningdek,
nodir va qimmatli nashrlar va qo’lyozmalar, arxiv hujjatlari, jumladan ularning
nusxalarini etkazib berishni amalga oshirganda;
5.
tovarlarni sotishga alohida huquqi bo’lgan faqat bitta etkazib beruvchidan
tovarlar xarid qilish mumkin bo’lganda;
6.
tuzilgan shartnomaning shartlari dastlabki shartnoma umumiy summasining
20 foizidan oshmaydigan summaga teng qo’shimcha ishlarni bajarish maqsadida
o’zgarganda;
7.
bajarish yoki xizmat ko’rsatishni amalga oshirish faqat davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari tomonidan yoki ularga bo’ysunuvchi davlat muassasalari va
korxonalari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq mumkin bo’lgan ishlar yoki
xizmatlarga ehtiyoj tug’ilganda;
8.
yengib bo’lmas kuchlar (tabiiy ofatlar, yong’inlar, falokatlar, avariyalar va
hokazolar) oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) uchun zarur bo’lgan muayyan
tovarlarga tezkor ehtiyoj tug’ilganda, buning natijasida vaqtning yo’qotilishi talab
qilinadigan boshqa buyurtmani joylashtirish usullarini qo’llash maqsadga muvofiq
bo’lmaganda (tegishli moliya organlari kelishuvi bo’yicha);
9.
etkazib beruvchilarning yoki shartnomada ularning manfaatdorligi yo’qligi
sababli buyurtmachi tomonidan tender (tanlov) bo’lib o’tmagan deb hisoblash
natijasida; agar buyurtmachi uzoq tumanlarda joylashgan bo’lsa, buyurtmachining
faoliyat ko’rsatish hududida va yaqin joylashgan tumanlarda faqat bitta etkazib
beruvchi mavjud bo’lsa; shuningdek, boshqa joylardan narx kotirovkalarini olish
hech qanday foyda olish yoki iqtisod qilish aniqlanganda; transport xarajatlari uchun
narxlar oshib ketishiga olib kelganda. Bunda yagona etkazib beruvchiga
buyurtmalarni joylashtirish tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda amalga
oshiriladi
36
.
Engib bo’lmas kuchlar oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) uchun tovarlarga
shoshilinch ehtiyoj vujudga kelgan taqdirda yoki shartnomada ularning
manfaatdorligi yo’qligi sababli tenderni bo’lib o’tmagan deb hisoblash natijasida,
buyurtmachi tender o’tkazmasdan yagona etkazib beruvchiga buyurtmani
joylashtirish to’g’risidagi qarorni kelishish uchun tegishli moliya organlariga yozma
murojaat yuboradi.
Birja savdolari platformasida faqatgina birja tovarlari savdoga chiqariladi.
“Birja tovari” tushunchasiga - o‘z sifati, tuzilishi bilan bir turdagi xususiyatga ega
bo‘lgan, o‘zining asosiy va aniqlovchi parametrlari bilan xuddi shunday boshqa
ishlab chiqaruvchining yoki boshqa partiyadagi tovar bilan o‘zaroalmashinuvchan-
lik xususiyatiga ega bo‘lgan tovar kiradi va u doimiy ravishda savdolarga
chiqarilishi shart.
Ko‘rgazma-yarmarka savdo tovarlariga xususiyatlaridan qat’iy nazar, fuqarolik
muomalasida bo‘lgan tovarlar, shu jumladan, individual xususiyatga ega bo‘lgan va
savdolarga muntazam ravishda chiqarilmaydigan yoki kamdan-kam chiqariladigan
tovarlar kiradi.
Savdolar internet orqali real vaqt rejimida olib boriladi, savdo bo‘yicha hisob-
kitoblar ham on-layn rejimida amalga oshiriladi.
36
VazirlarМahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar,
butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom”ning 5-1 punkti.
78
Elektron xaridlar birja savdolari tarkibiga kirib, davlat va korporativ xaridlar
bo‘yicha boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan auksion savdolardan tashkil
topgan.Elektron savdolar O‘zbekiston bo‘ylab internet orqali real vaqt rejimida olib
boriladi.
Elektron katalog - davlat xaridlarini amalga oshirish usuli bo‘lib, unda
buyurtmachi tizimlashtirilgan elektron katalogdan yetkazib beruvchilar tomonidan
joylashtirilgan tovarni tanlaydi. Elektron katalog birjaning maxsus axborot portalida
yetkazib beruvchilar tomonidan buyurtmachilarga yo‘naltirilgan takliflardan
shakllanadi.
To’g’ridan-to’g’ri shartnomalarni tuzish holatlariVazirlar Mahkamasining 456-
sonli “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Qarorida keltirilgan.
Shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib oluvchi tomonidan
mustaqil amalga oshiriladi. Shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar g’aznachilik
organlarida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Yagona etkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish to’g’risidagi qarorning
kelishish muddati, tegishli moliya organiga kelishish to’g’risida murojaat kelib
tushgan kundan boshlab, o’n ish kunidan oshmasligi kerak.
Buyurtmachi tomonidan tender bo’lib o’tmagan deb hisoblash natijasida
yagona etkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish to’g’risidagi qaror qabul
qilingan taqdirda uni kelishish uchun tegishli moliya organiga murojaatdan tashqari,
tender bo’lib o’tmagan deb hisoblash to’g’risidagi hujjatlarning nusxalari ham
taqdim qilinadi. Bunda shartnoma yagona etkazib beruvchi bilan faqat tender
hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda tuzilishi mumkin, tuzilgan shartnoma bahosi
tender o’tkazish to’g’risidagi xabarnomada ko’rsatilgan shartnomaning dastlabki
bahosidan oshmasligi kerak
37
.
Tender bo’yicha xaridlarda qatnashuvchi mamlakatimiz tovar ishlab
chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari) bilan hisob-kitoblar so’mlarda amalga
37
O’zR Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar,
butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom”.
79
oshiriladi. Qarorlarni
oshkora
va
xolisona
qabul qilish, mamlakatimiz tovar ishlab
chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari) uchun ustuvorlikni saqlagan holda tender
qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlari yaratish tenderlar o’tkazishni tashkil
etishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib oluvchi tomonidan
mustaqil amalga oshiriladi. Shartnomalar bo’yicha to’lovlar g’aznachilik
organlarida ro’yxatdan o’tgandan so’ng amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |