4-mavzu. Davlat xaridini tashkil etish modellari reja: 1



Download 319,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana29.04.2022
Hajmi319,75 Kb.
#590723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-ma`ruza

Elektron shakldagi auksion(elektron auksion).
Elektron shakldagi 
auksionda , buyurtmachi tomonidan xarid o’tkazilishi va tanlov hujjatlari 
to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan 
miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov ishtirokchilariga yagona va 
qo’shimcha talablar qo’yiladi va bunday auksion elektron maydonda uning operatori 
tomonidan olib boriladi. 
Auksion g’olibi bo’lib, eng past shartnoma narxini taklif qilgan shaxs 
hisoblanadi. 
Buyurtmachi xarid qilayotgan tovar, ish, xizmatlar Hukumat tomonidan 
belgilangan tovar, ish, xizmatlar ro’yxati tarkibida yoki davlat hokimiyatining 
ijroiya organi tomonidan belgilangan qo’shimcha ro’yxat tarkibida bo’lsagina 
elektron auksionni o’tkazishi mumkin. Bunda ma’lum kotirovkalarga so’rov, 
ma’lum takliflarga so’rov yoki aynan bir mol yetkazib beruvchi bilan xaridni 
buyurtma qilish kabi holatlar bundan mustasnodir. 


Tovar, ish, xizmlatlar yuqorida aytib o’tilgan, davlat tomonidan belgilab 
qo’yilgan tovar, ish, xizmlatlar ro’yxatiga quyidagi holatlarda kiritilishi mumkin: 
1.
xarid obyektining ta’rifini aniq va to’liq shakllantirish imkoniyati 
bo’lganda; 
2.
bunday auksion g’olibini aniqlash talablarining miqdoriy va pul 
ko’rinishidagi bahoga ega bo’lishi. 
Buyurtmachi mazkur maqoladagi ro’yxatda keltirilmagan tovar, ish, 
xizmatlarni ham elektron auksion orqali xaridini amalga oshirishi mumkin. 
3.
Kotirovkalarga so’rov. 
Kotirovkalarga so’rov – bu buyurtmachi 
(pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning usullardan biri bo’lib, bunda –davlat va 
munitsipal ehtiyojlarni qondirish uchun xarid qilinadigan Tovar, ish, xizmatlar 
to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan 
miqdordagi shaxslarga kotirovkalarga so’rov o’tkazilayotganligidan xabar beriladi 
va bunda eng past shartnoma narxini taklif qilgan xarid ishtirokchisi g’olib deb tan 
olinadi. 
Buyurtmachi 
kotirovkalarga 
so’rovni 
shartnomaning 
boshlang’ich 
(maksimal) narxi besh yuz ming rubldan oshmadan taqdirda amalga oshirishi 
mumkin. Bunda kotriovkalarga so’rov orqali amalga oshiriladigan yalpi yillik xarid 
hajmi buyurtmachining reja-jadvalida tasdiqlangan barcha xaridlar uchun 
mo’ljallangan mablag’larning o’n foizidan hamda yiliga yuz million rubldan 
oshmasligi kerak. 
4.
Takliflarga so’rov.
Takliflarga so’rov deganda, buyurtmachi (pudratchi, 
ish bajaruvchi)ni aniqlashning usullardan biri tushunilib, bunda davlat va munitsipal 
ehtiyojlarni qondirish uchun xarid qilinadigan tovar, ish, xizmatlar to’g’risidagi 
ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslarga 
takliflarga so’rov o’tkazilayotganligi to’g’risida xabar joylashtiriladi va so’rov 
g’olibi bo’lib, buyurtmachining tovar, ish, xizmatlarga bo’lgan talablariga maksimal 
darajada javob beradigan yakuniy taklifni kiritgan shaxs hisoblanadi. 
Buyurtmachi xaridni takliflarga so’rov orqali quyidagi hollarda amalga 
oshirishi mumkin: 


1.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga sport terma jamoalarini tayyorlash 
hamda ularning Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida qatnashishi uchun sport 
inventarlari va jihozlari, sport uskunalarini yetkazib berish uchun shartnomalar 
tuzganda; 
2.
ijroiya hokimiyati tomonidan hukumatning qoidalariga asoslangan holda, 
fuqarosining chet elda davolanishi uchun chet el tashkiloti bilan shartnoma 
tuzilganda; 
3.
diplomatik va konsullik vakolatxonalari, savdo tashkilotlari, xalqaro 
tashkilotlar qarashli rasmiy vakolatxonalar va boshqa buyurtmachilarning mamlakat 
hududidan tashqarida xaridlar amalga oshirganda, bunda xarid shartnimasining 
boshlang’ich (maksimal) narxi o’n besh million rubldan oshmasligi kerak; 
4.
shartnoma predmeti bo’lgan tovar, ish, xizmatlarni xarid qilish bitimini 
qonunga muvofiq bekor qilinganda. Bunda agar bitim bekor qilinishidan oldin mol 
yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) shartnomada ko’rsatilgan 
majburiyatlarning bir qismini bajargan bo’lsa, u holda yangi tuziladigan 
shartnomada xarid qilinayotgan tovar, ish, xizmatlar hajmi shartnoma bekor 
qilinishidan oldin xarid qilingan Tovar, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlar 
hajmiga kamaytirilib ko’rsatilishi hamda shartnoma summasi ularga mos holda 
kamaytirilib qo’yilishi shart. 
5.
bemorning kasallik hujjatlarida aks ettirilishi lozim bo’lgan hamda 
shifokorlar komissiyasi ko’rsatmasiga muvofiq bemorning tibbiy ko’rsatmalari 
(dorini individual qabul qilolmaslik, hayotiylik ko’rsatkichlari bilan bog’liq holatlar) 
bo’lganda dori-darmonlarning xaridini amalga oshirganda. Bunda xarid qilinadigan 
dori-darmonlar hajmi bemor davolanish davrida qabul qilishi kerak bo’lgan barcha 
dori-darmonlar hajmidan oshmasligi kerak. Bundan tashqari bitta shartnoma 
predmeti hisoblangan dori-darmonlar ikki yoki undan ortiq bemorlar uchun tuzilishi 
mumkin emas; 
1.
Hukumat ijroiya hokimiyati tomonidan tasdiqlangan tartibda ro’yxatdan 
o’tgan xalqlarning san’at asarlarining namunalarini xarid qilganda; 


2.
jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan chet el davlatlarini, xalqaro sud 
va arbitraj e’tirozlarini sud organlariga topshirish holatlarda davlat tomonini himoya 
qilish maqsadida chet el va rus mutaxassislarni, ekspert va advokatlarni jalb qilib, 
ularning xizmatini xarid qilganda. 
3.

Download 319,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish