4. Mavzu : Arab yozuvining paydo bo`lishi. Arab yozuvida o‘tkazilgan isloxotlar reja



Download 37,05 Kb.
bet1/7
Sana16.01.2022
Hajmi37,05 Kb.
#372833
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 (2)


4.Mavzu : Arab yozuvining paydo bo`lishi. Arab yozuvida o‘tkazilgan isloxotlar
REJA:

1. Markaziy Osiyo tarixiga oid arab yozuvi yodgorliklari.

2. Arab tilida yaratilgan manbalarda Markaziy Osiyo tarixining aks ettirilishi.

3. Arab tilidagi manbalarni o’rganishning ilmiy va amaliy ahamiyati.

4. IX–XII asrlardagi Markaziy Osiyo allomalarining ilmiy merosi va ularning ahamiyati.

5. “Devoni lug’at at – turk” asari, uning O’zbekiston tarixida tutgan o’rni va ilmiy ahamiyati.


Tayanch tushunchalar:

Arab xalifaligi, arab tili, arab yozuvi, Movoraunahr, Xuroson, arab tili manbalari, fors tili manbalari, “Tarix ar-rusul va-l-muluk”, “Zayn ul-axbor”, “Futuh al-buldon”, “Buxoro tarixi”, “Hindiston”, Uyg’onish davri, “Devoni lug’at at – turk”, allomalar.

Mas’udiy[5] aytadi: “Arabiy xatning birinchi tuzuvchisi Mihsan ibn Jandal ibn Ya’sob ibn Madyanning avlodlari bo‘lib, ular Adnon ibn Uddga tushgan edilar. Ularning ismlari Abjad, Havvaz, Huttiy, Kalaman, Sa’fas va Qarashat bo‘lgan. Ular o‘zlarining ismida ishtirok etgan harflarni hisobladilar va yana ismlarida mavjud bo‘lmagan harflarni ham topdilar. Bular – sa (ث), xo (خ), zol (ذ), zod (ض), zo (ظ), g‘ayn (غ) harflari edi. Bu harflardan ham yana ikkita Saxxoz va Zazzog‘ so‘zlarini yasab o‘z ismlarining qatoriga qo‘shib qo‘ydilar. Shu bilan hijoiya (alfavit) harflari to‘liq bo‘ldi”. Ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, bular Madyanning podshohlari bo‘lib, ularning raisi Kalaman deb atalardi. Hammalari Shu’ayb alayhissalomning qavmidan bo‘lib, barchalari “zulmat kunida” halok bo‘lganlar. “Zulmat kuni” ya’ni qattiq issiqdan keyin qop-qora bulut keldi, yomg‘ir o‘rniga olov yog‘di va barchalari kuyib ketdi. (Madyan qirilib ketgan arab qabilalaridan biri bo‘lib, ularning yerlari Aqaba qo‘ltig‘idan Turi Sinoga qadar cho‘zilgan). Kalamunning qizi otasiga atab marsiya yozgan va bu saqlanib qolgan. (Qanday qilib bu qiz qavmi bilan birga halok bo‘lmay, tirik qolganining sababini bilmayman”, deb yozadi Mas’udiy)[6].

Yana Mas’udiy Hishom ibn Kalbiydan rivoyat qilib aytadi: “Xat (yozuv)ning ilk ijodkorlari Anborda yashagan Bulon qabilasining Toy (urug‘i)dan uch kishi bo‘lib, ular Miror ibn Murra, Aslam ibn Sadra hamda Omir ibn Jadralar edi[7]. Ular suryoniy alifbosiga solishtirib (qiyoslab) arab alifbosini ishlab chiqdilar. Birinchi bosqichda harflarni ko‘rinishi (surati)ni yozadilar. Ikkinchi bosqichda harflarning alohida va ulangan holdagi shaklini ishlab chiqdilar. Uchinchi bosqichda nuqtalarini qo‘yib chiqdilar va ular bu xatni “xattul jazm” deb nomladilar. Bu – “kesik” deganidir. Chunki u “Himyariy xat”idan kesib olingan edi. Aytilishicha, Anbor ahli Hiyra ahlidan xat ta’limini olganlar. Boshqa rivoyatda buning aksi bo‘lganini aytadi. Aytiladiki, miloddan avvalgi 190-yillarda hukmronlik qilgan Munozaraning davrida Himyariy xati Hiyraga keltirilgan. Humyar Hud qavmi bo‘lgan ahli Yamanning xatidir. Hud – birinchi Od ya’ni Iramning Od qavmi edi. Ular ishlatadigan yozuv “musnad  al-himyariy” (ximyariycha xat) deb nomlanardi”[8].

Maqriziy[9]: “Birinchi xattotlik qalami bu – Himyar va Od podshohlarining qalamlaridir”, degan. Tarixi ibn Xaldun (807 vaf.) kitobning birinchi juzida qo‘shimcha ravishda buyuk amir hamda mohir xattot Shakib Arslon[10] shunday yozadi: “Yevropalik olimlar, shu jumladan olmoniyalik sharqshunos olim Martis Olmoniy ham quyidagi fikrni bildirdilar: iograf harflardan keyin harflar bilan yozish Yamanda vujudga kelgan. Yozishni finikiyaliklar ixtiro qilgan degan fikr mashhur bo‘lsa-da, lekin bu fikr to‘g‘ri emas. Balki birinchi bo‘lib yamanliklar kitobat (yozish)ni ixtiro qilganlar. Martisning aytishicha, finikiyaliklar o‘zlarining yozuvini yamaniy arab yozuvi asosida bino qilganlar. Yunonlar esa finikiyaliklardan olgan, o‘z o‘rnida rimliklar yunonlardan olgan. Dunyoda kitobatni ular qo‘lga kiritganlar va mana shu e’tibor bilan ular yozuv madaniyatiga asos solgan”[11].

Ibn Xaldun muqaddimasining ‘‘Xat va kitobat insoniyatning kashfiyotlaridandir’’ (“Fasl annal xatto val kitobota min adodis sino’il insoniyati’’) bobida shunday deydi: “Arab xati Tabobi’alar[12] davlatida benuqson va afzallikda maromiga yetib bo‘lgan edi.  Bu davlat madaniylashib, dabdabali hayot kechira boshlagach, u “xat al-humyariy” deb atala boshladi va Oli Munzir davlatidan bo‘lgan tabobi’aning aslzodalari Iroq yerlari bilan arab  mulkini kengaytirgach bu xat Hiyraga ko‘chdi. Biroq ularning yozuvlari tabobi’alarnikichalik a’lo darajada emas edi.

Toif va Quraysh ahli yozuvni Hiyraliklardan o‘zlashtirganlar. Aytilishicha, Hiyraliklardan kitobatni o‘rgangan kishi Sufyon ibn Umayyadir. Yana bir rivoyatda bu kishi Harb ibn Umayya bo‘lgan va u kitobatni Aslam ibn Sadradan o‘rgangan, deyiladi. Mana shu haqiqatga yaqin gapdir. Hijoz ahli kitobatni Hiyradan, ahli Hiyra esa tabobi’alar va Humyardan o‘rganganlar, degan so‘z eng munosib so‘zdir. Humyarliklarning yozuvi musnad deb atalgan va harflari bir-biridan ajralib yozilardi. Ular yozuvlarini o‘zlaridan boshqa hech kimga o‘rgatmas edilar”[13].

_________________________

Arab yozuvidagi yozma merosda hujjatlarning o’ziga xos o‘rni bor. Hujjatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot, davlatchilik tarixi va madaniyat tarixi, ayniqsa yer-suv munosabatlari, yer egaligi, soliqlar tizimi, huquqiy normalar, tarixiy yodgorliklar, elchilik munosabatlari, savdo, hunarmandchilik, ta'lim va tarbiyaga oid masalalar kabi turli muammolarni tadqiq etishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. XX asrda olib borilgan ishlar (hujjatlarni ro‘yxatga olish, tavsiflash tadqiq etish va kitob hamda kadaloglar shaklida chop qilish) o’zining ilmiy nastijalarini berdi. Natijada IX- XX asr boshlari O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha ko’plab hujjatlar o’rganib chiqildi va chop etildi.




Download 37,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish