1-sinf Matematika test.
1 .Dokonda 80 qop un bor edi. Tushgacha 30 qop, tushdan kiyen 20 qop un sotildi. Do’konda sotilmagan necha qop un qolgan?
a ) 30 qop b ) 135 qop c ) 25 qop
2 . 90 30= hisoblang.
a ) 60 b ) 78 c )88
3 . 60 - 40 = hisoblang
a ) 18 b) 20 c) 15
4 . ) 35 sm 20 sm = hisoblang.
a )25 cm b ) 15 sm c ) 20 sm
5 . Oldin bir xonali, keyin ikki xonali sonlarni osish tartibida joylashtirilgan qatorni toping.
a ) 6, 8, 10, 11, 18, 25
b ) 6, 8, 11, 10, 25, 18
c ) 6, 10, 8, 11, 18, 25
6 . 6+9 + 2 = hisoblang.
a ) 17 b ) 18 c ) 12
7. Zilolada 10 ta sharcha bor edi, akasi unga yana 9 ta sharchani berdi. Zilolaning sharlari nechta boldi?
a ) 6 b) 12 c ) 19
8 .Birinchi kesma uzunligi 18 sm, ikkinchi kesma birinchi kesmadan 6 sm qisqa.Ikkinchi kesma uzunligini toping.
a ) 12 sm b ) 15 c ) 9 sm
9 .Maqolni ichidan sonni toping: yetti o‘lchab bir kes.
a ) 6, 1 b ) 7,1 c ) 6,2
10 .10, 20 , 30, , , , , 80 qolib ketgan sonlarni toping.
a ) 40, 50, 60, 70 b ) 30, 40, 50, 70 c ) 50, 60, 70, 80
Test O’qish (1-sinf )
1.Vatan bu-?
a)kindik qoni to’kilgan tuproq b)a,c javoblari to’g’ri c)uyimiz
2. She’rdagi tushib qolgan so’zlarni toping:
Mushukkinam mitti Mosh,
Shirin sut mushukka osh.
Olma bersam ….
Non yeyishni ….
a) yeydi, yemaydi b) o’ynaydi, kuladi c) yemaydi, bilmaydi
3.She’rning nomini toping.
Ona borki,
Bola bor.
Ona borki,
Alla bor.
Ona borki,
Olam bor.
a) Olam b) Bola c) Ona
4. Kasblar berilgan qatorni toping.
a) shifo,dard,davo b) o’qituvchi,o’qish,o’quvchi c) fazogir,haydovchi,shifokor
5. Kitob bu-?
a) eng yaqin do’stimiz b) o’quv quroli c) shirinlik
6.O’rdak, kurka, xo’roz, g’oz, tovuq-bular nima?
a) hayvon b) parranda c) qushlar
7.O’zbekiston poytaxti qaysi shahar?
a) Toshkent shahri b) Sirdaryo shahri c) Samarqand shahri
8.Maqolda tushib qolgan so’zni toping? Qor yog’di-.... yog’di.
a) don b) non c) baraka
9.Topishmoqni javobini toping
Tunda ko’rib cho’g’ deysan ,
Tongda ko’rib yoq deysan.
a) oy b) yulduz c) chiroq
10. Harf birikmalarini toping
a) sh, ch, ng, (tutuq belgisi) b) sh,ch,ng c) sh,g, q
1 sinf. Ona tili. Test sinovi.
1. Nima bo‘g‘inlarga bo‘linadi?
a) so‘zlar b) gaplar d) tovushlar.
2. Nima bo‘g‘in hosil qiladi?
a) unli harflar b) undosh harflar d) undosh tovushlar.
3. Olmaxon so‘zini to‘g‘ri bo‘g‘inlang.
a) olma- xon b) ol- ma – xon d) olm- a- xon.
4. Bog‘bon so‘zi qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
a) kim? b) nima? d) qanday?
5. Mehnat qilgan rohat ko‘radi. Bu nima?
a) maqol b) topishmoq d) masal
6. Ikki bo‘g‘inli so‘zni toping.
a) qaldirg‘och b) kaklik d) boyo‘g‘li
7. Men maktabga bormadim.
Bu qanday gap?
a) so‘roq gap. b) darak gap. d) undov gap.
8. Bosh harf bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlar qatorini toping.
a) Bo‘ri, Ot b) Atirgul, Lola d) Shahrisabz, Xiva
9.Kosa, qoshiq, piyola, pichoq, qozon. Ushbu so‘zlarning umumiy nomini toping.
a) oshxona anjomlari b) uy anjomlari d) uy-ro‘zg‘or anjomlari
10. Berilgan so‘zlardan shaxs nomini toping.
a) parta, gul, o‘qituvchi, mushuk.
b) tovuq, shahar, yo‘lbars, pakana.
d) uchuvchi, gilamdo‘z, bog‘bon, tikuvchi.
11. Shirin olma, achchiq qarmdori, sho‘r bodring,
mazali tort, oppoq qor so’zlaridagi narsa nomini toping.
a) shirin, achchiq, sho‘r, mazali tort , oppoq qor.
b) olma, garmdori, bodring, tort, qor.
d) olma, achchiq garmdori, oppoq qor, mazali tort.
12.Mazmuni noto‘g‘ri gapni toping.
a) Bahorda dala ,qirlar oppoq qor bo‘ladi.
b) Baliq suvda yashaydi.
d) Haydovchi mashina haydaydi.
13. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni toping.
a) katta, qora, oq. b) qayshi, ikna, ib d) amma, xola, uka.
14.Alifbo tartibida yozilgan so‘zlarni toping.
a) echki, fil, gul, handalak, ilon.
b) olma, sabzi, varrak, sher, g‘oz.
d) chumoli, quyon, non, mushuk, jo‘ja.
15.Qaysi qatordagi so‘z noto‘g‘ri yozilgan?
a) Alisher Navoiy b) O‘qish Kitobi d) Dilbek Mirzayev.
Do'stlaringiz bilan baham: |