ARAB YOZUVI — . Gʻarbiy Osiyo, Shim. Afrika mamlakatlarida qoʻllaniladi. Oʻngdan chapga tomon yoziladi va oʻqiladi. Arabistonda mil. 4-a. gacha amalda boʻlgan oromiy yozuvi asosida paydo boʻlgan. Hoz. Arab yozuvida 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor. Ara. yozuvi ning oddingi shakli kufiy yozuv deb atalgan. Furot daryosi yoqasida joylashgan Kufa sh. olimlarining bitiklari bunga asos boʻlgan. Arab yozuvida 12 ta yordamchi belgining kashf etilishi, harflarni birbiridan farq qildiruvchi nuqtalarning qoʻllanishi, ularning miqdori va joylashuvi, yaʼni ustki yoki ostki nuqtalar boʻlishining tayin etilishi bevosita Qurʼoni Karim bilan bogʻliq. Islomshunos olimlarning guvohlik berishicha, islom yuzaga kelib tarqalgunicha arablarda qoʻllanilgan yozuv hijoziy deb atalgan, uni qurayshiylardan Harb ibn Umayya oʻrgangan va oʻrgatgan. Bu ham aslida anboriy-himyoriy yozuv turi boʻlib, Hijozda tapqalgan Qurʼoni Karim ilk oyatlari shu yozuvda bitilgan. Abu Bakr sahifalari, Usmon musʼhaflari turli yordamchi shakl va nuqtalardan xoli yozilgan, unga juzʼlar, hiztlar va b. koʻrsatkichlar alomati qoʻyilmagan. Qurʼoni Karim va b. yozma asarlar kufiy yozuvda ham bitila boshlandi. Chunki bu yozuv oldingisiga qaraganda mukammal edi. Islomning Ajam mamlakatlariga ham yoyilishi yozuvda qisqa unlilarning boʻlishini zaruratga aylantirdi. Natijada mil. 688-y. da Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul Asvad Duvaliyga nahv (sintaksis) darsligi yaratishni buyurdi. U qisqa unlilarni (a, i, u) harf ustiga, ichiga va ostiga nuqta qoʻyish bilan belgiladi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid ibn Abdul Malik Marvon davrida amalga oshirildi.
Ibn Xallikon A«t-tasʼhif» («Notoʻgʻri talaffuz») kitobida shunday yozadi: odamlar qirq yildan ziyod, to Abdul Malik ibn Marvon zamonigacha Usmon musʼhaflarini oʻqishda davom etdilar. Iroqda notoʻgʻri talaffuz qilish kuchayib ketgandan soʻng, Hajjoj oʻz kotiblariga shakli oʻxshash harflarni bir-biridan ajratish uchun belgilar tayin qilishni buyurdi. Nasr ibn Osim bu vazifani oʻz zimmasiga oldi. Natijada, arablar hijriy 1-a. 2-yarmidan, yaʼni umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qoʻllay boshladilar. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi.
Maʼlumki, VII asr oʼrtalarida islom dini vujudga keldi. Аrablar boshqa davlatlar qatori Oʼrta Osiyo, Kavkaz boʼylab \am harbiy yurishlar qildilar va pirovardida mazkur oʼlkalarning katta xududlarini bosqinchilik yoʼli bilan qoʼlga kiritdilar. Natijada, UTT1 asrning oxirlariga kelib katta hududni oʼzida mujassamlashtirgan, turli tilda soʼzlovchi xalqlardan iborat arab imperiyasi vujudga keldi. Bu davrlarda
Markaziy Osiyoda arab xalifalsh ining hukmronligi va islom dini kattiq oʼrnashdi. Buning natijasida qadimiy maʼnaviyat, din, madaniyat,yozuvlarga hamda olimu ulamolarga qarshi keskin kurashlar avj oldi. Xorazm, sugd, turk, kadimiy uygʼur, oʼrxun-enisey kabi eng qadimiy yozuvlar siqib chiqarildi. Аrab yozuvi VIII asrdan boshlab Oʼrta Sharq xalqlari uchun ilm-fan va davlat ishlarida yagona rasmiy yozuv sifatida hukmronlik qila boshladi. Bu ahvol 100 yillar chamasi davom etdi. IX asrga kelib Markaziy Osiyoda arab xalifaligining taʼsiri susaydi va oxir oqibat u mustaqillikka erishdi, lekin bu uzoq davom etmadi. Markaziy Osiyo doimo jahon xalqpari diqqat eʼtiborida boʼlib kelgani sabab, endi bu yerlarda somoniylar, xorazmshohlar, gaznaviylar, saljuqiylar, qoraxoniylar davlatlari faoliyat yurita boshladi. Natijada, Markaziy Osiyoda arab, fors va turkiy tillar keng tarqaldi. Bu davrda, ayniqsa, fors tilining mavqei kuchayib, u arab tilining oʼrnini egallay boshladi. Davlat hukmdorlari turkiy qavmdan iborat boʼlishiga qaramay, turk tili omma oʼrtasida oddiy muomala tili boʼlib qoldi. Nihoyat, X1U-XU asrlarda Temuriylar davlatining barpo etilishi natijasida arab tili bilan bir qatorda forsiy va turkiy tillarning ham mavqei kuchaydi. Аrab tilidan din va fan tili sifatida, fors va turkiy tillardan koʼproq ilm, badiiy adabiyot va sanʼat sohalarida istifoda etildi. Koʼrinadiki, IX asrdan to XX asr boshlarigacha, taxminan ming yildan ortiq boʼlgan davrda Markaziy Osiyo xalqlarining ilm-fan, maʼnaviyat, madaniyat sohasidagi buyuk merosi bizgacha asosan arab va fors, turk tillarida, arab imlosida bitilgan qoʼlyozma kitoblar shaklida yetib kelgan. Аna shu bebaho va nodir qoʼlyozma kitoblar tufayligina Markaziy Osiyo xalqpari avlod-ajdodlari qoldirgan madaniy merosdan bahramand boʼlganlar. Аna shu qoʼlyozmalar tufayligina Markaziy Osiyoda har bir xalq, har bir millat oʼzlarining milliy tarixlariga ega boʼlganlar. Shu qoʼlyozmalar tufayligina Markaziy Osiyo xalqlari jahon madaniyati tarixi taraqqiyotiga oʼzlarining muhim hissalarini qoʼsha olganlar. Hozirda ona tilimizga Davlat maqomi berilganligi, uning xalqaro miqyosda obroʼ-eʼtibori ortib borayotgani, hayotimizning kundan-kunga ravnaq topayotgani ana shu qoʼlyozmalar orqali yetib kelgan oʼtmish merosimizni har tomonlama oʼrganish, ular sahifalaridagi xalqimizning oʼtmish hayoti, ijtimoiy-snyosiy, axloqiy, maʼnaviy tafakkuri bnlan bogliq qimmatli maʼlumotlarni toʼitash va gadqik ttish, kichikarlp voqealar, tarixiy qaqiqatlarnn aniqlash bshin bogʼliq boʼlgan muammolarni tezlik bilan hal etish vazifasini qoʼyadi.
Mustaqillik xalqimizning madaniy, maʼnaviy taraqqiyotiga keng yul ochib bergan bugungi kunda madaniy merosimieni, uning asosiy kaliti boʼlgan arab imlosiga asoslangan eski oʼzbek yozuvini jadallik bilan oʼrganishimiz lozim. Zero. hozirgi zamon oʼquvchisi, ayniqsa, boʼlajak adabiyot, tarix. til mutaxassislari oʼz xalqi tarixini, tili tarixini, falsafiy fikrlar taraqkiyoti tarixini yaxshi bilishi, idrok etishi, his qilishi uchun eski oʼzbek yozuvini puxta egallagan, bu yozuvning oʼziga xos xususiyatlaridan xabardor boʼlgan boʼlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |