4. Mavzu : Arab yozuvining paydo bo`lishi. Arab yozuvida o‘tkazilgan isloxotlar reja



Download 37,05 Kb.
bet5/7
Sana16.01.2022
Hajmi37,05 Kb.
#372833
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 (2)

Eski oʼzbek yozuvida arab yozuvining, arab alifbosidagi barcha harflarning yozilish xususiyatlari, ularning qanchasi nechta shaklga ega boʼlishi, oʼzidan keyingi harfga qoʼshilib yoki qoʼshilmay yozilishi holatlari va boshqalar arab yozuvidagidek aynan qabul qilingan. Аlifboda harflar soni 32 taga yetgan boʼlsada, ularning asosiy shakllari 18 tani tashkil etadi, xolos; koʼp harflar bir-biridan ustiga yoki ostiga qoʼyiladigan nuqtalar bilangina farqlanadi.

Xorazm shoyi (ipak) puli

Eski oʼzbek yozuvida sof oʼzbekcha (turkiy) soʼzlardagi deyarli barcha unli va undosh tovushlar alohida harflar orqali ifodalanadi. Biroq oʼzbek tilidagi arab va fors tilidan oʼzlashgan soʼzlarda undosh tovushlar va o, u, i choʼziq unlilarigina yoziladi; qisqa unlilar talaffuz etilsada, ular alohida harfga ega boʼlmaydi. Yozuvda aks etmaydigan qisqa unlilarni va boshqalar fonetik holatlarni koʼrsatish uchun esa harakatlar deb ataladigan va tegishli undoshlar ustiga yoki ostiga qoʼyiladigan 10 dan ortiq yordamchi belgilar: fatha, kasra, zamma (forscha nomlari: zabar, zer, pesh), tanvin, madd, tashdid, hamza va boshqalar mavjud.

Eski oʼzbek yozuvida «alif» harfbelgisi asosan o, a tovushlarini, arabcha soʼzlar boshida esa, qaysi harakat qoʼyilishiga qarab, u, i, e tovushlarini ham bildirgan; (vov) harfbelgisi v undoshini, shuningdek, oʼzbekcha soʼzlar oʼrtasida u, oʼ unlilarini bildirgan; «yoy» harfbelgisi y undoshini hamda soʼz oʼrtasida i, e unlilarini bildirgan; harf birikmasi oʼzbekcha soʼzlar boshidagi u, oʼ tovushlarini, harf birikmasi esa oʼzbekcha soʼzlar boshidagi i, e unlilarini ifodalash uchun joriy ztilgan. Аrab tilida portlovchi boʼgʼiz tovushini ifodalovchi «ayn» harfbelgisi eski oʼzbek yozuvida arabcha soʼzlarni yozishda anʼana sifatida alifbo qatoridan oʼrin olgan: u alohida tovush tarzida emas, balki oʼzidan keyin turadigan yoki oʼqiladigan choʼziq va qisqa unlilar bilan qoʼshib talaffuz qilinaveradi.

Eski oʼzbek yozuvi 1920-21 yillarda bir qancha oʼzbek ziyolilari, jumladan, Fitrat boshchiligidagi “chigʼatoy gurungi” aʼzolari tomonidan jiddiy isloh qilindi. Bunda oʼzbek adabiy tilida mavjud boʼlgan 6 ta unli tovush uchun maxsus harflar joriy qilindi, faqat arabcha soʼzlardagina uchraydigan, oʼzbek tili uchun yot boʼlgan harflarni alifbodan chiqarish, harfining qoʼllanishini chegaralash haqida qaror qabul qilindi. 1921 yil yanvarda boʼlib oʼtgan Tilimlo qurultoyining materiallari ana shu islohga amal qilib nashr etilgan dastlabki kitob boʼldi. Shuni aytish kerakki, mazkur islohgacha eski oʼzbek yozuvida imlo, yaʼni soʼzlarning toʼgʼri yozilishida, diakritik va punktuatsion belgilarning ishlatilishida izchillik, barqarorlik boʼlmagan. Isloh natijasida yuqoridagidek kamchilik va nuqsonlar maʼlum darajada bartaraf boʼldi.

Oʼzbek yozuvi 1929 yilda lotin grafikasi, 1940 yilda rus grafikasi asosida shakllantirilgach, eski oʼzbek yozuvini oʼqish-oʼrganish nihoyatda sustlashdi, hatto bunga qarshiliklar ham boʼldi; uni biluvchilar doirasi ancha toraydi. Oʼzbekiston mustaqillikka erishgach, bu yozuvni oʼrganishga keng imkoniyatlar berildi, uni oʼrganish boʼyicha maxsus kurslar tashkil etildi. Oʼzbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosini joriy etish toʼgʼrisida”gi qonunida ham arab alifbosini, yaʼni eski oʼzbek yozuvini oʼrganish va undan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinishi alohida qayd etilgan



Download 37,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish