4-maruza. Viruslarning tabiati haqida tushuncha. Reja



Download 85,5 Kb.
bet1/6
Sana17.04.2022
Hajmi85,5 Kb.
#557994
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza.Viruslarning tabiati haqida tushuncha[1]


4-maruza.Viruslarning tabiati haqida tushuncha.
Reja:

  1. Viruslarning tabiati.

2.Virionning kimyoviy tarkibi
3.Viruslar reproduksiyasi
4.Viruslar taksonomiyasi va tasnifl
Viruslarning tabiati to’g’risida bir qancha gipotezalar bor. Birinchi gipotezaga muvofiq, viruslar hujayraviy tuzilishga ega bo’lmagan sodda formalardan kelib chiqqan deyiladi. Ikkinchi gipotezaga muvofiq, viruslar degeneratsiyaga uchragan mikroorganizmlardir deyiladi. Uchinchi gipotezaga muvofiq, viruslar hujayra komponentlarining hosilasidir deb tushuntiriladi.
Viruslar boshqa organizmlar singari bir xil tipdagi molekulalardan tashkil topganligi bioximiyaviy tekshirishlarda isbotlangan. Boshqa organizmlarga qaraganda viruslarning genetik jihatdan moslanishi yuqori turadi, ehtimol genomi kichik, replikatsiya darajasi yuqori bo’lganligi uchun shundaydir.
Hayvonlar virusi ham yuqori darajadagi genetik moslanish xususiyatiga ega, ularda komplementatsiya, rekombinatsiya, psevdorekombinatsiya, satelitizm uchraydi.
SHunday qilib, viruslar hujayrasiz organizmlar bo’lib, boshqa organizmlardan shakli, xususiyatlarining turli - tumanligi, bu virusning har xil organizmlarda turli kasallik alomatlarini namoyon qilishi va ular tarkibida faqatgina bir xil tipdagi nuklein kislotasi uchrashi bilan farq qiladi. U o’zida modda va tirik organizm xususiyatlarini namoyon etadigan va faqat tirik to’qimadagina ko’payadigan hayot formasidir. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda viruslarni tarifini quyidagicha keltirish mumkin bo’lsa kerak:
“Viruslar organizm, hatto o’ta kichik organizm - mikroorganizm ham bo’lmagan, minimal organizmlar bo’lgan mikoplazmalar, rikketsiylar va xlamidiylar kabi o’z oqsil sintezlovchi sistemalariga ham ega bo’lmagan, nuklein kislotasining sintezi har xil darajada hujayraga bog’liq bo’lgan, hujayra oqsil sintezi va energetik sistemasiga esa to’la bog’liq bo’lgan va mustaqil evolyutsiyaga uchraydigan, avtonom genetik strukturalar bo’lib, tabiatning mikroskopik molekulalarga yaqin qilib yaratgan, o’ziga xos parazitlik qilib yashaydigan, xilma-xil, ko’p sonli guruhlarga ega va Vira saltanatiga birlashgan hayotning hujayrasiz formasidir”.
Viruslar - bu mustaqil genom (DNK yoki RNK) tuzilishiga ega bo’lgan, tirik organizmda yoki hujayra kulturalarida ko‘paya olish (reproduksiya) va moslashish (adaptasiya) hamda o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga ega bo’lgan hayotning hujayrasiz shaklidir.
Hozirda odamlar, umurtqali hayvonlar, qushlar, baliqlar, o‘simliklar va mikroorganizmlami zararlovfhi viruslar juda ko‘p uchraydi.
Viruslar boshqa mikroblardan mutlaqo farq quK'; va alohida - Vira podsholigiga kiradi. \
Viruslarning xususiyatlari:

  1. Viruslarda sitoplazma, yadro, mitoxondriya va ribVma kabi organellalar yo‘q, shuning uchun ularda hujayraviy jarayon oCHpk. di.

  2. Viruslar o‘z tarkibida genom vazifasini bajaruvchi faqatX ‘ya

nuklein kislota (DNK yoki RNK) tutadi. ^

  1. Viruslarning xususiy oqsil sintezlovchi va energiyan boshqaruvchi tizimi yo‘q, ya’ni to‘liq xo'jayin hujayrasiga bog‘li( bo‘lgan genetik darajadagi qat’iy hujayra ichi paraziti hisoblanadi.

  2. Viruslar dis’yunktiv usulda ko‘payadi va sezuvchan hujayrad reproduksiyalanadi, bunda u xo‘jayin hujayra resurslari va biosintetil tizimlaridan foydalanadi.

Viruslarning 2 xil ko‘rinishi farqlanadi - hujayradan tashqaridag va hujayra ichi virusi.
Hujayradan tashqaridagi virus fanda virion deb nomlanadi (esk adabiyotlarda nomlanishi - virusli bo'lakcha). Bu hayot faoliyatir namoyon etmaydigan yetilgan virus ko‘rinishidir. Virion virusni tashc muhitda saqlash va uni bir organizmdan boshqa bir organizmga hamd„ bir hujayradan boshqa bir hujayraga o‘tkazish vazifasini bajaradi.
Hujayra ichi virusi — vegetativ virusdir. U zararlangan hujayrada reproduksiyalanadi, produktiv infeksiyani qo‘zg‘atadi, virionning yangi avlodi shakllanadi va natijada hujayra halok bo'ladi. Reproduksiya jarayoni tugallanmasdan ham qolishi mumkin, bunda virion hosil bo‘lmaydi va abortiv infeksiya kelib chiqadi.
Ay rim viruslar o‘zining genetik material ini xo‘jayin hujayra xromosomasiga provirus ko‘rinishida o‘tkazish qobiliyatiga ega. Provirus bo’linish jarayonida hujayra xromosomasi bilan birgalikda replikasiya qilinadi va yangi qiz hujayraga o‘tadi. Virusli infeksiyaning bunday shakli integrativ deb nomlanadi va uzoq vaqt saqlanishi yoki yana produktiv infeksiyaga aylanishi mumkin.
Viruslar o‘lchami juda kichik, ya’ni 20 nm dan 300 (350) nm gacha bo'ladi.
Ular sferik (sharsimon), ko‘p qirrali, tayoqchasimon, o‘qsimon, ipsimon, to‘g‘nog‘ichsimon shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Tuzilishi bo‘yicha oddiy (qobiqsiz) va murakkab (qobiqli) viruslar farqlanadi. Ikkalasining ham markazida nuklein kislota (DNK yoki RNK) molekulasi joylashadi va uni oqsil qobiq - kapsid o‘rab turadi. Bunday tuzilma — nukleokapsid deb nomlanadi.

Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish