Viruslar taksonomiyasi va tasnifl
Viruslarning zamonaviy tasnifl universal hisoblanib, odam va umurtqali hayvonlar, umurtqasizlar, sodda hayvonlar, o‘simliklar, zamburugMar va bakteriyalami zararlovchi viruslami o‘z ichiga oladi. Avval aytib o'tilganidek, viruslar alohida «Vira» - podsholigiga ajratilgan.
Viruslar tasnifl va taksonomiyasi yangi olingan maMumotlar asosida doimo toldirilib boriladi.
Bu soha bo‘yicha Viruslar Taksonomiyasi bo‘yicha Xalqaro Tashkilot - VTXT (International Committee on Taxonomy of Viruses - ICTV) yetakchi tashkilot bo‘lib hisoblanadi va u Butun Dunyo SogMiqni Saqlash Tashkiloti bilan bevosita aloqada bo‘ladi. Hozirgi vaqtda VTXK da 1550 xildan ortiq viruslar xususiyatlari yozilgan reestr tuzildi va ma’lumotlar bazasi - ICTVdB yaratildi. Viruslar taksonomiyasining zamonaviy tizimi Linney tasnifming prinsiplariga asoslanadi va quyidagi taksonomik mezonlardan iborat: tartib, oila, oilacha, avlod, tur.
Tartib - tartibni qayta ishlab chiqish ishi hali tugallanmagan. Tartib genomning turiga bogiiq ravishda virus oilalarini birlashtiradi va ulaming lotincha nomlanishga «-virales» qo‘shimchasi qo‘shiladi, masalan, Mononegavirales (bir ipli manfiy - RNK-genomli).
Oila - umumiy evolyusion kelib chiqishga ega bo‘lgan viruslar guruhlaridan (avlodlardan) tashkil topadi. Oilani ko'rsatish uchun «- viridae» qo‘shimchasidan foydalaniladi, masalan Orthomyxoviridae.
Oilacha - bir oilaga kiruvchi viruslami o‘rganishda ulaming umumiy evolyusion kelib chiqishiga qarshi yangi ma’lumotlar olingan holatlarda bu takson qo‘llaniladi. Bunday oilalar oilachalarga yoki yangi oilalarga bo'linadi. Oilacha « - virinae» qo‘shimchasiga ega bo'ladi, masalan Herpesviridae oilasi 3 ta oilachaga bo’linadi: a-, (3-, y- Herpesvirinae.
Avlod - evolyusion kelib chiqishi umumiy va ko‘p xususiyatlari o‘xshash bo'lgan viruslardan iborat bo‘ladi. Avlodning nomlanishida «- virus» qo‘shimchasi bo‘ladi, masalan Enterovirus.
Tur - viruslaming avlod ichidagi bo‘limidir. Tur - bu nukleotid tarkibi o‘xshash va ma’lum bir ekologik muhitni egallovchi bir avlodga mansub viruslar yig'indisidir. Tumi nomlashda «-vims» qo‘shimchasi qo'shiladi, masalan Polioviras.
VTXT viruslaming nomlarini ishlab chiqadi, bunda ular keltirib chiqaradigan kasalliklari yoki simptomlari, ba’zida geografik nomlari va boshqalar hisobga olinadi. Masalan: Papillomavirus, Hepatitis V virus, Marburg vims, Epstein — Barr virus. Viruslaming nomlanishi Linneyning binar nomenklaturasiga mos kelmaydi, lekin nomlanishning asosiy vazifasi bo‘lgan -unifikasiyalashtirish bajariladi.
Viruslar turlari kenja tur, serovariantlar, genetik variantlar, shtammlar kabi hali rasmiy qabul qilinmagan bo‘limchalarga ham bo‘linadi.
Viruslarning tartib, oila, oilacha va avlodini aniqlash uchun asosiy mezonlar quyidagilar hisoblanadi:
virus genomining tashkiliy tuzilishi va turi
virus replikasiyasining strategiyasi
virionning tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |