Oddiy viruslar ichki oqsil bilan birikkan nuklein kislota va kapsiddan tashkil topgan, ya’ni nukleokapsiddan iborat.
Murakkab viruslarda nukleokapsid virionning o'zagi hisoblanib, ustki qismida superkapsid - tashqi qobiq bilan o‘ralgan.
Membrananing ikki lipidli qavatida virusga xos bo‘lgan oqsil — glikoproteinlar joylashgan bo‘lib, o‘simtalar ko‘rinishda tashqariga chiqib turadi. Bu glikoproteinlar - gemagglyutininlar, neyraminidaza, qo‘shiluvchi oqsil va boshqalardan iborat bo‘Iib, virionning hujayra reseptorlariga birikishiga va hujayraga kirishiga javobgar hisoblanadi. Ular antigenlik xususiyatiga ega (protektiv antigenlar). Ko‘plab murakkab viruslar superkapsidiga ichkaridan matriks oqsil qavati birikadi (M-qavat), ayrim viruslar boshqa qo‘shimcha tuzilmalarga ham ega (1-rasm).
3-rasm. Oddiy va murakkab viruslami tuzilish sxemasi
Himoya oqsil qobig‘i - kapsid bir xildagi oqsil subbirliklaridan tuzilgan. Kapsidning bunday tuzilishi kichik genomga ega viruslar uchun katta biologik ahamiyatga ega, chunki bunda genetik axborot kam sarfLanadi. Viruslar kapsidi oqsil subbirliklarining joylashishiga bog‘liq holda spiralsimon yoki kubsimon simmetriya tipida tuzilgan.
Spiralsimon simmetriya tipida vintsimon joylashgan nuklein kislota atrofida virus nuklein kislotasini mustahkam o‘rab turuvchi, oval simon struktur oqsil subbirliklari (protomerlar) joylashadi. Bunday simmetriya tipida ko‘p oqsil sarflanadi, lekin tuzilma o'zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Shakllangan nukleokapsid tayo qchasimon yoki ipsimon shaklida bo’ladi. Aynan shunday shaklga spiralsimon simmetriya tipidagi oddiy viruslar ega bo’ladi, masalan: tamaki mozaika virusi - tayoqchasimon, ayrim bakteriofaglar - ipsimondir. Odam va umurtqali hayvonlami zararlovchi viruslar orasida spiralsimon simmetriyali oddiy viruslar uchramaydi, bu viruslar asosan o'simliklarda uchraydi.
Spiralsimon simmetriya tipidagi murakkab viruslar (orto-; paramiksoviruslar va boshqalar) superkapsid bilan o'ralgan zich spiral yoki yumaloq ko‘rinishdagi nukleokapsidga ega bo‘ladi, shuning uchun virion doimo sferik shaklga ega bo‘ladi.
Kubsimon simmetriya tipida tuzilgan viruslar ko‘p qirrali - ikosoedr (yigirma qirrali) ko‘rinishini hosil qiladi.
Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakllarga ega kapsomerlardan tuzilgan. Nag bir kapsomer besh (pentomer) yoki olti (seksomer) struktur oqsil birliklaridan tashkil topadi. Kubsimon simmetriya asosida, kapsomerlar hosil qiladigan teng tomonli uchburchak kombinasiyasi yotadi. Bu esa, katta ichki bo‘shliqli yopiq sferik yuzaning shakllanishiga olib keladi.
Kubsimon simmetriyadagi kapsidda spiralsimon simmetriyadagiga nisbatan oqsil kam sarflanadi, natijada u mustahkam bo‘lmaydi va nuklein kislotani to‘liq himoya qila olmaydi.
Virus kapsidlari turli sondagi kapsomerlardan iborat, lekin bir turdagi viruslar uchun kapsomerlar soni doimiy bo‘ladi. Masalan: poliomielit virusi kapsidi 32 ta kapsomerdan, gepatit V virusi kapsidi 180 ta kapsomerlardan iborat.
Kubsimon simmetriyali oddiy viruslar ko‘p qirrali shaklda, superkapsid bilan o‘ralgan murakkab viruslar esa, asosan sferik shaklga ega bo‘ladi. Lekin murakkab viruslaming o‘qsimon, ipsimon, ovalsimon va parallelepiped (chechak virusi) shakllarga ega turlari ham bor. Viruslarda kapsidning simmetriyali tuzilishi ulaming hujayradagi reproduksiyasi jarayonida virionning yig‘ilishiga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |