Sakkizinchidan, jinoiy jazolarni liberallashtirish qonun ustuvorligini ta`minlashning muhim sharti bo’lib hisoblanadiki, biz mavzuni bayon qilish jarayonida bunga alohida to’xtalamiz.
To’qqizinchidan, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta`minlashda prokuror nazoratining roli katta. Prokurorlik nazorati faoliyatida qo’llaniladigan taqdimnoma, amrnoma, ogohnoma, qaror va arizalarning sifati va tahsirchanligining yanada yuqori bo’lishida 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Prokuratura to’g’risida»gi qonunda ko’zda tutilgan qonuniylik, odillik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan maqsad, xalqimiz ham, prokuratura xodimlari ham ushbu tamoyillarni aniq tasavvur etishlari kerak. Holbuki, fuqarolar har bir prokuratura xodimidan ushbu tamoyillarni ro’yobga chiqarishni talab qilish huquqiga ega. Prokurorlik nazorati olib borayotgan prokurorlar esa o’z faoliyatida shu prinsiplarga og’ishmay rioya etishi shart.
5.3.Hokimiyatlarning bo’linish tamoyili va kontseptual asoslari. Konstitutsiya va qonunlarda adolat hamda inson manfaatlarining ustuvorligi.
Davlatda hokimiyatning mavjud bo’lishi davlatning asosiy belgilaridan biri sanaladi. Davlatdagi mavjud hokimiyat (davlat hokimiyati) esa mahlum prinsip asosida taqsimlanadi, bo’linadi. Bu «davlat hokimiyatining bo’linish prinsipi» deb ataladi. Mazkur prinsipga ko’ra, davlat hokimiyati bir-biri bilan chambarchas bog’langan va ayni vaqtda, davlat hokimiyati mahlum mustaqillikka ega bo’lgan quyidagi uch shoxobchaga bo’linadi: qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyati (O’RK 11-modda). Davlat hokimiyatining bo’linish prinsipining jamiyatda amalda ro’yobga chiqarilishi, ya`ni, hokimiyatlar bo’linishining amalga oshirilishi har qanday davlatning demokratik xususiyatini belgilaydigan omillardan biridir. Davlat hokimiyatida vakolatlarning bo’linishi g’oyasi insoniyatning buyuk daholari tomonidan ilgari surilgan ilg’or tarixiy g’oyalardan biridir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Aristotelg’ bu g’oyani dastlab ilgari surganlardan biri bo’lgan11. XVIII asrning birinchi yarmiga kelib mazkur g’oya ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi. Bunda mashhur frantsuz mutafakkiri, huquqshunos va faylasuf SHarlg’ Lui Monteskg’e (1689—1755)ning xizmatlari kattadir. Uning «Qonunlar ruhi haqida» nomli asarida hokimiyatning bo’linish prinsipi asoslab berilgan.
5.2-rasm.
Davlat hokimiyatining bo’linish prinsipi davlat hokimiyati organlarining muvozanati va tengligini ta`minlaydi. Lekin buning uchun u maqsadga muvofiq joriy etilishi lozim. Mazkur prinsipning oqilona ro’yobga chiqarilishi orqali davlatda biror organ yoki shaxs tomonidan diktatura o’rnatilishining oldi olinadi, davlat boshqaruvi amalga oshirilishining ideal muvozanati ta`minlanadi, davlat organlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zamin tayyorlanadi.
Davlat hokimiyatining bo’linish prinsipi davlat hokimiyati organlarining kelishib, bir-birini nazorat qilib va o’zaro uyg’unlikda ishlashiga imkon yaratadi. SHuning uchun hokimiyatning bo’linish prinsipining karor topishi demokratik davlatga xos jihatdir. Rivojlangan va demokratiya qaror topgan davlatlarda bo’lgani singari O’zbekiston Respublikasida ham davlat hokimiyati uchga bo’lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |