A. A. Navoiy "Shoh G’oziy hikoyati" B. Ogahiy "Ogohnoma" C. Yusuf Xos Hojib "Qutadg’u bilig" D. A. Navoiy "Saddi Iskandariy"



Download 19,66 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi19,66 Kb.
#583935
Bog'liq
abituriyent test 4


Test
Ona tili va adabiyoti.
.1. Qaysi gapda ravish holi qaralmish vazifasida kelgan?
A. Dutor torlarining jarangi Zumradning tovushiga qo‘shilib ketdi. B. Osmondagi umid yulduziiga boqib, hayot chashmasini qidiraman. C.Yosh yigitning yuragiday qaynab, jo‘shib urib turgan zilol suvli buloqni ko‘z yoshi bulog’I deb ataganlari qiziq. D.Mana shu o‘yin- kulgilar,qo‘shiqlar va kuylar yoshlar va keksalarning diliga quvonch bag’ishlagan lola sayili yaqindagina bo‘lgan edi.
2.Bu yerda uzumzor va yong’oqzorlar ko‘p edi, … tog’ manzarasi ham boshqacha edi. Berilgan gapda tushirlgan bog’lovchi vositani aniqlang.
A. –yu B. ammo C. balki D. va
3. Vazifadosh bog’lovchi vazifasida kelgan modal so‘z qatnashgan gapni toping.
A. Balki quyosh kular ertaga, ochiladi gullar ertaga. B. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan bu noyob tortiq Toki avlodlarga yetolsin omon. C. Osmonni bulut qopladi-yu, yomg’ir yog’madi. D. Bu jarang-jurung ovozlar uning g’ashini keltirmas, balki xayolini chalg’itib unga orom bag’ishlardi.
4. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga- Roziyani avvalgiday go‘zal, shod ko‘rish niyatiga Sattor bir lahzada yetdi. Ushbu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan va unda nechta til undoshi mavjud?
A. to‘ldiruvchi,15ta B. hol,15ta C. to‘ldiruvchi,17ta D.ega 16ta
5. Shafqatsiz realizm ko‘rinishlarini o‘zbek romanchiligiga olib kirgan adib nomi qaysi qatorda to‘g’ri ko‘rsatilgan?
A. X. Do‘stmuhammad B. Cho‘lpon C. A. Muxtor D. O. Muxtor
6. Qaysi asarda zulm yonib turgan o‘tga, adolat esa ne’mat undiruvchi suvga qiyoslangan?
A. A. Navoiy “Shoh G’oziy hikoyati” B. Ogahiy “Ogohnoma” C. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” D. A. Navoiy “Saddi Iskandariy”
7.Ravish+ fe’l+ -ar qolipli otlashgan qo‘shma sifat qatnashgan gapni toping.
A. Agar bozordan gilos ko‘chat olgani borsang, eng ertapisharidan olgin. B. Bozordagi olibsotarlarnig qo‘ygan narxiga ishonadigan bo‘lsang, ho‘kizingni bergan o‘tingni narxiga ham sotolmaysan. C. Sotaman-u ketaman! Olmaning zo‘ri menda, tilyorar olmalar bor.D. Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar kishi.
8.Qizig’I shundaki, u otasining qarshiligiga qaramay eshonning ostonasiga bosh urdi. Ergash gapning kesimi haqidagi to‘g’ri hukmni toping.
A. olmosh bilan ifodalangan sodda kesim B. tovush orttirilishiga uchragan sodda kesim C. ibora bilan ifodalangan fe’l kesim D. fe’l bilan ifodalangan sodda kesim
9.Bosh hamda jo‘nalish kelishigidagi so‘zlarga qo‘shiladigan ko‘makchi qatnashgan badiiy uslubdagi gapni toping.
A. Komila o‘z xayollari og’ushida uy tomon asta odimlab borar, atrofdagi shovqinlar uning xayollarini buzmas, xuddi allalayotgandek bo‘lar edi. B. Ba’zan insonning asl basharasini bilish uchun bir soniyagina kifoya. C. Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas. D. Bizga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra jinoyatchilar uyushgan guruh bo‘lib, bundan bir necha yil oldin ham xuddi shunday jinoyat sodir etganliklari uchun qo‘lga olingan.
10. Fe’ldan yasalgan sifatlarni toping. 1) horg’in; 2) to‘shak; 3) ozg’in; 4) so‘lg’in; 5) bilim; 6) qavariq; 7)bo‘g’iq; 8)soliq
A. 1,3,4,6,7 B. barchasi C. 2,3,6,7,8 D. 1,3,4,5,6,7
11. Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqor, sabab, o‘rin, maqsad, payt haqida so‘roq bildiruvchi olmoshlar yordamida qanday olmoshlar hosil qilinadi?
A. gumon, belgilash B. belgilash, bo‘lishsizlik, gumon C. kishilik, so‘roq, belgilash D. so‘roq, bo‘lishsizlik, gumon
12. Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq onidir umr daftarin. She’riy parchada qatnashgan qator undoshli so‘zlar nechta hamda ular qanday sintaktik vazifa bajargan?
A. 3ta, aniqlovchi, kesim, to‘ldiruvchi B. 3ta, aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi C. 2ta, to‘ldiruvchi D. 3ta, aniqlovchi, to‘ldiruvchi.
13. Quyidagi gaplardan qaysi birida yordamchi so‘z+ yordamchi so‘z qolipidagi so‘z mavjud?
A. Uning orzulari bilan birga armonlari ham talaygina edi. B. Faqat o‘qituvchidan tanbeh eshitmaslik uchungina o‘qiydigan o‘quvchlar hech qachon bilimli bo‘la olmaydilar. C. Sen-la bog’liqdir orzu-yu umid hamda istaklarim. D. Uning xafaligi shungaki, biz u aytgandek yo‘l tuta olmadik.
14. Qaysi gapda ega va to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan olmosh mavjud?
A.O‘zining ovozi o‘ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi. B. – Shoshma, avval o‘zingga biroz qarab ol,- dedi yigit mehribonlik bilan,- uyingga o‘zim kuzatib qo‘yaman. C. O‘zim ham hayronman. D.Bu ishlarning barchasiga birdan- bir sababchi uning o‘zi.
15. To‘g’ri til tosh yoradi, egri til esa bosh yoradi. Berilgan gapdagi bog’lovchi vosita qaysi gap bo‘lagidan oldin kelgan?
A.kesimdan B. to’ldiruvchidan C. egadan D. gapda bog’lovchi vosita mavjud emas.
16. Saida Zunnunovaning iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya bitgan asari qaysi?
A. “Ona” B. “Bo‘ylaringdan o‘rgilay” C. “Surat bilan suhbat” D. “Salom senga”
17.Qaysi qo‘shma gap qismlari shart mayli vositasida bog’langan?
A. Aql - do‘st, jahl bo‘lsa dushman. B. Kim yaxshin o‘qisa, u ,albatta, niyatiga yetadi. C. Ot xo‘rsinsa, ko‘zidan yosh oqsa, bir falokat yuz beradi. D. Bo‘lsam edi dunyoning eng boyi, Bo‘lsam edi odamlarning joni.
18. Qaysi matnda voqea-hodisa oddiy va aniq bayon qilinadi?
A. ijodiy-tavsifiy matn B. sodda matn C. ma’lumotnoma matn D. murakkab matn
19. Gar kaklik oldirsa jo’ja bolasin,
Sayray-sayray izlamasdan bo‘lurmi?
Gar bulbul yo‘qotsa gulin, nolasin,
Hasratin so‘zlamasdan bo‘lurmi? Mahtumquli qalamiga mansub ushbu she’r yozilishiga nima sabab bo‘lgan?
A. o‘g’illarining o‘limi B. otasining vafoti C. do‘sti Abdullaning uzoqlarda daraksiz ketishi D. sevgan qizi Menglixondan ayrilishi
20.Bo‘sh, kamharakat, va qo‘rqoq Hasan tushkunlikka tushibdi. Berilgan gapda tagiga chizilgan so‘zlar o‘zi bog’langan so‘z bilan qanday birikmani hosil qilgan?
A. holli birikma B. aniqlovchili birikma C. to‘ldiruvchili birikma D. fe’lli birikma
21. Faqat yasama so‘zlardan tashkil topgan so‘z qo‘shilmalarini belgilang. 1) yaxshi-yu yomon; 2) issiq va sovuq; 3)chiroyli gapirmoq; 4) tinchlik va totuvlik; 5) achchiq va zararli; 6) supurgi bilan tozalamoq.
A. 3,6 B.1,3,6 C. 2,4,5 D.2,3,4,5,6
22.Azim va chuqur daryolar shovqinsiz oqadi, sayoz jilg’alar esa sershovqin oqadi, oqil va g’ayrtli kishilar kam gapirib, ko‘p ishlaydilar. Ushbu gapda naechta otli nechta fe’lli birikma mavjud?
A. 4ta fe’lli, 4ta otli B. 5ta otli, 4ta otli C. 5ta fe’lli, 5ta otli D.3ta otli, 5ta fe’lli
23. Qaysi gapda sodda, juft, qo‘shma otlar mavjud?
A. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, dadam Qipchoqlardan hovli topib keldilar. B. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham berdi.C. Ammam ko‘rpa-yostiq, amakim qozon-tovoq, boshqa tanish- bilishlarim choynak-piyola deganday, har kim baholi qudrat qarashib, o‘sha hokiga ko‘chdik. D. Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o‘rikning bir shoxi egilib turardi.
24.Kunlar isib, daraxtlar kurtak yozib, qushlar, qurt-qumursqalar harakatga kelib qoldi. Gapdagi lug’aviy hamda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang?
A. 9 t lug’aviy shakl yasovchi, 1 ta sintaktik shakl yasovchi B. 8 ta lug’aviy shakl yasovchi, 1 ta sintaktik shakl yasovchi C. 7 ta lug’aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi D. 4 ta lug’aviy shakl yasovchi,5 ta sintaktik shakl yasovchi
26.Nuri giloslar ostiga qo’yilgan panjaralari ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan katta yog’och karavotga qalin ko‘rpacha yoyib, xayol surib o‘tirardi. Gapning morfologik tahlili to‘g’ri berilgan javob qaysi?
A. ot, ot, ko‘makchi, fe’l, ot, ot, ot, ko‘makchi, fe’l, sifat, ot, ot, sifat, ot, fe’l, fe’l,fe’l; B. ot, ot, ko‘makchi, fe’l, ot, sifat ot, ko‘makchi, fe’l, sifat, sifat, ot, sifat, ot, fe’l, fe’l,fe’l; C. ot,ot, ot, fe’l, ot, sifat, ot, ko’makchi, fe’l, sifat, ot, sifat, ot, fe’l, fe’l, fe’l; D. ot,ot, ot, fe’l, ot, sifat, ot, ko’makchi, fe’l, sifat, ot, sifat, ot, fe’l,ot, fe’l, fe’l.
27. Tarkibida ham so‘z yasovchi, ham lug’aviy shakl yasovchi qo‘shimcha mavjud bo’lgan so‘z qatnashgan gapni toping.
A. Biz amaliyotda mashinasozlik institutiga bordik. B. Kutubxona kitoblarini vaqtida topshirmagan talaba jazolanadi C.”Zakovat” - bilimdonlar bellashuvi. D. Farzandlarimiz bizdan ko‘ra bilimli, zakovatli va albatta, baxtli bo‘lishlari zarur.
28.Muhayyo, Surayyo, Ra’no va Muqaddas atlas tiktirish uchun chevarnikiga borishdi. Berilgan gapdagi otlar haqidagi to‘g’ri fikrni toping.
A. 5 ta shaxs oti, 1 ta narsa oti B. 4 ta shaxs nomi, 1ta narsa nomi, 1ta shaxs oti C. 5 ta shaxs oti, 1ta narsa nomi D. 4 ta shaxs nomi, 1ta shaxs oti, 1ta narsa oti.
29.X. Dehlaviy “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi asarlar qaysilar?
1) “Matla’ ul-anvor” 2) “Haft paykar”; 3)”SHirin va Xusrav”; 4) “Majnun va Layli”; 5) “Hasht behisht”; 6) “Haft paykar”; 7)”Oyinayi Iskandariy”; 8)”Haft avrang”; 9)”Xiradnomayi Iskandariy”
A.1,3,4,5,7 B.1,2,3,4,7 C.1,3,4,7,8 D. 1,2,3,4,9.
30.”Qisasi Rabg’uziy”da “insonning ichini yondiruvchi, uni tubanlikka boshlovchi va oxir-oqibat yuzini qora qilguvchi o‘t” deb aytilgan narsa nima?
A.kibr B. hasad C. nafs D. yolg’on so‘zlash
31.O‘. Umarbekov o‘z badiiy ijodini qaysi janrdagi asarlar yozishdan boshlagan?
A.qissa B. ocherk C. she’r D. hikoya
32. XX asr o‘zbek adabiyotidagi masalchilar kimlar?
1) A. Avloniy; 2) Z. Diyor; 3) Y. Qurbon; 4) S. Abduqahhor; 5) Q. Hikmat; 6)H. H. Niyoziy; 7)M.Xudoyqulov; 8) Q. Muhammadiy
A.1,3,4,5,6; B.1,2,3,4,5,6,7; C. 1,2,3,4,6,7; D.2,3,4,5,6,7
33.Berilgan ijodkorlar va ularning asarlari muvofiq javobni toping.
1.Mirkarim Osim; 2. A. Taroziy; 3.O’.Umarbekov; 4)H. Xorazmiy; 5)Mirmuhsin. a) “Funun ul-balog’a”; b)”Yangi ariq”; c) “Gulshan ul- asror”; d) “Oqsoqol”; e) “Irmoqlar”
A.1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-e. B. 1-b, 2-a, 3-d, 4-c,5-e. C.1-e, 2-a, 3-d,4-c,5-b. D. 1-b,2-a,3-e,4-c, 5-d.
34. “Dunyodagi barcha mavjud hodisalarning sirini hech bo‘lmasa yuzakiroq bo‘lsa ham bilmaslik - bu odamgarchilikdan emas”. Ushbu fikrlar qaysi asarda keltirilgan?
A. A. Navoiy “Mahbub ul- qulub” B. Abay “Naqliya so‘zlar” C. A.Avloniy “Turkiy guliston yohud ahloq” D.Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”
35.Antuan de Sent Ekzyuperi o‘zining qaysi romanida zamon va insonlar haqidagi o‘ylarini bayon qilgan?
A.”Kichkina shahzoda” B. “Tungi parvoz” C. “Uchuvchi” D. “Erkaklar zamini”
36.E’timod so‘zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda to‘g’ri ko‘rsatilgan?
A. ishonch B. samimiyat C. ishonch yorlig’i D. hurmat

M. Ashurova



Download 19,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish