4-Ma'ruza. Biogeotsenozlar va ekotizimlar Asosiy savollar: l. Biogeotsenoz(V. N. Sukachev) va ekotizim(A. Tensli) kabi tushunchalar nisbati



Download 53,06 Kb.
bet9/20
Sana24.01.2022
Hajmi53,06 Kb.
#406752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
SEMENAR 4

2.Plankton («planktos»-adashib yuruvchilar). Bular tcz faol harakatlaymaydigan organizmlar. Ular oqimga qarshi tura olmaydilar. Suv qatlamida uning oqimi yoki to‘lqinlari ta'sirida harakatlanadi. Bular asosan mayda hayvonlar - zooplankton, (kichik qisqichbaqasimonlar) bir hujayrali suv o‘tlari - fitoplanktonlardir (yashil, ko‘k-yashil, diatom suv o‘tlari). Plankton organizmlar suv yuzasida yoki chuqurlikda hattoki tubida joylashadilar.

Suv yuzasida joyiashganlari -Z.Neyston (suzuvchi) masalan: chivinlar, uning lichinkalari kiradi ; 4.tanasining yarim qismi suvda. qolgan yarmi suv yuazsida joyiashganlari esa Pleyston nomini olganlar. Bunga misol qilib ryaskani olish mumkin.



Plankton organizmlari hajmi jihatidan ham farqlanadi:

Nannoplankton-judayam kichik (judayam kichik suvo‘tlari va bakteriyalar kiradi).

Mikropiankton - kichik (ko‘pchilik suvo‘tlari, sodda hayvonlar)

Mezoplankton - o‘rtacha(uzunligi 1 sm dan oshmaydigan hayvon va o‘simliklar)

Makroplankton - yirik( meduzalar. krevetkalar)

Megaplankton -judayam yirik (yrik bir metrdan oshiq keladiga hayvonlar)

5.Bentos («bentos» - chuqurlik). Suvning tubida yopishib va o‘rmalab yurib

yashaydigan organizmlar. Ular ham bo‘linadi: fitobentos va zoobentoslarga.

Dengiz fitobentoslari asosan bakteriya va suv o‘tlari (diatom. yashil, qizil, qo‘ng‘ir) dan iborat. Dengiz tubining qoyali va tosh maydonchalarida fitobentoslar juda ko‘p bo‘ladi. Masalan: laminariya, fukuslar. Ayrim hollarda lnr joyda 30 kg gacha biomassa hosil qiladi.

Chuchuk suvlarda qirg‘oqdan ichkariga tomon fitobentos poyaslari aniq ko‘rinib turadi. Masalan: 1-poyasda yarim botiq o‘simliklar (qamish, rogoz, osoka); 2- poyada botiq o‘simliklar ya'ni suzuvchi barglari bilan (kubushka. kuvshinka, ryaskalar, vodokraslar); 3-poyasda esa botib o‘suvchi o‘simliklar- rdestlar, elodeyalarni ko‘rish mumkin ekan.

Chuchuk suv havzalarida zoobentoslar dengiz. okeanlarga qaraganda kam uchraydi. Bular asosan - soddalilar, chuvalchanglar. molyuskalar. hashoratlarning lichinkalari hisoblanadi.

l.Perifiton(« peri» - atrfoida, oldida). Bular yuksak o‘simliklaming poyasiga yopishib

ko‘tariluvchi molyuska. kolovratka, gidra va boshqalar hisoblanadi.

Suv organizmlarining ekologik plastikligi.

Suv organizmlari yerdagilarga qaraganda kam ekologik plastiklikga ega, chunki suv turg‘un muhit hisoblanadi. Dengiz o‘simlik va hayvonlari eng kam plastiklikga egadir. Ular suvning sho‘rlanishi va haroratning o‘zgarishiga judayam sezgirdir.

Yuqori ekologik plastiklikga ega bo‘lgan gidrobiontlar kcng tarqalgandir. Masalan: elodeya. Ekologik plastikligi tor organizm tipik stenoterm- lotos(nilufar) o‘simligi hisoblanadi. U faqat yayaxshi isigan kichik suv havzalarida o‘sadi.

Suv o‘simliklarining moslanish xususiyatlari.

Suv o‘simliklarining ekologiyasi, yerda o‘sadiganlardan keskin farq qiladi. Birinchi navbatda ularning ildiz lizimi, o‘tkazuvchi to‘qimalari kuchsiz taraqqiy etgan. Ildiz tizimi substratda yopishib, o‘simlikni suvda ushlab turishga xizmat qiladi, mineral oziqlanish va suv bilan taminlamaydi. Ulaming oziqlanishi butun tanasi orqali sodir bo‘ladi. Kuchli taraqqiy etgan ildizpoyasi(ayrim turlarda), yegelativ ko‘payish va oziq moddalami to‘plash maqsadida xizmat qiladi. Mexanik to‘qimalari kuchsiz rivojlangan. Barg, poya, ildizlarida havo bilan to‘lgan hujayra oraliqlari bo‘shliqlari bor. Shuning uchun ham ular suv yuzasida oson suzib yuradi.

Suv hayvonlarining moslanish xususiyatlari.

o‘simliklarga qaraganda hayvonlaming suv muhitiga moslashuvi yanayam xilma-xildir. Ularning ichida anatomo-morfologik, fiziologik, hulq-atvor va boshqa moslashuv belgilarini ajratish mumkin.

Suv qatlamlarida uchraydigan hayvonlarda birinchi nasbatda suzishini tezlashtiradigan, suv oqimiga qarshi tura oladigan moslanishlar mavjud. Suv tubidagilarda esa aksincha: suv yuziga chiqmaslik, kuchli oqadigan suvlarda ham tubida o‘zini ishlab tura olishi kabilar rivojlangan.

Faqat suv muhitidagina - harakatsiz. sutstratga yopishib yashaydigan hayvonlarni ko‘rish mumkin. Ularga tana tuzilishining o‘ziga xos ekanligi, (tana zichligi suvning zichligidan katta). maxsu moslamalarning (substratga yopishib turishi uchun) bo‘lishi xarakterlidir.

Suvda tovush havodagiga nisbatan tez tarqaladi. Shuning uchun ham ko‘z yordamida mo‘ljal olishdan ko‘ra gidrobiontlar uchun tovush yordamida mo‘ljl olish afzal hisoblanadi. Hayvonlar judayam nozik to‘lqin uzunliklari o‘zgarishini ham sezar

ekan. Masalan: meduzalar. baliqlar, qisqichbaqasimonlar, molyuskalar, sutemizuvchilar tovush chiqarish orqali aloqada bo‘ladilar. Ba'zi bir gidrobiontlar ozuqa topishda aks sadodan foydaianadilar.

Okcanlarning ekologik zonalari.

Suv muhitida gorizontal. ayniqsa vertikal holdagi zonallik xarakterli hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgani kabi suv qatlami - pelagial zona. okean tubi - bental zona deb ataladi. Bental zona o‘z navbatida supralitoral, litoral. sublitoral, batial, abissal zonalarga bo‘linadi.

Supralitoral - okeanlaraing qirg‘og‘i hisoblanadi. Litoral zonaning yuqori qismi, ya'ni suv to‘lqini eng yuqori ko‘tarilib boradigan joylardan iborat bo‘lib, bu yerlarda quruqlikda va okeanda yashaydigan oraanizmlar tarqalaan.

Litoral - dengizning qirg‘oq tubi hisoblanadi va suv qaytgan vaqtda qurib qoladi. Bu zonaga suvning pasayishi chegarasi bilan eng yuqori ko‘tarilishi oralig‘i deb qarash mumkin. Bu zonada yashovchi organizmlar sutka davomida 2 marta suv bila ta'minlanib, 2 marta undan holi bo‘ladi.

Chegarasi 40-50 m chuqurlikgacha boradi.

Harorat va suvning sho‘rlanishi keskin o‘zgarib turadi, suv pasayganda quyosh nurlari bu zonaga tik tushadi. Sublitoral- okeanning qirg‘oq bo‘yi hisoblanadi. U litoral zona bilan qo‘shilgan holda 40-50 m. dan 200 m. gacha va undan chuqurroq joylarni egallaydi. Bu yerlar bentos suv o‘tlari va sanoat uchun ahamiyatli umurtqasiz hayvonlarga boy hisoblanadi.

Batial -200-2000 m.gacha qiyalikdagi chuqurliklarni egallab olgan, ya'ni nerit va abissal zonalar oralig‘ini tashkil etadi. Bu zonaning yuqori qismiga kuchsiz yorug‘lik tushishi; quyi qismiga esa mutlaqo ko‘zga ko‘rinadigan nurlarning yetib bonnasligi bilan xarakterlanadi. Harorat va suvning sho‘rlanishi ham o‘zgarib turadi. Nerit zonaga nisbatan shag‘al, chig‘anoqlaran iborat hamda loy qatlami bilan ajralib turadi.

Abissal - dunyo okeanining tubiga to‘g‘ri keluvchi dengizning 2000 m. dan ortiq chuqurliklarini egallaydi. Bu zonada suvning harakati judayam sekin, harorat 0°S atrofida, mutlaqo yorug‘lik tushmaydi. Shuning uchun yashil o‘simliklar bo‘lmaydi.

Suv havzalari ham ikkita katta guruhga bo‘linadi: 1 .Tinch turib qolgan suv havzalari yoki lentik muhit. Biinga ko‘Har, havzalar va botqoqlar kiradi. 2.0qar suvlar - lotik muhit deb ataladi. Bunga daryolar va soylar kiradi.

Tinch yoki lentik suv havzasida uchta zonani ajratish mumkin: LLitoral zona-suvning chuqur bo‘lmagan qismi. Yorug‘lik bu yerga suv tubigacha yetib boradi. Yuksak o‘simliklar va ba'zi bir suv o‘tlari uchraydi.

2.Limnik zona - Suvning undan pastroq qismi bo‘lib, bunga yorug‘lik kam holda tushib turadi. Bu zonadan keyin esa yorug‘lik tushmaydi. Natijada biomassa to‘planmaydi. Limnik zonaning pastki chegarasi kompensatsiya gorizonti deyiladi. 3.ProfundaI zona - Bu joyga yorug‘lik tushmaydi.

Mutaqil ish topshiriqlari 1 .Quruqlik va suv muhitidagi vertikal zonallikni bir - biriga taqqoslagan holda referat taorlang. yer -havo muhiti haqidagi maTumotlarni o‘qib, o‘zlashtirib oling. yer - havo muhiti - yashash muhiti ekanligi haqida xulosa chiqaring.



Ekosistemalarning xarakteristikasi.
Ma’lumki tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o’rab turgan o’lik jinslar bir-birlari bilan doimiy, uzviy bog’liq bo’ladi. Har qanday katta-kichik biologik sistemalar o’z ichida uchraydigan harakatdagi organzimlarni qamrab oladi, ularni bir-birlari va tashqi muhit omillari bilan munosabatlarini boshqarib, shu sistema ichida biotik tuzilishda energiya oqimini, uning tirik va o’lik qismida moddalar almashinishini ta’minlaydi. Bunday birlik ekologik sistema yoki ekosistem deb ataladi.

Ekosistema ekologiyaning asosiy funksional birligi bo’lib, unga tirik organizmlar va muhit omilari kabi komponentlar kiradi, ular bir-birlariga ta’sir qiladi.Yer yuzasida hayotning tiriklik va tabiat qonunlari ekosistemalar darajasida o’rganiladi.




Download 53,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish