4-Ma'ruza.Biogeotsenozlar va ekotizimlar
Asosiy savollar:
l.Biogeotsenoz(V.N.Sukachev) va ekotizim(A.Tensli) kabi tushunchalar nisbati.
2.Ekotizimda moddalar aylanishini ta'minlashda ishtirok etuvchi organizmlar haqida.
3.Biogeotsenozlar mahsuldorligi.
4. Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi.
1-asosiy savolning bayoni.
Yashash sharoiti o‘xshash va o‘zaro munosabati natijasida bir - biriga ta'sir ko‘rsatuvchi har hil turga mansub bo‘lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig‘indisiga ekologik tizim deyiladi.
o‘rmon, cho‘l, o‘tloq, suv havzasi ekotizimga misol bo‘la oladi.
Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi ATensli tomonidan kiritilgan. Ekotizim konsepsiyasining rivojlanishiga parallel holda biogeotsenoz ta'limoti ham muvaffaqiyatli rivojlamb bordi. Biogeotsenoz tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N.Sukachev taklif qilgan. («bios»-hayot, «geo»- yer, «senoz»-umumiy yoki jamoa) ma'nosini beradi.
Ko‘pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir-birining sinonimi sifatida qo‘Haniladi va deyarli bir xil manoni bildiradi, ammo ba'zi bir tomonlari bilan farqlanadi:
Biogeotsenoz
|
Ekotizim
|
1 Tabiiy hodisa hisoblanadi.
|
Tabiiy yoki sun'iy hodisa bo‘lishi mumkin
|
2.MaTum tabiiy chegraga ega bo‘lgan fazoviy birlik u qo‘shni biogeotsenozlardan fitotsenozi bilan ajralib turadi
|
Funksional birlik bo‘lgani uchun qo‘shni ekotizimlardan ajralib turishi shart emas
|
3.Biogeotsenoz tarkibiga odam kirmaydi
|
Yirik ekotizimlar odatda odam ta'sinda bo‘ladi.
|
Biogeotsenozning asosiy komponentlari - atmosfera, tog‘ jinslari, suv o‘simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Uning organik dunyosi (o‘simliklar. hayvonlar, zamburug‘lar, mikroorganizmlar) - biotsenoz deb atalib, muhit esa-ekotop deyiladi. Ekotop o‘z navbatida klimatop
(atmosfera ) va edafatop (tuproq) kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Biogeotscnozlar har hil o‘lchamda ya'ni kichik va katta maydonda bo‘lishi mumkin. Botqoqlikdagi do‘nglik, o‘rmondagi tunka, biror hayvon uyasi atrofi, akvarium kabilar kichik biogeotsenozga misol bo‘lsa, o‘rmon, dasht. cho‘l. o‘tloqzor va boshqa maydonlar yirik biogeotsenozga misol bo‘la oladi.
ATensli ta'rificha - ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddadlar va energiya almashinuviga ega bo‘lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror tizimi hisoblanadi. Demak. ekotizim-mikroorganizmlarga ega bo‘lgan bir tomchi suv. o‘rmon, tuvakdagi o‘simlik, kosmik kema `biosfera va hokazolar.
Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kcngroq tushuncha hisoblanadi. Har qanday biogeotsenoz o‘z navbatida ekotizim bo‘Ia oladi. ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb
bo‘lmaydi. ,
Do'stlaringiz bilan baham: |