2.Konsumentlar- bu guruhga hayvonlar kiradi. Ular o‘simliklar tomonidan to‘plangan organik moddani iste'mol qiluvchilar hisoblanadi.
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtscntlar bilan oziqlanuvchi o‘txo‘r hayvonlar kiradi. Quruqlikdagi keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hasharotlaming ko‘pchilik vakillari, sudralib yuruvchilar. qushlar, sut cmizuvchilardir.
Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o‘txo‘r guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqlilar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo‘y, echki va qoramollar kiradi.
Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar. Ikkinchi tartibdagi konsumentlar o‘txo‘r hayvonlar bilan oziqlanadi. Bular uchinchi tartibdagi hayvonlar bilan birga etxo‘r hayvonlar deb qaraladi. Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar yirtqichlar blishi mumkin. Shuningdek,
o‘laksa bilan oziqlanishi yoki parazit hayvon ham bo‘lishi mumkin.
Zamburug‘lar biotsenozda turlicha rol o‘ynaydi. Ular orasida o‘simlik va hayvonlarda tekinxo‘r holda yashovchi va ko‘pchiligi organik moddalami
mineral moddalarga parchalovchilar bo‘lib, ular redutsentlar deyiladi. Ammo shu bilan birga ko‘pchilik zamburug‘laming meva tanalari jamoadagi hayvonlar uchun sevimli ozuqa bo‘lishi ham mumkin. Bunda ular konsumentlar hisoblanadi.
Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular organik moddalami mineral moddalarga parchalab beradi.
Demak, yuqorida aytib o‘tilgan organizmlar guruhi o‘rtasida keskin chegara qo‘yib bo‘Imaydi, chunki konsumentlar (hayvonlar, zamburug‘lar. tekinxo‘r o‘simliklar) ayni vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajarishi mumkin.
Epifitlar, asosan produtsentlar hisoblansa ham, oziqlanish vaqtida daraxt tanasi po‘stlog‘idagi parchalangan o‘simlik qoldiqlaridan foydalanadi, ya'ni bir vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajaradi.
3.Redutscntlar.o‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadi zida energiya saqlaydi. Nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, ya'ni saprofit holda yashovchi bakteriya va zamburug‘lar ta'sirida parchalanadi. Bunday organizmlar redutsent deb ataladi.
Saprofitlar o‘zidan maxsus fermentlar ajratib chiqaradi. Organik qoldiqlar sekin - asta bakteriyalar va zamburug‘lar hayot faoliyatida parchalanib, hazm bo‘ladi. Parchalanish tezligi ham har -xil bo‘lishi mumkin. Hayvon jasadi, ahlatlari bir necha haftalar talab etsa. qulab tushgan daraxt tanasi va moxlar bir necha yilda chirishi mumkin.
Biogeotsenoz populyatsiyalari orasidagi bog‘lanishlarni - turlarning oziqlanish xarakteri va energiya hosil qilish usullari belgilaydi. Organizmlar oziqlanish usuliga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
Avtotroflar (asosan yashil o‘simliklar. Organik moddalarni sintezlash uchun atrofdagi anorganik birikmalardan foydalanadi).
Geterotroflar ( hayvon, odam, zamburug‘, bakteriyalar. Avtotroflar hosil qilgan taor organik moddalar bilan oziqlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |