Sana: 11-A-sinf- 2019 yil, 21 sentabr
4-DARS: Organizm va tashqi muhit
Mavzu:Organizm va tashqi muhit.
Maqsad: O`quvchilarga tirik organizmlarning yashash muhitilari, suv muhiti haqida umumiy tushunchalar berish.
Ta'limiy: suv muhiti, tuproq muhiti, quruqlik havo muhiti, ichki organizm muhiti,
Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga tirik organizmlarning yashash muhitilari, suv muhiti haqida umumiy tushunchalar berish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rgazmalilik.
Dars jihozi: video proertr qurilmasi, doska
Darsning borishi:
-
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Darsni tashkil qilish
O’tilgan mavzuni boshlash
|
3 daqiqa
7 daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
10 daqiqa
15 daqiqa
|
Darsni yakunlash
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
3 daqiqa
2 daqiqa
|
I. Darsni tashkil qilish. (3 daqiqa)
1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tilgan mavzuni so’rash: (7 daqiqa)
(”ekosistemalarning tarkibiy qismlari”)
1. Ekosistema nima?
2. Produtsentlar haqida ma’lumot bering
3. Konsumentlar haqida ma’lumotlar ayting
4. Biotop so’zi qaysi so’zdan olingan nima manoni bidiradi
III.Yangi mavzu rejasi:
Muhit nima
Organizmlar qaysi muhitda ko’p tarqalgan
Suv muhiti haqida tushuncha
IV. Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa).
Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga ega va muhit ularga doimiy ravishda ta’sir etadi. Organizm, populatsiya yoki tur yashaydigan, ularga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan, muhitning biotik va abiotik sharoitlarining majmuasi yashash muhiti deb ataladi. Yashash muhiti tirik organizm bilan uning butun hayoti davomida o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tabiatning bir qismi hisoblanadi.
Har bir tirik organizmning yashash muhiti tabiatning biotik va abiotik tarkibiy qismlari - komponentidan tarkib topadi. Ekologiyada tabiatning biotik va abiotik komponentlari omillar deyiladi. Tabiatning tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatadigan va ularda moslanish reaksiyalari - adaptatsiyalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan har qanday tarkibiy qismi yoki komponenti ekologik omillar deb ataladi.
Shunday qilib, muhit - tirik organizmlarni o‘rab turuvchi va ularga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi omillar yig‘indisidir. Organizmlar muhitdan hayotiy jarayonlar uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni qabul qiladi hamda muhitga moddalar almashinuvi mahsulotlarini ajratadi.
Yashash muhiti organizmlarning nafaqat yashashiga, balki geografik jihatdan tarqalishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tirik organizmlar uchun har bir ekologik omil turlicha ahamiyatga ega. Ayrim omillar organizmlar yashashi uchun juda muhim bo‘lsa, ayrim omillar organizmlar uchun kamroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Evolutsiya jarayonida barcha tirik organizmlarda yashash muhitiga nisbatan o‘ziga xos morfologik, fiziologik, etologik va boshqa moslanishlar - adaptatsiyalar paydo bo‘lgan. Adaptatsiya (lotincha «adaptatio» - moslanish) - tirik organizmlarning muayyan yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, baliq tanasining suyri shakli ularning suv muhitida harakatlanishini yengillashtirsa, suvsiz muhitda o‘suvchi o‘simliklar barglarida (aloy) yoki poyasida (kaktus) suv to‘plashga moslashgan.
Ekologik omillar uchta guruhga: abiotik, biotik va antropogen omil- larga bo‘linadi. Muhit va tirik organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’sirlari «organizm - muhit» sistemasidagi asosiy qonuniyatlardan hisoblanadi. Tirik organizmlar muhitdan o‘zlari uchun kerakli moddalarni oladi va muhitga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Natijada muhitning o‘zi ham o‘zgaradi.
«Organizm - muhit» tizimidagi asosiy qonuniyatlar V.I.Vernadskiy tomonidan kashf etilgan bo‘lib, organizm va uning yashash muhiti birligi qonuni deb ataladi. Hayot tirik organizmlar va yashash muhitining bir butunligi asosida ular o‘rtasidagi moddalar va energiya almashinuvi natijasida rivojlanib boradi. Bu qonundan kelib chiqadigan evolutsion-ekologik prinsipga binoan, har bir turning genetik imkoniyatlari o‘zi yashayotgan muhitga muvofiqdir.
Tirik organizmlar ham o‘z navbatida muhitga katta ta’sir ko‘rsatadi, bu birinchi navbatda organizmning shu muhitda yashayotgani bilan belgilanadi. Tirik organizmlar oziqlanadi, nafas oladi, atrof-muhitga moddalar almashinuvi qoldiqlarini ajratadi, o‘sadi, rivojlanadi, harakatlanadi. Organizmlarning bu hayotiy faoliyati tufayli yashash joyining havo tarkibi, tuproq strukturasi, suvning tozalik darajasi kabi ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. Har bir organizmning muhitga alohida ta’siri sezilarli bo‘lmasa-da, shu muhitda yashovchi barcha organizmlarning ta’sirlari yig‘indisi juda ulkan. Tirik organizmlarning muhitga ta’siri ularning muhitni shakllantiruvchi faoliyati hisoblanadi.
Yer yuzida tirik organizmlar uchun to‘rt xil yashash muhiti mavjud: suv muhiti, quruqlik-havo muhiti, tuproq muhiti va tirik organizm muhiti (parazit va simbiontlar uchun). Har bir muhit o‘ziga xos shart-sharoitlarga ega (4-rasm)
VI. Darsni mustahkamlash va yakunlash: (10 daqiqa)
Muhit nima?
Tashqi muhit organizmga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Organizm ichki muhitining?
Tabiatni muhofaza qilishning ahamiyati nimadan iborat?
VII. Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
1-shart Yangi va o’tgan mavzuni mustahkamlash uchun sinf o’quvchilarini uch guruhga bo’lib ulani nomlak oldik
1-guruh suv muhiti
2-guruh tuproq muhiti
3-guruh quruqlik havo muhiti
Har bir guruh o’zlarining guruhlariga tarif beridi. Qaysi guruh o’zi haqida ko’proq ma’lumot bersa shu guruh o’quvchilari g’olib hisoblanadi.
2-shart bunda guruhdagi o’quvchilar o’qtuvchi tomonidan berilgan tezkor savollarga javob berishlari kerak. Qaysi guruh ko’p javob bersa shu guruh g’olib hisoblanadi.
Ekologiya so’zining lug’aviy manosi?
Ekologiya bo’limlarini sanab o’ting?
Ekosistema termilini kim tomonidan fanga kiritilgan ?
Biogeotsenoz termilini kim tomonidan fanga kiritilgan?
Biogeotsezlarning tuzulishi va xususiyatlarini o’rganuvchi fan
Atrof muhit o’rganish metodlarini sanab bering
Populyatsiya deb nimaga aytiladi.
Autekologiya nimani o’rganadi?
Tiriklikning tuzulish darajalarini ayting
Ekosistemalarni hudud jihatdan tasniflab bering
Biogeotsinoz va ekosistema faqrqi ayting
Biogeotsinoz haqidagi talimot asoschisi kim?
Biotop so’zining lug’aviy manosi
Matematik modellashtirish metodi qanday metod
Qaysi metod yordamida iqlim o’zgarish va ekosistemalarning o’zgarishini oldindan bilish imkoni mavjud bo’ladi?
Ekologiya fani nechan yillardan rivojlana boshlagan?
Biogeotsinozning tarkibiy qismlari nima
Ekologiya fanining muamolarini sanang
Biologik sistemaga tarif bering
Ekologiya fanining rivojlanishiga qaysi allomalarimiz hissa qo’shgan
3-shart “so’z ichida so’ o’yni” guruhlar biologiya faniga oid termillarni sanab o’tishadi. qaysi guruh so’z o’ynida to’qtalib qolsa o’sha guruh o’yindan chiqadi. Oxirida qolgan guruh g’olib hisoblanadi.
Shartlarni bajarib bo’lgan guruhni g’lib guruh aytiladi va va faol o’quvchilarni baholanidi.
VIII. Uyga vazifa: (2 daqiqa) Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish, rasmlarni chizish. 23-28 betlarni o’qib kelish
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari F.F.Atamuradova
Fan o’qituvchisi N.T.Azimova
Do'stlaringiz bilan baham: |