1
14. 3-rasm. Gruntning o’ta cho’kishi oqibati
4.2 Gruntlarning o‘ta cho‘kuvchanlik ko‘rsatkichlari
Lyoss va lyossimon gruntlarning o‘ta cho‘kuvchanlik xususiyati tajribaxona sharoitida namunaning yonga kengayish imkoniyati cheklangan holatda sinaladi. Tabiiy tuzilmasi saqlangan grunt namunasini ma’lum yuk ostida namlash tajriba asosini tashkil etadi. Bunday sharoitda p bosim ta’siridagi grunt g‘ovakligining e1 dan e2 gacha kamayishi uning o‘ta cho‘kuvchanligini, miqdor esa nisbiy o‘ta cho‘kuvchanlignni ifodalaydi (14.4- rasm).
Grungning nisbiy o‘ta cho‘kuvchanligi kvadrat santimetr
yuzaga 3 kg yuk ta’sir ettirib, grunt namunasini qo‘shimcha namlash orqali aniqlanadi:
(14.2)
b
14.4-rasm. Gruntning o’ta
cho’kuvchanligi
ifodalovchi chizma
unda: h – tabiiy namlik holatdagi gruntning 0,3 MPa bosim ta’siridagi dastlabki balandligi;
h' - shu bosim ostida qo‘shimcha suv yuborilgandan so‘ng cho‘kkan gruntning balandligi.
Agar o‘.ch > 0,001 bo‘lsa, grunt o‘ta cho‘kuvchan hisoblanadi.
Lyoss va lyossimon zaminlarda barpo etiladigan inshootlar cho‘kishini hisoblashda gruntning tabiiy holatidan kelib chiqib, uning oddiy cho‘kishi (s), so‘ngra qo‘shimcha namlanish oqibatida yuz beruvchi o‘ta cho‘kishi (so’ch) ni aniqlash tavsiya etiladi. Aniqlangan miqdor, yani cho‘kishlar yig‘indisi va ularning notekisligi qurilish mezonlarida keltirilgan ruhsat etiluvchi ko‘rsatkichlardan oshib ketmasligi shart.
Gruntlardagi oddiy cho‘kish miqdori 7- bobda keltirilgyan usullar yordamida aniqlanib, o‘ta cho‘kuvchanligi esa quyidagicha hisoblanadi:
(14..3)
bunda: o‘ch(i) tabiiy va qo‘shimcha bosimlar ta’siridagi i qatlamning nisbiy o‘ta cho‘kuvchanligi;
hi - i qatlam balandligi;
n - qatlamlar soni;
m - grunt sharoitini hisobga oluvchi koerfitsiyent.
m koeffitsiyentning miqdori poydevor tag yuzasining (B) o‘lchami asosida quyidagicha belgilanadi: agar B > 12 m bo‘lsa, gruntning barcha o’ta cho’kuvchan qatlamlari uchun m = 1,0 qabul qilinadi. B < 3 m bo‘lgan holda esa uning miqdori quyidagicha hisoblanadi:
, (14.4)
bunda: p – poydevor ostidagi bosimning o‘rtacha qiymati, MPa;
po’ch(i) – i qatlamdagi gruntning boshlang‘ich o‘ta cho‘kish bosimi, MPa;
po - 0,1 MPa ga teng bosim.
Agar 3 m < B <12 m. oralig‘ida o‘zgarsa, m ning miqdori B = 3 m va B = 12 m
orasiga moslab hisoblanadi. Gruntning sof og‘irlig’i tasirida o‘ta cho‘kishini aniqlash lozim bo’lsa m = 1 deb qabul qilinadi.
Dastlabki o‘ta cho‘kish bosimining miqdori po’ch quyidagicha aniqlanadi.
- yon tomonga kengayishdan holi (kompressiya) sharoitda o’tkazilgan tajribada asosida aniqlangan nisbiy o‘ta cho‘kish so’ch = 0,01 ga mos keluvchi bosim;
- dala sharoitida gruntni qo’shimcha namlab yahlit yuk ostida o‘tkaziladigan tajribadan aniqlanuvchi bosim;
- maxsus zovurlar orqali namlash jarayonida o‘ta cho‘kishga olib keluvchi sathga mos keluvchi grunt og‘irligi ta’siridagi bosim.
Grunt sirti bo‘ylab namlash jarayonida suv yuborishning maydoni o‘ta cho‘kish yuz beruvchi qatlam qalinligidan kichik bo‘lsa, grunt og‘irligi ta’siridagi o‘ta cho‘kish quyidagicha aniqlanadi:
(14.5)
bunda: syuq - grunt og‘irligi ta’siridan o‘ta cho‘kish;
Bm - suv yuborish maydonining kengligi;
ho’ch - o‘ta cho‘kish qatlamining qalinligi.
14.5 - ifodaga muvofiq pi bosim ostidagi barcha o‘ta cho‘kuvchan qatlamlarni
( o‘ch < 0,01) jamlash tavsiya etiladi. Unda o‘ta cho‘kuvchan qatlamlarni hi, balandlikdagi kichik qatlamchalarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.
12>
Do'stlaringiz bilan baham: |