4 bob. O‘ta cho‘kuvchan gruntlarda poydevor loyihalash 14. Umumiy ma’lumotlar



Download 403,5 Kb.
bet1/4
Sana15.04.2022
Hajmi403,5 Kb.
#555514
  1   2   3   4
Bog'liq
XIV боб tayyor


14 bob. O‘TA CHO‘KUVCHAN GRUNTLARDA POYDEVOR
LOYIHALASH
14.1 Umumiy ma’lumotlar
Oddiy cho‘kishdan farqli o‘laroq, o‘ta cho‘kuvchanlik deganda o‘z og‘irligi va qo‘shimcha suv ta’sirida tuzilmasi tubdan buzilishi bilan kechadigan gruntning deformatsiyasi tushuniladi.
Turli-tuman tabiatga ega bo‘lgan o‘ta cho‘kuvchan gruntlar kam namlik holatda (6 - 9%) nisbatan mustahkam ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, turg‘un zaminlarga xos sifati bilan ajralib turadi. Lekin sharoitni o‘zgarishi, ya’ni gruntning qo‘shimcha namlanishi oqibatida gruntning turg‘unligi buzilib, yuqori miqdorli cho‘kish holati yuzaga kelradi.
O‘ta cho‘kuvchan gruntlarning bunday xususiyatini undan zamin sifatida foydalanishda etiborga olish lozim.
Gruntlarni o‘ta cho‘kuvchanlik toifasiga kiritish masalasi qurilish maydonida maxsus olib boriladigan muhandis geologik va gidrogeologik izlanishlar, shuningdek, joylardagi inshootlardan foydalanish tajribalarini o‘rganish natijasida hal etiladi. Bu maqsadda o‘ta cho‘kuvchan gruntlarning yer yuzida tarqalishiga oid xarita ham qo‘l keladi (14.1-rasm).
Namlik darajasi Sr < 0,6 bo‘lgan loyli gruntlarda quyidagi tengsizlik mavjud bo‘lsa, o‘ta cho‘kuvchan hisoblanadi:
(14.1)

bunda: et -tabiiy holatdagi gruntning g‘ovaklik koeffitsiyenti;


e0 - shu grunt namligining oquvchanlik chegarasiga mos g‘ovaklik koeffitsiyenti.
O‘ta cho‘kuvchan gruntlarning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
a) nisbiy o‘ta cho‘kishlik so.ch - ma’lum bosim ostida namlangan gruntlardagi nisbiy zichlanish miqdorini ifodalaydi;
b) dastlabki o‘ta cho‘kish bosimi po‘.ch - namlangan gruntlarning o‘ta cho‘kishiga olib keluvchi bosimning eng kam qiymatini ifodalaydi;
v) dastlabki o‘ta cho‘kish namligi wo‘.ch - o‘ta cho‘kish holatini yuzaga chiqaruvchi eng kam namlik.

14.1-rasm. Yer yuzida o’ta cho’kuvchan guruntlarning tarqalish xaritasi



  1. lyoss gruntlar; 2- lyossimon gruntlar



Qo‘shimcha namlanish oqibatida o‘z og‘irligi ta’siridan o‘ta cho‘kuvchanlik qobiliyati yuzaga kelishi bo‘yicha mazkur gruntlar 2 turga bo‘linadi:
I tur - o‘ta cho‘kuvchanlikning miqdori 5 sm.gacha bo’lgan gruntlar;
II tur – o’ta cho’kuvchanlikning qiymati 5 sm.dan ortiq bo‘lgan gruntlar.
Bino va inshootlar zaminlarini mustahkamlashga oid tadbirlarni belgilashda ushbu turlardan foydalaniladi.
O‘ta cho‘kuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan gruntlarga yirik g‘ovakli lyoss va lyossimon jinslar yaqqol misol bo’ladi.
Makur gruntlar mamlakatimizda eng ko‘p tarqalgan tog‘ jinslari sifatida qayd etilgan. Ular dunyoning ko‘p mamlakatlarida uchraydi, masalan, G‘arbiy Yevropaning janubiy chegaralari bo’ylab joylashgan davlatlar, shuningdek, Ukraina. Kavkaz orti respublikalari, Rossiyannng janubi-sharqiy qismi, Markaziy Osiyo, G‘arbiy Sibir, Xitoy va h.
Akad.G‘. O. Mavlonovning e’tirof etishicha, O‘zbekistonning sharqiy janubida lyoss gruntlari 50-70 metr chuqurlikkacha yetib boradi. Ayniqsa, ular Toshkent, Ohangaron,




Qashqadaryo, Surxondaryo vohalarida keng tarqalgan. Shuning uchun inshoot barpo etishda ma’lum darajada xavf keltiruvchi mazkur grunglarning hossalarini o‘rganish ko‘pdan beri mutaxassislarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan.



14.2-rasm. Zamining o’ta cho’kishi natijasida yorilgan bino.

O‘ta cho‘kuvchan gruntlarni o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan Abelev YU.M., Denisov N.YA., Litvinov I.V., Mustafoyev.A.A., Krutov V.I., Larionov A. K. va boshqalarni eslatish kifoya. Markaziy Osiyo lyoss grunttlariga oid keng miqyosdagi ilmiy izlanishlarni Mavlonov G‘. O., Qosimov S.M., Asqarov X.A., Ulevatiy I.M., Pesikov YE.S., Rojdestvenskiy YE.D., Po’latov K., Nazarov M. lar olib borganlar. Shuningdek, xozirgi kunda lyoss gruntlarining o‘ta cho‘kuvchanlik xususiyatini o‘rganib, ularni. amalda tadbiq etib kelayotganlar orasida: Rasulov H.Z., Xasanov A.Z., Usmonxo’jayev I.I., Mirzaahmadiy M., Odilov I.O., Mirzayev A.va boshqalarning xizmatlari ham katta.


Yuqorida aytganimizdek, lyoss va lyossimon grunglarning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ularning yirik g‘ovakligidir. Ulardagi g‘ovaklar grunt zarralarining o‘lchamlaridan 10 – 100 va undan ham yirik bo‘lgani bois, ularni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin.
Ushbu gruntlar tarkibining 50% dan ortig‘ini changsimon zarralar (0,005 - 0,005 mm) tashkil etadi. Tabiatda ularning namligi past bo‘lib, ko‘pincha, tik qiya holatini saqlaydi. Ammo, qo‘shimcha namlanish oqibatida zarralar orasidagi suvga chidamsiz bog‘lanish kuchlari buzilib, gruntda o‘ta cho‘kish holati yuzaga keladi. Ayniqsa, gruntning namlanishi inshoot zaminida yuz bersa, to‘satdan paydo bo‘luvchi o‘ta cho‘kish ularda turli deformatsiya holatini yuzaga keltirishi mumkin
Bunday holatda zaminga uzatiluvchi bosimning miqdoridan qatiy nazar gruntning notekis cho‘kishi oqibatida inshootda turli yoriqlar hosil bo‘lib, ba’zan egilish, qiyshayish, yoki buzilish holatlari kuzatiladi (14.2- rasm). Ko‘pincha, lyossimon gruntlarda barpo etilgan binolarning cho‘kish miqdori o‘nlab santimetrdan oshib ketadi (14.3-rasm).


Zamin gruntlari turli sabablarga ko‘ra qo‘shimcha namlanishi mumkin. Masalan, yog‘in suvlari, chiqindi suvlar, tashqi suv havzalaridan oqib keluvchi suvlar, shuningdek, suv tashuvchi quvurlarning buzilishi, yoki sizot suvlari sathining ko‘tarilishi bunday noxushlikni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Download 403,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish