14.3 O‘ta cho‘kuvchan gruntlarda poydevor
barpo etish
Arap yuqoridagi hisoblar natijasida aniqlangan o‘ta cho‘kish miqdori loyihalanayotgan inshootning turg‘unligiga aks ta’sir ko‘rsatishi muqarrar bo’lsa, u holda maxsus tadbirlar qo‘llash tavsiya etiladi. Ular zamin gruntlariga qaratilgan va inshoot qurilmalarida qo’llanuvchi tadbirlarga bo’linadi.
Zamin gruntlari bilan bog’liq tadbirlar. Mazkur tadbirlar o’ta cho’kuvchanlikning turiga bog’liq ravishda belgilanad.
I- turga xos o‘ta cho‘kuvchan gruntlarning qalinlngi 5-6 metrdan oshmasa, quyidagi tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi:
a) mahalliy gruntlarni zichlash orqali poydevor osti to’shama (yostiq) lar o‘rnatish;
b) gurzilar yordamida yuzaki zichlash. Bu usuldan amalda keng foydalaniladi. Masalan, agar 5-6 metrli o‘ta cho‘kuvchan qatlamdan 1-2 metri poydevor uchun xandaq qazishga sarflansa, qolgan 3-4 metri gurzi yordamida belgilangan miqdorgacha oson zichlanadi;
v) o‘ta cho‘kuvchan qatlamni kesib o‘tuvchi ustun qoziqlar qo‘llash;
g) portlatish yordamida gruntni o‘ta cho‘kuvchanlik xususiyatini kamaytirish. Bunda suv ostida portlatish usullari, ko‘pincha qo‘l keladi.
II- turdagi o‘ta cho‘kuvchan gruntlarda quyidagi tadbirlarni qo‘llash maqsadga muvofiq:
a) o’ta cho‘kuvchan qatlamning qalinligi chuqur bo‘lmagan hollarda uni butunlay qirqib o‘tuvchi ustun qoziqlar qo‘llash;
b) aralash usullar yordamida grunt qatlamini zichlash. Bunda dastlab grunt
namlanib, sof og‘irligi ta’sirida cho‘ktiriladi, so’ng portlatish amalga oshiriladi. Oxirida esa gruntning ustki qatlami gurzilar yordamida zichlanadi;
v) suyuq sopol yordamida qotirish;
g) issiqlik ta’sirida qotirish.
O‘ta cho‘kuvchanlikni kamaytirish, yoki uni butunlay bartaraf etish tadbirini tanlashda ularning bir necha turlarini texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan taqqoslab yakuniy to‘xtamga kelinadi. Shuningdek, mazkur masalani hal etishda inshoot zaminini suvdan himoyalash va maxsus qurilmalardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Bu maqsadda dastavval qurilish maydonining sathi tekislanadi, yoki bosh tarh bo‘yicha inshootni joylashtirishga ahamiyat beriladi.
Yerto‘la, yoki imorat ostki qismlarida suvdan himoyalovchi maxsus qurilmalar qo‘llash, shuningdek, suv tashuvchi quvurlarni nazoratga olish maqsadida ularni qulay joylashtirishga oid ishlar ham ahamiyatli.
Inshoot atrofida suvdan himoyalovchi yo‘lkalar o‘rnatiladi. Ularni poydevor chuqurligi chegarasidan 0,5 m enli qilib, imoratdan 0,03 qiyalik ostida joylashtirish tavsiya etiladi. Mazkur yo‘lkalarning eni 1,2 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |