4-Amaliy mashg’ulot:Nazariy dars reja konspektini ishlab chiqish.
1.Nazariy dars reja konspektini ishlab chiqish.
2.Dars reja shakli bilan tanishtirish.
3.Darsning har bir elementni izohlab berish.
4.Tushuntirish.
O’qituvchining dars rejasini tuzish va konspekt yozish ishlari mashg’ulotga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bunda darslik hamda metodik adabiyotlar bo’yicha to’plangan va o’quvchilarga qay tarzda, qanday izchillikda yetkazilishi kerak ekanligi rejalashtiriladi.Rejalashtirishda dastlab har bir mavzuni o’qitishda ko’zda tutilgan maqsad aniqlanadi. Aniqlangan maqsadga erishi uchun o’qitish metodi va shakli, didaktik sharoitlar hamda dars turlari tanlanadi. Masalan:
Turli darslar uchun dars rejasi turlicha ko’rinishda bo’ladi. Masalan: I. Nazariy dars rejasining tuzilishi.
1. Sana..............................................................................................
2. Dasturdagi bosh mavzu “.............................................................”
(Har bir yangi bo’limning dastlabki mavzusiga reja tuzishda yoziladi).
3. Dars mavzusi: “.............................................................................”
4. Darsning maqsadi: “.....................................................................”
A) Ta`limiy..............................................................................................
B) Tarbiyaviy...............................................................................................
V) Rivojlantiruvchi.................................................................................
5. Darsni jihozlash: “......................................................................”
6. Darsni tashkil etish:
A) salomlashish;
B) davomatni aniqlash;
V) navbatchi tayyorlash;
G) sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish.
7. Oldingi mavzuni takrorlash: Bunda quyidagi variantlardan foydalaniladi:
A) o’quvchilar o’rtasiga savol tashlash;
B) o’quvchilarning bir-birlariga savollar berishlari;
V) tarqatma materiallar orqali;
G) testlar yordamida;
D) bilimlarni sinash mashinalari yoramida;
(tanlangan variant bo’yicha oldingi mavzu mazmuni asosida bir necha savollar tuziladi).
8. O’qituvchi tomonidan oldingi mavzuni qisqacha takrorlash va yangi mavzuga bog’lash (sharoitni hisobga olgan holda).
9. Yangi mavzuning bayoni:
(Mavzu mazmunining bayon qilinishi yoki yetkazilishidagi izchillik va ketma-ketlik rejasi tuziladi).
A)
B)
V)
10. Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzu mazmuni bo’yicha savollar tuziladi:
A)
B)
V)
11.Darsni yakunlash va uyga vazifa berish:
O’quvchilar javoblarini umumlashtirish, ularni baholash.
Uy vazifasini bajarish bo’yicha Topshiriq va ko’rsatmalar berish.
Dars konspekti.
Texnologiya darslarining tiplari.
Har bir aniq dars oldiga qoyiladigan asosiy ta`limiy vazifaga qarab darsning tarkibi va ayrim bosqichlarining vazifasi o’zgarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ustaxonalardagi darslarni bir necha ti’ga bo’lish mumkin.