4-Amaliy mashg’ulot


Texnologiya fani darslarining asosiy tiplari



Download 16,02 Kb.
bet2/2
Sana12.07.2022
Hajmi16,02 Kb.
#781006
1   2
Texnologiya fani darslarining asosiy tiplari:.
Tinglovchi yangi bilimlarni egallaydigan darslar.Bu ti’dagi darslarga kirish mashg’ulotlari, shuningdek, asosiy ta`limiy vazifasi tinglovchiga nazariy ma`lumotlar berish, ularda ba`zi tushunchalarni shakllantirishdan iborat boshqa o’quv temalariga doir (masalan, «‘o’latning asosiy sortlari va markalari», «Detallar va mexanizmlar» temalari boyicha o’tiladigan) darslar kiradi.Tinglovchining yangi bilimlarni egallaydigan darslarda yangi materialni bayon qilish asosiy o’rin oladi.
2. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish darslari. Bunday darslar ustaxonalarda ko’proq o’tkaziladi. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish darsining asosiy bosqichi tinglovchining mustaqil ishlaridan iborat bo’ladi. Buyumlarni tayyorlash va yig’ishda anna shunday darslarni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.Dastlabki ko’nikma va malakalarni shakllantirishga bag’ishlangan darslar bilan ularni mustahkamlashga bag’ishlangan , ya`ni takrorlash mashqlariga bag’ishlangan darslarning farqini bilish kerak. Har qanday texnologik operatsiyani amalda o’rganish tinglovchini mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu usullar avval tinglovchi tomonidan o’quv mashqlari sifatida, keyin esa ma`lum detallarni tayyorlash ‘rotsessida bajariladi.
3. Bilimlarni amalda qo’llash darslari. Har qanday amaliy ishni ham tegishli bilimlarni qo’llamay bajarib bo’lmaydi. Ammo shunday hollar g’am bo’ladiki, unda bilimlarni qo’llash o’qituvchining e`tibori qaratilgan asosiy ta`limiy vazifa bo’lib qoladi.
4.Takrorlash darsi. Tinglovchining yangi materialni o’zlashtirish va mustahkamlashga tayyorligini tekshirishga qaratilgan takrorlash gramma ti’dagi darslarda qo’llanadi. Takrorlash o’qituvchiga darsning asosiy ta`limiy vazifasini bajarishda yordam beradigan muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ammo ba`zan takrorlashning o’zi darsning markazida turadi. Bunday dars yakunlovchi mashg’ulot bo’ladi.
5. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi.
Ustaxonadagi har bir mashg’ulotda tinglovchining bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirishga e`tibor beriladi.Shu bilan birga ularni kom’leks tekshirish maqsadida nazorat ishlar o’tkaziladi, bu kontrol ishlar maxsus darslarda amalga oshiriladi. Bu darslarda tinglovchi mustaqil ishlayilar. Shunga ko’ra ish ob`ektlari alohida sinchiklab tanlanishi ularni tayyorlash ‘rotsessida tinglovchi bilmaydigan ma`lumot va mehnat usullari bo’lmasligi kerak.Ko’rib chiqilgan dars xillari bilan bir qatorda texnologiya fani amaliyotda Ko’’incha kombinatsiyalashgan darsdan foydalaniladi, bu darsning tavsifli jihati shuki, unda bir vaqtning o’zida ahamiyatga ega har xil ta`limiy vazifalar bajariladi (masalan, yangi bilimlar berish va malakalarni shakllantirish).Metod tushunchasi (maqsadga eltuvchi yo’l ma`nosida) maqsadga erishish usulini, muayyan tartibda tashkil etilgan faoliyatni anglatadi.Ta`lim metodi deyilganda, ta`lim oluvchilar va o’qituvchining ta`lim, tarbiya va o’qitish jarayonida shaxsni rivojlantirish masalalarini hal qilishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.Ta`lim metodlari o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mos ravishda tanlab olinadigan metodlarsiz o’qitish jarayoni maqsad va vazifalarini hal etishga yoki tinglovchi tomonidan o’quv materialini o’zlashtirilishiga erishib bo’lmaydi.
Ta`limning og’zaki metodlari
Ta`limning og’zaki metodlari qatoriga hikoya, suhbat, ma`ruza kabilar kiradi.Hikoya. Mazkur metod o’quv materialini ta`lim oluvchilarga savollar bermasdan, uzluksiz hikoya qilib berishni ko’zda tutadi. Hikoya metodining hikoya-nutq, hikoya-bayon hamda hikoya-xulosa turlari mavjud. Suhbat. Suhbat metodi o’qituvchining ta`lim oluvchilar bilan so’zlashuvi, fikr almashinuvini ifodalaydi. Suhbat ta`lim oluvchilarni dalillar tizimi, yangi tushuncha yoki qonuniyatni o’zlashtirishga turtki beruvchi, ‘uxta oylangan savollar ketma-ketligi asosida tashkil etiladi. Mashg’ulotni suhbat metodi asosida tashkillashtirishda savolni qoyilishi (asosiy, qo’shimcha, yo’naltiruvchi), ta`lim oluvchilar fikrlarini javoblari va fikrlarini tahlil qilish, tuzatish, suhbat xulosasini shakllantirish usullari qo’llaniladi.Suhbat uchun tanlangan savollar dars tushunchasini to’laqonli tasavvur qilish uchun etarli darajada keng qamrovli bo’lmog’i lozim. Mavzuni juda kichik savollarga bo’lib yuborilishi uning mantiqiy yaxlitligini buzadi, juda murakkab savollar esa tinglovchilar uchun tushunarsiz bo’lib qoladi. Savollar ta`lim oluvchilardan bir mazmundagi javobni talab qilmasligi lozim. O’qituvchi dars mazmunining o’zlashtirilishi uchun yo’naltiruvchi savollardan o’rinli foydalanib, uni bosqichma-bosqich o’zlashtirilishiga erishishi kerak.
Ta`lim oluvchilarning ilgari o’zlashtirgan bilimlarini qayta esga olishi, xulosalar chiqarishi, ma`lum hodisaning amaldagi tadbiqiga oid yangi misollar to’ishiga oid usullar suhbat metodi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunday usullar o’rganilgan tushunchalarni takrorlash va xotirani faollashtirish bilan bog’liq mashg’ulotlar uchun tavsiya etiladi.Ta`lim oluvchilarning tayyorgarligi etarli darajada bo’lgan hollarda ular qoyiladigan muammo va masalalar echimini o’qituvchi yordamida mustaqil to’ishlariga imkon yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ta`limning ko’rgazmali metodlariTa`limning ko’rgazmali metodlari o’zida muhim didaktik talabni aks ettiruvchi usullar majmuasini ifodalaydi. Hozirgi davrda zamonaviy didaktika ko’rgazmali vositalarni qo’llashning eng yuqori ta`limiy, tarbiyaviy hamda shaxs sifatlarini rivojlantiruvchi variantlarini qo’llashni talab qilmoqda. U pedagoglarni ko’rgazmali vositalarni qo’llash barobarida ta`lim oluvchilarning asbtrakt tafakkurini ham rivojlantirishga yo’naltiradi. Ko’rgazmali ta`lim metodining xususiyati uning hamma vaqt ma`lum darajadagi og’zaki metodlar bilan birgalikda berilishidir. Og’zaki bayon va ko’rgazmalilikning birgalikda olib borilishiga bo’lgan ehtiyoj ob`ektiv borliqni bilishning dialektik yo’li ijodiy mushohada, abstrakt tafakkur hamda amaliyotning birligini taqozo etishidan kelib chiqadi. Demak, og’zaki nutq va ko’rgazmalilikni o’zaro bog’liq holda amalga oshirishning turli shakllari mavjud ekan. Ularning qaysidir bittasini afzalroq deb baholash mumkin emas, zarur shaklni esa har bir mashg’ulot uchun belgilangan vazifalar, mavzu mazmuni, mavjud ko’rgazmali vositalar xususiyatlari, shuningdek ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib belgilash lozim.
Ta`limning amaliy metodlari
Amaliy ta`lim metodlari ta`lim oluvchilar faoliyatining juda keng jabhalarini qamrab oladi. Amaliy ta`lim metodlaridan foydalanishda quyidagi usullar keng qo’llaniladi: masalaning qoyilishi, uning bajarilishini rejalashtirish, tezkor rag’batlantirish, yo’llanma berish va nazorat qilish, yo’l qoyilgan kamchiliklar sabablarini aniqlash, ta`lim maqsadiga to’la erishishni ta`minlash uchun tegishli tuzatishlar kiritib borish.
Bunday metodlar qatoriga tinglovchi o’zlashtirgan bilimlarini amalda qo’llashlari talab qilinadigan yozma mashqlarni kiritish mumkin. Amaliy metodlarga shuningdek ta`lim oluvchilarning tovush yozuvchi, ijro etuvchi uskunalar, jumladan kompyuterlar yordamida bajariladigan mashqlar ham kiradi.Amaliy ta`lim metodlari og’zaki hamda ko’rgazmali metodlar bilan birgalikda qo’llaniladi, chunki har qanday mashg’ulotlar avvalida albatta yo’riqnoma berilishi shart. Og’zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek bajarilgan ish tahlili butun mashg’ulot davomida ham davom ettiriladi.
Download 16,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish