oshirish transport bozorini egallash yoki kengaytirishning asosiy yo’llaridan biridir.
Buning uchun transport xizmatlari iste’molchilarining
talablari, raqobatchilar va
o’zining imkoniyatlarini yaxshi bilish, konkret yuk egalariga transport xizmatlari
ko’rsatishning marketing strategiyasini to’g’ri belgilash
va uni oqilona amalga
oshirish zarur bo’ladi. Bu strategiya avvalambor taklif qilinadigan transport
xizmatlarining yuk egalarining ehtiyojlarini raqobatchiga qaraganda yaxshiroq
qanoatlantirishga qodir bo’ladigan yuqori sifat darajasini ko’zda tutishi lozim
bo’ladi. SHundan kelib chiqqan holda, transport xizmatlarining sifati, xuddi boshqa
har qanday mahsulotning sifati kabi — nisbiy tushunchadir va ma’lum bir
ko’rsatkichlar (o’lchagichlar) yordamida miqdoriy o’lchanishi mumkin.
Yuk egalariga transport xizmatlari ko’rsatishning asosiy sifat ko’rsatkichlari
quyidagilar hisoblanadi: ma’lum bir vaqt davrida (yil, chorak, oy yoki undan ham
qisqaroq) yuklarni tashish hajmlari bo’yicha talabning
qanoatlantirilish darajasi;
yuklarni tashishning ritmlilik yoki muntazamlik darajasi; yuklarni yetkazib
berishning belgilangan muddatlarining bajarilishi; tashiladigan yuklarning saqlanish
darajasi. Tashishlarni xavfsizlik darajasi ham transportda muhim sifat ko’rsatkichi
bo’lib
hisoblanadi, u ko’pincha “yuklarning saqlanishi” ko’rsatkichida
hisobga
olinadi.
Tashishlar hajmi bo’yicha
yuk egalari talablarining qanoatlantirilish darajasi:
bunda
davrdagi mos ravishda amaldagi tashishlar hajmi va yuklarni
tashishga bo’lgan kelishilgan rejalashtirilgan talab.
Hozirgi kunda bu ko’rsatkichning qiymati biroz oshgan va taxminiy hisob-
kitoblarga ko’ra taxminan 0,90—0,94 ni tashkil qiladi. Uni yetarlicha aniq qilib
aniqlash anchagina murakkab. Ishlab chiqarish jarayonida yuk egalarining aybi bilan
texnologik
uzilishlar, xomashyoning kelmay qolishi, o’z vaqtida to’lamaslik va
boshqa sabablarga ko’ra yuklar yuklash rejasiga muvofiq taqdim qilinmaydigan
holatlar bo’ladi. SHu bilan birgalikda tashishlarga rejadan oshiq talab ham bo’lishi
mumkin. SHundan kelib chiqqan holda, rejali talabning qiymatlari
yuk egalari va
transport bilan kelishilgan muddatlarda korrektirovka qilinishi (kamaytirilishi yoki
oshirilishi) lozim. SHu munosabat bilan u yoki bu transport turi bilan yuklarni
tashishga rejali talabning optimal qiymatini aniqlash uchun marketing tadqiqotlarini
o’tkazish katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu tadqiqotlar transport korxonalarining
tortish rayonlarini iqtisodiy tadqiq qilish, yuk
egalarining transport bilan
ta’minlanganlik darajasini aniqlash, ularning manfaatlarini maksimal darajada
hisobga olishni ko’zda tutishi lozim. Zamonaviy raqobat sharoitlarida transport
bozorining (transport turining) yuk egalariga transport xizmatlari ko’rsatishning eng
yaxshi sifatini va qo’l keladigan narxini taklif qiladigan sub’ekti yutadi.
Transport korxonalari uchun ularning ishining muhim ko’rsatkichi olib
ketilmagan yuklarning hajmi bo’lib hisoblanadi, uni quyidagi formula bo’yicha
aniqlash mumkin:
Mohiyatiga ko’ra
bu ko’rsatkich mijozlarga transport xizmatlari
ko’rsatishning holatini tavsiflaydi va bir paytning o’zida transport xizmatlari
bozorini rivojlantirish uchun mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Hatto tashish hajmlari
pasaygan va ba’zi bir temir yo’llarda ratsional bo’lmagan boshqarish tufayli bo’sh
transport resurslari mavjud bo’lgan taqdirda ham yuk jo’natuvchilarda
yana olib
ketilmagan yuklar qoladi.
Yuklarni tashishning
Do'stlaringiz bilan baham: