4-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yuklarni tashish. Ishdan maqsad



Download 436,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana23.04.2022
Hajmi436,62 Kb.
#576110
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Amaliy Yuklarni tashish

ritmlilik
darajasi: 
bunda 
— ma’lum bir t vaqt davrida o’rnatilgan me’yoriy intervalga 
rioya qilish bilan yetkazib berilgan mahsulotning amaldagi miqdori;
xuddi shu davrdagi yetkazib berishlarning umumiy soni.
Mazkur formulada yetkazib berishlarning soni o’rniga tashishlarning 
ritmliligining xuddi o’sha shartlarini hisobga olish bilan yetkazib berishlarning 
hajmidan (tonnalarda) foydalanish mumkin. Ekspert baholashlariga ko’ra, bu 
ko’rsatkichning qiymati taxminan 0,75—0,78 ni tashkil qiladi. 
Mahsulotni yetkazib berishning me’yoriy intervali yuk egalari bilan transport 
organlari o’rtasida shartnomalarni tuzishda yoki tashishlarga bo’lgan talabnomalarni 
kelishish paytida aniqlanadi. Bu interval (sutkalarda) korxonalarning ishlab 
chiqarish va ehtiyot zahiralarini hisobga olish bilan ma’lum bir vaqt davri uchun 
(min—max) o’rnatiladi. Yetkazib berishlarning me’yoriy intervalining buzilishi 
aniqlanganda bu chetlashishning sababini aniqlash muhim bo’ladi (yukning yuk 
jo’natuvchi tomonidan tashishlar rejasiga muvofiq taqdim qilinmasligi yoki 
harakatlanuvchi tarkibni o’z vaqtida yuklashga bermaslik). Yuqorida keltirilgan 
formulaning maxrajiga faqatgina transportning aybi bilan mahsulotni yetkazib 
berishlar ritmining buzilishlarini kiritish lozim bo’ladi.
Transport korxonalarida yuklarni tashishning 
muntazamlik
ko’rsatkichi 
aniqlanadi: 
bunda R
max
— tahlil qilinadigan davr mobaynida (masalan, bir yil) ma’lum bir davr 
uchun (masalan, bir oy) yuklarni tashishning maksimal hajmi; P
sred
— xuddi shu 
muddat uchun tashishlarning o’rtacha hajmi (12 oyga bo’lingan yillik tashishlar 
hajmi).
Bu ko’rsatkich transport ishining sifatini ham, ishlab chiqarish va yuklarni 
tashishga taqdim qilishning bir tekisligini ham tavsiflaydi va tashiladigan 
mahsulotning turiga katta darajada bog’liq bo’ladi. Masalan, uzluksiz ishlab 
chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotlar bo’yicha 
mavsumiy yuklar, masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha esa 0,47—0,50. 
Yuklarni yetkazib berishning o’rnatilgan muddatlarining bajarilish darajasi: 


bunda 
— yukni qabul qilib oluvchi tomonidan o’rnatilgan me’yoriy yetkazib 
berish muddatlariga rioya qilish bilan yetkazib berilgan yuklarni tashishning 
amaldagi hajmi; 
-tahlil qilinadigan yuklarni tashishning umumiy hajmi. 
Bu ko’rsatkich ba’zan yuklarni yetkazib berishning o’rtacha amaldagi va 
me’yoriy muddatlarining nisbati bilan aniqlanadi. Bunda o’rtacha amaldagi yetkazib 
berish muddati tonna-sutka summasini jo’natilgan yuk tonnalariga bo’lishning 
hosilasi sifatida aniqlanadi. Biroq o’rtacha qiymatlar nisbatlarining natijalari bilan 
yuklarni konkret jo’natishlar bo’yicha o’rnatilgan yetkazib berish muddatlariga 
rioya qilish o’rtasida sezilarli farqlar bo’lishini hisobga olish lozim bo’ladi. 
Transport xizmatlari, qoidaga ko’ra, bir-birining o’rnini bosadigan bo’lib 
hisoblanmaydi. Va yukni bir mijozga o’rnatilgan me’yorga qaraganda anchagina tez 
yetkazib berish yetkazib berish vaqtidan kechiktirib yetkazib berilgan yukni 
oladigan boshqa bir mijozning ko’radigan zararining o’rnini qoplamaydi.
Yuklarni yetkazib berishni tezlashtirish va o’rnatilgan yetkazib berish 
muddatlariga rioya qilish yuk egalari uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, 
chunki ularning aylanma mablag’larining miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir 
ko’rsatadi. SHu bois transport yuklarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirganligi 
uchun kattagina jarimalar to’laydi. Bu jarimalarning miqdorlari 1 t tashilgan yukka 
va yetkazib berish kechikkan yuklar miqdoriga hisoblaganda u yoki bu transport 
turining ish sifatini tavsiflaydi.
Tashiladigan yuklarning 
saqlanish
darajasi:
bunda 
— tashiladigan yuklarning umumiy hajmi; 
— 
taqqoslanadigan davrda yuklash-tushirish punktlarida va tashish paytida 
mahsulotningyo’qotilishi.
Ko’chish jarayonida mahsulotning yo’qotilishi miqdorlariga, qoidaga ko’ra, 
faqatgina yuklarning tabiiy yo’qolishining o’rnatilgan me’yorlaridan oshiq bo’lgan 
yo’qolishlar kiritiladi, bu me’yorlar barcha transport turlari uchun yuklarning turlari 
bo’yicha ishlab chiqiladi. Taassufki, bu yo’qolishlarni hisobga olish yo’lga 
qo’yilmagan (neftь quvurlari tarmoqlari transporti va yuqori kuchlanishli elektr 
uzatish liniyalaridan tashqari, bu yerda ular muntazam ravishda hisobga olinadi). 
Professor M. F. Trixunkovning ma’lumotlariga ko’ra, yuklarning joriy yo’qolishi 1 
t yukka o’rnatilgan tabiiy yo’qolish me’yorlaridan anchagina oshib tushadi
(masalan, temir yo’l transportida ko’mir bo’yicha me’yoriy yo’qolishlar 0,7% qilib 
belgilangan, amalda esa 3% ni tashkil qiladi, ruda bo’yicha — mos ravishda 0,9 va 
3,5% ni, tsement bo’yicha — 1,2 va 4% ni, g’isht bo’yicha — 1,3 va 7% ni, don 
bo’yicha — 0,10 va 0,20% ni tashkil qiladi). Yuklarning yo’qolishining sabablari 
yuk va harakatlanuvchi tarkibni tashishga yetarlicha teayyorlamaslik, yuk ishlari va 
tashish texnologiyalarining buzilishi, harakatlanuvchi tarkibni ixtisoslashtirish va 
tashishlarni konteynerlashtirish darajasining pastligi, o’g’irliklar, avariyalar va 
tashish jarayonida yuklarning yaroqsiz holga kelishi bo’lib hisoblanadi. Transport 
yuklarning saqlanmaganligi uchun yuk egalariga katta jarimalar to’laydi. Biroq bu 


jarimalar ko’pincha keltirilgan zararning yarmini ham qoplamaydi. CHunki amalda 
ishlab chiqarilgan va puli to’langan mahsulot qaytmaydigan bo’lib yo’qoladi, 
iqtisodiyotga, jumladan transportga ham, sezilarli moddiy va iqtisodiy zarar 
yetkaziladi. Ekspertlarning baholashlariga ko’ra, yuklarning saqlanish koeffitsienti 
ko’rsatkichining o’rtacha qiymatlari barcha transport turlari bo’yicha 0,70—0,75 ni 
tashkil qiladi. 
Yuklarning 
to’g’ridan-to’g’ri 
(joriy) 
yo’qolishlaridan 
tashqari, 
iqtisodiyotning 
mamlakatda 
transport 
infratuzilmasining 
yetarlicha 
rivojlanmaganligi (talabga javob bera oladigan avtomobilь yo’llarining 
yetishmasligi, ko’pgina rayonlarning transport bilan ta’minlanganligining pastligi, 
transport xizmatlari ko’rsatishning majmuaviy emasligi va hokazolar) tufayli 
bilvosita yo’qotishlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ba’zi bir 
baholashlarga ko’ra, bu yo’qotishlar transportda yuklarning joriy yo’qolishlariga 
qaraganda anchagina oshib tushadi.
Transport xizmatlari ko’rsatish sifatining keltirilgan ko’rsatkichlari son 
jihatidan 0 dan 1 gacha oraliqda bo’ladi va har qanday vaqt o’lchamida transport 
turlari va korxonalari, yuklarning turi va alohida jo’natmalar, hududlar va yuk 
egalari bo’yicha aniqlanishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning har biri katta mustaqil 
ahamiyatga ega. Biroq mijozlarga u yoki bu transport turi bilan xizmat ko’rsatish 
sifatini umumlashtirilgan baholash uchun yagona, majmuaviy ko’rsatkich talab 
qilinadi.

Download 436,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish