“eshikdan-eshikkacha” tashishlarning to’liq tsiklini bo’yniga oladi, mexanizmlari
ishlab chiqilmaganligi sababli, temir yo’llar ba’zi bir hollarda temir yo’l
marshrutlarining oxirida mijozlarga xizmat ko’rsatish uchun ularning unumdorligi
yirik avtokombinatlarga qaraganda anchagina past, tannarxi esa anchagina yuqori
bo’lgan unchalik katta bo’lmagan avtotransport parkini sotib olishi mumkin. SHu
bilan birgalikda avtomobilь transporti yuklarni o’ta uzoq masofalarga tashishni
amalga oshiradi, bu avtomobilь transportining texnik xususiyatlari tufayli temir
yo’llar orqali tashishga qaraganda anchagina qimmatga tushadi. Avtombilь
transporti uchun bunday tashishlar foydali, biroq ular mijozlar va umuman jamiyatga
foydali emas, chunki aholi uchun tovarlar va xizmatlarning narxini oshiradi.
SHuni qayd qilish lozimki, yuk oqimlari o’zgarishining sabablaridan biri barter
kelishuvlarining rivojlanishi hisoblanadi, bunda korxonalar olingan tovarlar yoki
xizmatlarga pul to’lash o’rniga o’zi ishlab chiqaradigan mahsulot bilan (ko’mir,
metall, yog’och, neftь mahsulotlari, quvurlar, don-dun, go’sht, meva-sabzavotlar va
boshqa tovarlar yoki xizmatlar) hisob-kitob qiladi. Natijada, masalan, unga ko’mir
va ruda kelib tushadigan, undan esa qora metall va prokat chiqib ketadigan
metallurgiya kombinati kartoshka, don-dun, go’sht, kiyim-kechak, avtomobillar va
hokazolar kabi yaqqol “nometall” mahsulotlarni jo’natuvchi yoki qabul qilib
oluvchiga aylanadi. Mamlakatning turli burchaklari va qarama-qarshi yo’nalishda
to’g’ridan-to’g’ri va reeksport aloqalar bo’yicha metall quvurlar, asbob-uskunalar,
qurilish materiallari va boshqa yuklarning “daydi” oqimlarining soni ko’paymoqda.
Bunday oqimlarning samaradorligi ko’pincha ularning ratsional emasligi,
mahsulotning oxirgi narxida transport tarkib toptiruvchisining ortishi biln “eb
yuboriladi”.
Temir yo’l, avtomobilь va boshqa transport turlarida tariflarning keskin o’sishi
nafaqat yuklarni tashishga bo’lgan talabning pasayishiga, balki mamlakatning
ko’pgina rayonlarida sotish bozorlari va mahsulotni yetkazib berishning ham
o’zgarishiga olib kelgan. Katta miqdorda sotilmagan mahsulotlar, masalan, ko’mir,
neftь mahsulotlari, yog’och mahsulotlari bo’lgani holda bu mahsulotlar xorijdan olib
kiriladi. Ba’zan bunday tashishlar o’zini oqlaydi, biroq davlat tomonidan tartibga
solishning, barqaror soliq va bojxona siyosatining yo’qligi sababli mamlakatdagi
ishlab chiqaruvchilar va umuman iqtisodiyotning katta yo’qotishlariga olib keladi.
Yuk oqimlarining transport turlari bo’yicha taqsimlanishining ko’proq batafsil
tahlili boshqa fanlarda ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: