29
olmosh
va
otlashgan
so‘zlar bilan ifodalandi
to‘ldiruvchilarni
Bu usulda, birinchi navbatda, o‘quvchilarning o‘rganilayotgan (to‘ldiruvchi)
mavzuga tegishli bilim va ko‘nikmalarining mavjud holati aniqlanadi va ayni shu
nuqtai nazarga yondashib navbatdagi vazifalar belgilanadi. Endi o‘qituvchi
o‘zo‘quvchilarining to‘ldiruvchi haqidagi umumiy tushuncha va tasavvurlarini
aniqladi, ular yana nimalarni o‘zlashtirishga qiziqishayotganligi oydinlashdi.
Shunga ko‘ra, o‘qituvchi dasturga tayangan holda o‘quvchilarni qiziqtirayotgan
muammolar echimini hal qiladi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar o‘zlari uchun
zarur nazariy tushunchalarni o‘rganadilar va jadvalning uchinchi qismini, ya`ni
nimalarni bilib olganliklarni dars oxirida to‘ldiradilar.
O‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuga tegishli yangi ma`lumotlarni berish
jarayonida muammoli vaziyatlar yaratib, o‘quvchilarga turli savollar bilan
murojaat qilishi, to‘ldiruvchilarning turli ko‘rinishlari aks etgan gaplar tuzdirishi
ham mashg‘ulotga qizg`in kayfiyat baxsh etadi, ham o‘quvchilar faolligini teng
ta`minlaydi. Demak, o‘quvchilarni qiziqirayotgan muammolar aniqlandi,
shuningdek, dasturda ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy tushunchalar,
bajarilishi lozim bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlar aniq belgilangan. Shunga ko‘ra,
o‘qituvchi quyidagi savollar orqali o‘quvchilarga murojaat qilib mavzu mohiyatini
birin-ketin yoritib boraveradi:
1.
To‘ldiruvchi qanday so‘zlar bilan ifodalanadi?
2.
Kitobni o‘qidim, mevalarni terdim, onamdan so‘radim, opam uchun
oldim kabi holatlardagi to‘ldiruvchi va kesim munosabatini izohlang.
3.
Vositali va vositasiz to‘ldiruvchilar farqini aniq misollar bilan
izohlang.
4.
Birikmali gap bo‘lagi nima?
5.
Mustaqil va nomustaqil to‘ldiruvchiga misollar keltiring.
30
6.
Kinoga bordim, ukam bilan ko‘rishdim, telefon orqali gaplashdim,
onamni sog‘indim, otamdan so‘radim kabi birliklarda to‘ldiruvchilar kesim bilan
qanday vositalar orqali bog‘langan?
Bu kabi savollarga o‘quvchilar imkoniyatlari doirasida javob beradilar va
o‘qituvchi qolgan o‘rinlarni to‘ldiradi, nazariy tushunchalar bilan boyitadi,
talbalarga to‘ldiruvchining grammatik xususiyatlarini keng tushuntirib beradi.
Navbatdagi bosqichda esa darslikda berilgan mashqlar tizimi ustida ishlanadi,
ayrim topshiriqlar dars jarayonida, ba`zilari esa uyda bajariladi. Darsning oxirgi
bosqida esa, yangi mavzuni mustahkamlash uchun “klaster” texnologiyasidan
faydalanish ijobiy samara beradi:
Ushbu tushunchalarning har biriga tegishli misollar keltirish ham o‘quvchilar
xotirasini mustahkamlaydi, tafakkurini kengaytiradi.
To‘ldiruvchilarning ifodalanishini jadvallashtirib o‘rganish ham ijobiy samara
beradi. Bunda o‘quvchilar muayyan so‘z turkumlari bilan ifodalangan
to‘ldiruvchilardan namunalar keltirishadi. Misollar tanlash, gaplar tuzishda ham
ularning mantiqiy mazmuniga, didaktik ahamiyatiga alohida e`tibor qaratish lozim.
To‘ldiruvchi
kelishikli
nomustaqil
vositasiz
ko‘makchili
oi‘
mustaqil
vositali
31
Ayniqsa,
badiiy
matnlardan
olingan
misollar
o‘quvchilarning
nazariy
tushunchalarini mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning badiiy-estetik didini,
dunyoqarashini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi:
Do'stlaringiz bilan baham: