va grammatik tuzilishiga ko‘ra turlari to‘g‘risida anchayin keng nazariy
tushunchalarni egallaydilar, muayyan amaliy mashqlar tizimi orqali ko‘nikmalarini
rivojlantiradilar. Yuqoridagi ma`lumotlardan ko‘rinadiki, gap bo‘laklarini
o‘rganish ta`lim bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchilarning
o‘zlashtirish qobiliyatlari bilan bog‘liq holda tizimlashtiriladi va uzviylashtiriladi.
Gap bo‘laklari sintaksisning o‘ziga xos muhim va yirik bo‘limi sanalishini
e`tiborga olib, bu bo‘limda kirish va yakunlovchi mashg‘ulotlarni tashkil qilish
27
beriladi. O‘quvchilarning bu borada umumiy ta`limda olgan bilim va ko‘nikmalari
mustahkamlanadi, rivojlantiriladi. Kirish mashg‘ulotida gap bo‘laklarining
grammatik xususiyatlari, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar, sodda yig`iq va sodda
yoyiq gaplar haqida bahs-munozara uyushtirish, bir bosh bo‘lakli gaplarni ikkinchi
darajali bo‘laklar bilan kengaytirishga yo`naltirilgan topshiriqlar ustida ishlash
mumkin. Shuningdek, bu mashg‘ulotda dasturning amaliy qismida tavsiya qilingan
ushbu vazifalarni bajarish imkoni ham keng: Teatr va kino taassurotlari asosida
fikr yuritish Ma`murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov, Tavakkal Qodirov kabi
qo‘shiqchilarining ashulalaridan namunalar tinglash. Bu jarayonni shunday
tashkillashtirish muhim: o‘quvchilarga teatr yoki kino taassurotlari aks etgan matn
tuzish topshiriladi. Ular topshiriqni bajarishayotganda esa, video yoki audio
plastinkadan yuqorida nomlari keltirilgan qo‘shiqchilarning ayrim ashulalari
tinglanadi.
Bunday
mazmundagi
matnlarni
tuzishda
qo‘shiq
tinglash
o‘quvchilarning his-tuyg‘ulariga ijobiy ta`sir qiladi, ularning kino yoki teatr
ko‘rgandagi iliq taassurotlarini uyg‘otadi, tasavvurlarini boyitadi. Shuningdek,
matnlar tuzilgach, o‘quvchilarga har bir gap bo‘lagini ajratib, qanday
ifodalanganligini aniqlashni topshirsa ham bo‘ladi. Zero, o‘quvchilar o‘z
taassurotlarini ifodalaganda gap bo‘laklarining turli ko‘rinishlarini qo‘llashlari
tabiiy. Bu topshiriqni bajarish davomida ham yana bir go‘zal qo‘shiqni tinglashlari
mumkin. Matn tuzishda va undagi gap bo‘laklarini ajratishda muayyan
qo‘shiqlarni tinglash topshiriqlarga ajratilgan vaqt chegarasini ham belgilab beradi.
Mashhur qo‘shiqchilarning sermazmun ashulalarini tinglash o‘quvchilarni mumtoz
navolar bilan yaqindan oshno qiladi, milliy musiqaga muhabbat va ehtiromini
oshiradi, darsga qizg‘in kayfiyat baxsh etadi. Gap bo‘laklariga tegishli birinchi
mavzuni kirish mashg‘uloti sifatida tashkil qilishning yana bir e`tiborli tomoni
shundaki, o‘quvchilar gap bo‘laklariga tegishli navbatdagi har bir mavzuda ayni
shu ko‘tarinki kayfiyat, ayni shu qiziqish va hayajon bilan o‘tiradilar, bu
mavzularning nihoyatda muhim va qiziqarli ekanligini his qilib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: